|
Bitiruv malakaviy ishi mavzu
|
bet | 10/11 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,73 Mb. | | #248482 |
Bog'liq Diplom ishi (2) Sadiyabonu Internet tarmog\'i Elektron pochta bilan ishlashMehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
XULOSA
Internet texnologiyalari qo'llanilayotgan sohalarni bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. Elektron magazin, elektron kassa, elektron ma'lumotnomalar, elektron e'lonlar doskasi va hokazolar kundalik turmushimizga kirib keldi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o'quvchi- yoshlarni internet tizimida faol ishlashga o'rgatish, ularda o'z faoliyat sohasida internet manbalaridan foydalana olish ko'nikma va malakalarini hosil qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Informat ika va uni o'qitish metodikasi bo'yicha nazariy va amaliy darslarni tashkil qilish jarayonida o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar, portallar, ta'lim muassasalarining elektron kutubxonalari resurslaridan foydalanish o'rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushinib olishiga bilim ko'nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi.
Bunday sayt va portallardan darslarda foydalanish uchun ishlarni quyidagi bosqichlarda tashkil qilish tavsiya etiladi:
Ta'lim muassasasi uchun yaratilgan saytlarning umumiy tuzilishi, ma'lumotlarning ierarxik xaritasi bilan avvaldan tanish bo'lish.
Talabalarga internet tizimida "harakatlanish"ning oddiy qoidalarini tushuntirish, internetga bog'lanish usullari xaqidagi amaliy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
Elektron pochta bu kompyuter orqali muloqotning eng universal vositasidir. U axborotni istalgan kompyuterdan istalgan boshqa kompyuterga (agar ular elektron pochta tarmog’iga ulangan bo’lsa) yuborishi mumkin. Chunki hozirgi tizimda ishlaydigan turli xil shaxsiy kompyuterlarning (ShK) ko’pchiligi uni qo’llaydi. Oddiy pochtadek Elektron pochtada ham aloqa bo’limlari bo’lib, ular provayderlar deb ataladi. Elektron pochta yordamida dunyodagi barcha Elektron pochtaga ega bo’lgan shaxslar, tashkilotlar, muassasalar, idoralar va boshqalar bilan aloqa o’rnatish imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, bu aloqa tez va arzon. Elektron pochta (E - Mail) – Internetning eng ko’p tarqalgan xizmatlaridan biri. Elektron pochtani jo’natish va ularga javob berish qulayligi tufayli, u oddiy bir guruh olimlar orasida axborot almashishdan butun dunyo bo’yicha tarqalib ketdi.
Elektron pochtaning boshqa turdagi axborot almashinishidan ko’p afzallik tomonlari bor. Elektron pochta orqali jo’natilgan xat 5 - 10 minut ichida (muvaffaqiyatli holda) dunyoning xohlagan burchagiga yetib borishi mumkin. Bu uning oddiy pochtadan qancha tezligini ko’rsatadi. Oddiy telefondan afzallik tomoni esa uning nisbatan juda arzonligidir. Birlamchi xabarlar xizmati SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochtani uzatishning soddaroq protokoli ) ga asoslangan. Birlamchi xabarlar xizmatini eng ko’p tarqalgan protokoli POP (Post Office Protocol- pochta bo’limi protokoli)dir.
SMTP protokolini bosh maqsadi elektron pochta xabarlarini puxta va samarali yetkazib berishdir.
SMTP ga muhit bo’lib ayrim lokal tarmoq yoki Internet tarmog’i xizmat qilishi mumkin. POP protokoli foydalanuvchining pochta qutisidagi (pochta serveridan) xabarlarni ularning ish joylariga tanlash uchun mo’ljallangan. Shunday qilib, foydalanuvchilar Internet orqali SMTP protokoli bo’yicha korrespondensiya jo’natilsa, POP protokoli bo’yicha foydalanuvchilar pochta serveridagi o’zlarini, pochta qutisidagi korrespondensiyani oladilar. POP ni ikki versiyasi keng tarqalgan: POP2 va POP3. Hozirgi vaqtda POP3 protokoli tez-tez ishlatiladi.
|
| |