|
O'quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati
|
bet | 6/11 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,73 Mb. | | #248482 |
Bog'liq Diplom ishi (2) Sadiyabonu Internet tarmog\'i Elektron pochta bilan ishlashO'quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati.
Bu bo'limda o'quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ta'lim va taribiyaviy ahamiyatini ko'rib chiqamiz. Ma'lumki, bugungi kunda "Internet" deb nomlangan xalqaro kompyuter to'rining juda katta tezlik bilan rivojlanishi, uning kundalik hayotimizda odatiy holiga aylanishiga olib keldi. Har kuni internetdan foydalanuvchilar soni bir necha millionga ortib, turli qit'alar va va dunyoning turli burchaklaridagi insonlarni o'zaro bir-biri bilan bevosita aloqa kanallari orqali bog'lash, ma'lumot almashinishda juda qulay vosita bo'lib bormoqda. SHu o'rinda quyidagi ma'lumotni keltirib o'tishni joiz deb topdik: 50 millionlik faol foydalanuvchi (tinglovchilar) auditoriyasini to'plash uchun radioga 30 yil, televideniyaga esa 13 yil kerak bo'lgan bo'lsa, xuddi shunday natijaga erishish uchun internetga atigi 4 yil etarli bo'ldi. Internet texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda ekanligi internetdan foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu foydalanuvchilar orasida ko'pchilik qismini albatta, talabalar, o'quvchilar, ilmiy izlanish bilan band bo'lgan xodimlar t ashkil qiladi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o'quv muassasalariga bag'ishlangan veb-saytlardan foydalanish ta'lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda o'quv muassasasida tahsil olayotgan o'quvchi yoshlarning (umuman har qanday sohada faoliyat ko'rsatuvchilarning) zarur axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch keladigan mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to'la va to'g'ri hal qila olishidagi muhim sharoitlardan biriga aylanib bormoqda. Ma'lumki, axboriy dunyoqarashning shakllanishi insonda tizimli tafakkurning rivojlanishiga bog'liqdir. Chunki, u insonga turli - tuman dasturli va kompyuter vositalari sharoitida to'g'ri mo'ljal olishga va harakatlanishga yordam beradi.Ta'lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning samaradorligini aniqlashda avval Internet hizmatining turlari va ularning harakterini aniqlab olish nihoyatda muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan ma'lumotlar Internet tarmog'ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli va usullarini ajratib olishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashga asos qilib internetning ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini ikkiga: axborotli va kommunikatsion xizmat turlariga ajratish kerak.
Axborotli xizmatga WWW(ma'lumotlar majmuasi) va FTP(dasturlar majmuasi) lar kiritiladi.
Kommunikatsion xizmatni esa ikkiga: bevosita (PC, chat) va bilvositamuloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya) turlariga ajratish mumkin.Internetdagi barcha "o'quv muassasa uchun yaratilgan sayt" larni o'z navbatida bir necha turga ajratish mumkin:
o'rgatuvchi internet manbalari;
maslahat beruvchi internet manbalari;
axborotli internet manbalari;
baholovchi internet manbalari;
taqdimotli internet manbalari;
Quyida shularning har biriga alohida to'xtalib o'tamiz:
O'rgatuvchi internet manbalariga masofaviy ta'lim, virtual maktablar, laboratoriyalar va veb klasslarni misol sifatida keltirish mumkin.
Maslahat beruvchi internet manbalariga turli telekonferensiyalar, virtual ped.kengashlar, virtual uslubiy, birlashmalar muammoviy kengashlar, virtual kafelar va h .larni misol keltirish mumkin.
Axborotli internet manbalariga elektron o'quv qo'llanmalar,ma'lumotnomalar, elektron kutubxonalar, lug'atlar, kataloglar, virtual muzeylarni keltirish mumkin.
Baholovchi internet manbalarga teletesting, masofaviy konkurslar, proektlar, turli viktorinalar, olimpiadalarni misol keltirish mumkin.
Taqdimotli internet manbalariga ta'lim muassasalarining ta'lim yo'nalishlari haqida atroflicha ma'lumotlar yoritilgan alohida sahifalarni keltirish mumkin. Internetdan kerak bo'lgan axborotni qidirib topish oson ish emas.Ma'lumki, Internet gipermatnli tizilmalaridan iborat bo'lib, 1 giper yo'llanmadan (giperslka) keyingi yo'llanmaga borishda ba'zan maqsad sari yaqinlashish, yoki aksincha uzoqlashish mumkin. SHunday qilib, Internet eng oddiy muammoga, ya'ni Internetdagi sayohatni aynan nimadan bosh lash kerakligi haqidagi savolga javob bermaydi.Bu muammoni hal qilish uchun, Internetdan kerak bo'lgan ma'lumotlarni qidirishda zarur bo'ladigan quyidagilarni bilish zarur:
qidiruv tizimlari va ular ustidagi ustqurmalar;
ma'lumotni bir nech tizimda qidirish sahifalari;
kataloglar(ularni bilish);
mavzular bo'yicha qidirish tizimlari va kataloglar;
giperyo'llanma( giperssilka) lar kolleksiyasi(to'plami).
Qidiruv tizimlari va ular ustidagi ustqurmalarni quyidagi tartib bilan o'rganish ma'qul.
Yandex qidiruv tizimi (http://www. yandex.ru) da kompyuterga turli xil so'rovlar berib ko'riladi. So'rovlar ro'yhatini asta sekin turli xil mantiq operatorlari, mantiqiy to'plamlar orqali murakkablashtirib borish mumkin. Qidirishni iboralar bo'yicha, berilgan so'zlarning shakllari bo'yicha yoki muayyan tartibda berilgan so'zlar bo'yicha so'rash mumkin. Rambler(http://www.rambler.ru)-2mln.dan ortiq sahifa, 13mingdan ortiq serverlarni qamrab olgan.
Aport(http://www.aport.ru)- 1.5 mln.dan .ortiq sahifa, 2mln .dan ortiq URL - manzilni 11ming servsrni qamrab olgan.
Eurosearch(http://www. meta.kharkiv. net/ec/ )-526 davlatning URL-manzillarini o'z ichiga qamrab olgan.AllSearch( http://www.allsearch.da.ru )-mashhur qidiruv saytlarining giperyo'llanmalarini qamrab olgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda,mavjud bo'lgan veb-saytlarning u yoki bu sohaga oidlarini, shu jumladan
informatika faniga oid veb -saytlarning giper yo'llanmalarini to'plash va ularnin g eng yaxshilarini mavzular katalogiga joylashtirish zarur. SHu bilan darslarning samaradorligini oshirishda Internet resurslaridan oqilona va eng asosiysi kerak bo'lgan ma'lumotlarni tez va aniq topishda yuqori ko'rsatkichlarga erishish mumkin. Zamonaviy jamiyatda Internet orqali o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning rivojlanishiga quyidagi ikki sababni ko'rsatish mumkin:
Yosh avlodlarning ta'lim potensialiga bo'lgan talabning ortishi, axborot texnologiyalarini o'zlashtirish, jamiyatdagi bilimlarni tezkor almashinuvi, insonni butun umri davomida o'qishi kerakligi, uzluksiz ta'limni zaruriylashishi.
Internet tarmog'ining va kompyuter texnologiyalarining rivoji,ishlarni kompyuter va kompyuter dasturlari orqali bajarilishisoddalashishi.
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning qaysi omillari o'qituvchi uchun as qotishi mumkin? Bu omillarini sanab o'tamiz:
Mustaqil ravishda tarmoqdagi axborotlar orqali o'z malakasini oshirish.
Tijorat hamda notijorat tashkilotlarining o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi masofaviy ta'limini o'zlashtirishi jarayonida o'z malakasini oshirish.
Dars o'tish uchun o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan materiallar qidirish.
Hokimiyat serveridan normativ hujjatlar qabul qilish.
Yangi pedagogik tehnologiyalarga oid axborotlar olish.
Talabnomalar jo'natish, konferensiya, tanlov va grantlar, hisobot va konferensiyalarga chiqish haqidagi axborotlarni olish.
Dasturiy ta'minot olish.
O'z ishlarini chop qilish va o'z ishlari to'g'risida ma'lumotlar yuborish.
Hamkasb va do'stlar bilan xat yozishmalar. Hamfikrlar va hamkasblarni boshqa shaharlar va davlatlardan qidirish.
Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda, ta'limberishning yangi usul va texnologiyalari paydo bo'lmoqda. Bu usul vatexnologiyalarni dars jarayoniga qo'llash o'qituvchiga katta imkoniyatlar beradi. O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida dars o'tish ta'lim oluvchilarni dars jarayoniga qiziqshi ortishiga olib keladi. O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o'qituvchilar ta'lim oluvchilarga masofadan turgan holda bilim olishlariga imkon yaratadilar. O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar ayniqsa o'qitish joylariga qatnashi qiyin bo'lgan ta'lim oluvchilarga qulaydir. Bulardan tashqari ta'lim oluvchilar axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati, ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan dars jarayonida foydalanish juda katta imkoniyatlar yaratadi. Bu texnologiyalarni qo'llashda kutubxona yoki boshqa joylardan adabiyotlarni qidirishga hojat qolmaydi. Sababi, Internet tizimi yordamida ta'lim oluvchilar kerakli adabiyotlar va ma'lumotlarni olishlari mumkin. Hozirda ma'lumki o'quvchilarni ikki bosqichda tayyorlash, ya'ni maktab, undan keyin esa litsey va kasb - hunar kollejlarida ta'lim olishni davom etirishlari majburiy qilib qo'yilgan. Ayniqsa, kasb - hunar kollejlarida o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida darslarni tashkil qilish ularda o'qishgaqiziqishni ortishiga olib keladi. Kasb - hunar kollejlarida ularni ta'lim jarayoniga qo'llash bir qancha qullayliklarga ega. Masalan, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlariga imkon yaratiladi, o'z ustilarida ko'proq ishlashadi. Bu esa ularni mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Ta'lim tizimining bugungi vazifasi ham o'quvchi, talabalarni kun sayin ko'payib borayotgan axborot - ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsatishdan iborat.
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o'qitish, o'quv jarayonini a'nanaviy tashkil etishning asosiy shakllarini o'z ichiga oladi. Ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya amaliyoti, nazorat tizimi, tinglovchilarning ilmiy tadqiqot va mustaqil ishlari shular jumlasidandir.
O'quv jarayonini tashkil etishning ushbu barcha shakllari amaliyotda
tinglovchilarni mustaqil bilish faoliyati turli axborot manbalari bilan osongina birlashtirishni, kurs olib borayotgan o'qituvchi yoki tyutor bilan tezkor va tizimli aloqa qilish hamda tinglovchilarning guruh bo'lib ishlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
O'quv jarayonida o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish o'qituvchilarga:
internet tarmog'i yordamida u yoki bu o'quv fanlardan to'plangan tajriba va uslublarni boshqa kasbdoshlari bilan almashish;
bir vaqtning o'zida turli toifadagi talabalar uchun har xil o'qitish uslublarini amalga oshirish orqali o'quv jarayonini yakkalashtirish;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi nazorat topshiriqlaridan mashq sifatida foydalanish natijasida talabalarda fan bo'yicha egallangan bilimlarni ko'nikma va malaka darajasiga etkazish;
qo'lda bajariladigan ishlarni kamaytirish hisobidan talabalarga yakka tartibda ishlash va o'z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini yaratish;
talabalarni mustaqil bilim olish jarayonini samarali tashkil etish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
O'qitishda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish talabalarda:
o'z hohishlariga qarab o'qish holatlarini tanlash;
tayyorgarliklar va psixofizik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'zlariga mos o'qish metodlari va bayon etish usullarini tanlash;
oldin o'rganilgan materiallarga qaytish, o'qish jarayonini to'xtatib qo'yish va unga ixtiyoriy vaqtda murojaat qilish;
turli jarayonlarning dinamikasini va mexanizmlarni o'zaro ta'sirini kuzatish;
o'rganilayotgan ob'ektlarni boshqarish va ularning mos natijalarini ko'rib borish;
kompyuterda muloqot qilish psixologik xarakterdagi to'siqlardan holi bo'lishga (kulgu bo'lmaslik, jur'at etmaslik, uyalmaslik kabilar) olib kelishi;
tayyorgarlik darajalari etarli bo'lgunga qadar kompyuterdan sabr bilan
foydalanish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladilar
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning ta'lim sohasidagi quyidagi afzalliklarini sanab o'tish munkin:
fanlarni o'zlashtirilishni yaxshilanishi;
tarmoq savodxonligini ortishi(Kompyuter va Inernet bilan muloqot qilishdagi yangiliklar);
o'rganishga bo'lgan munosabatni yaxshilanishi;
mustaqil ta'lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi;
amaliy malaka samaradorligini oshishi.
|
| |