Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi




Download 0,57 Mb.
bet18/21
Sana21.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#248457
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Shohjahon 19-gr Operatsion tizimni o\'rnatish

Disklarni formatlash. Disklarni formatlash deb, yangi yoki oldin ishlatilgan disk yoki disketlarning sirtlarini keraklicha yo’l va sektorlarga ajratish hamda yaroqsiz joylarni aniqlab, tо’g’rilab berishga aytiladi. Formatlash jarayonida oldingi yozilgan barcha yozuvlarning buzilishi, ba’zi hollarda hattoki qayta tiklab bо’lmaydigan darajada tozalanishi kuzatiladi.
Defragmentatorlar – bu qattiq diskni difragmentatsiya qilish uchun mо’ljallangan kompyuter dasturlaridir. Bu jarayonni muntazam bir oyda 1-2 marta о’tkazish zarur. Ba’zi paytlarda faylni qattiq diska yozishda operasion tizim uni qismlarga bо’lib tashlaydi. Faylning bu fragmentlari qattiq diskning turli qismlariga tushadi. Masalan, bir qismi о’rtasiga, boshqa qismi oxiriga, yana bir qismi esa diskning boshiga tushadi. Shu sababli qattiq disk boshchasi (golovka) bir qismni boshka qismiga tashib ulgurish uchun tezroq ishlashi kerak bо’ladi. Bunday zо’riqib ishlashdan vinchester tezda ishdan chiqadi. Defragmentatorlar bu muammoni echishga yordam beradi. Ular qattiq diskning turli joylaridagi fayl qismlarini bir butun qilib terib oladi.
Auslogics Disk Defrag,Defraggler
Kompyuterdagi disklarni tozalash – bu uncha murakkab bо’lmagan va zarur jarayon bо’lib hisoblanadi. Kо’pchilik holatda dastur о’chirilgandan sо’ng sozlash yoki ma’lumot fayllarini qoldiradi. Vaqt о’tishi bilan bu kabi ishlatilmaydigan va hech kimga kerak bо’lmagan fayllar kо’payib, ular qattiq diskning sezilarli qismini egallab qо’yadi.


2.3. Windows XP/2003 Server operatsion tizimi


Windows Server 2003 ga mansub mahsulotlar oilasi Windows 2000 Server operatsion tizimi texnologiyasining eng yaxshi xususiyatlarini olgan. Windows Server 2003 texnologiyasi tarkibida server uchun mo‘ljallangan Windows OTdan foydalanuvchi kutgan xavfsizlik, ishonchlilik, erkin foydalanish va masshtablanish kabi muhim masalalarni yechish uchun foydalaniladigan hamma funksiyalar mavjud.
Windows Server 2003 ko‘p masalali operatsion tizim bo‘lib, markazlashtirilgan yoki tarqoq holda turli funksiyalar to‘plamini boshqarish xususiyatiga ega. Server bajaradigan vazifalariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • fayl serveri va bosmaga chiqarish serveri;

  • veb-server va ilovalar veb-serveri;

  • pochta serveri;

  • terminallar serveri;

  • masofaviy foydalanish serveri/virtual shaxsiy tarmoq serveri (VPN);

  • kataloglar xizmati, domen nomlar tizimi (DNS), bog‘lamalarni dinamik sozlash protokollari serveri (DHCP) va Windows Internet Naming Service (WINS) xizmati.


Download 0,57 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishi izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi

Download 0,57 Mb.