|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
|
bet | 3/11 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 39,73 Mb. | | #248482 |
Bog'liq Diplom ishi (2) Sadiyabonu Internet tarmog\'i Elektron pochta bilan ishlashO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON VILOYAT KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI
Izboskan tuman 1-son kasb-hunar maktabi
“Aparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi” yo’nalishi
__-guruh bitiruvchisi
____________________________________________________________ning
BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA
TAQRIZ
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
KIRISH
"Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz " O'zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov 2001-yil may oyida Oliy Majlisning V sessiyasida so'zlagan nutqida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga, maktablar va oliy o'quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga joriy etish bo'yicha O'zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalarni qo'ydi.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha vazifalarni hal etish uchun 2002-yil 30-mayda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" gi farmoni qabul qilindi. Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlari barpo etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a'zosi hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshiradi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangilanishlar, kutilgan va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo'lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Biz uyda, ishda va jamoat joylarida, eng ko'prog'i ta'lim jarayonida axborot oqimidan xabardor bo'lish, yangi bilimlar va izlanishlar natijalaridan xabardor bo'lish ehtiyoji vujudga keladi. Zamon shuni taqozo qilayaptiki, insoniyat axborot oqimidan uzilgan holda normal faoliyat yurita olmaydi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida hayotni anglash, uni o'rganish, tahlil qilish va tadbiq qilish axborotlarni yig'ish va o'zlashtirish, saralash va qayta ishlash orqali kechadi.Insonning bilimlilik darajasi, egallagan ma'lumoti ham ma'lum davr mobaynida shaxs tomonidan o'zlashtirilgan axborotlarning ko'p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun, zamonaviy bilimlar sari yangicha yo'llarni o'rganish, ta'lim olish jarayonini takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish - bugungi kunning xaqli ravishdagi talabiga aylandi. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda "Ta'lim to'g'risida"gi qonunlari ham pedagog xodimlar, talaba va o'quvchilar zimmmasiga ana shu ma'suliyatni yuklaydi. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi «2001 -2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to'g'risida»gi, «Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, shuningdek, 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to'g'risida»gi qarorlari ta'lim sohasiga yangidan-yangi kuchlarni jalb qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan shuni ta'kidlash mumkinki, bizning yurtimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi kunda ta'lim tizimi, fanlarni o'qitish, xususan, informatika fanini o'qitishda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar va ulardan foydalanish talabalarni bilim darajalarini oshirishga imkon yaratadi.
Bizning bitiruv malakaviy ishimizda ham aynan shu soha - axborot kommunikatsion texnologiyalardan ta'lim jarayonida foydalanish, xususan web-saytlar, o'quv muassasalari faoliyatida ta'lim muassasasining saytini tutgan o'rni, o'quv-muassasalari uchun yaratilgan saytlarning tarkibiy tuzilishi hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanish to'g'risida fikr yuritilgan. Ilmiy yangiligi:
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning didaktik aspektlarining nazariy tahlil qilinganligi;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan informatika fanining o'qitishning
nazariy darslarida foydalanish metodikasini ishlab chiqilganligi;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan informatika fanining o'qitishning amaliy darslarida va mustaqil ishlarni bajarishda foydalanish metodikasini ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Agarda o'quv jarayonida darslarni o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib tashkil etilsa, talabalarning fan hamda internet haqidagi bilimlari tezda shakllanadi, shuningdek ta'limni boshqaruv ham takomillashadi,talabalarning ko'nikma va malakalari oshadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi shundan iboratki, informatika fanining o'qitishda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar va ulardan foydalanishni ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar holatini o'rganish, tahlil qilish va ulardan informatika darslarida foydalanishning didaktik aspektlarini asoslash;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan o'quv jarayonida foydalanishni ishlab chiqish;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda oddiy hamda tarmoqqa mo'ljallangan test dasturlaridan foydalanish.
Bitiruv malakaviy ishining ob'ekti - bu o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar mazmuni, talabalarning internet haqidagi bilim, malaka va ko'nikmalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti - o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida ta'limni tashkil etishning didaktik jihatlari va ulardan foydalanish.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishini kirish qismida - Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar holatini o'rganish, tahlil qilish va ulardan informatika darslarida foydalanishning didaktik aspektlarini asoslash;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan o'quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish;
informatika fanining o'qitishning nazariy, amaliy darslarini yangi pedagogik texnologiyalar va o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib o'qitish texnologiyasini ishlab chiqish;
o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda oddiy hamda tarmoqqa mo'ljallangan test dasturlaridan foydalanish kabi umumiy ma'lumot berilgan.
I bobda - internet tarmog'i va web texnologiyalar haqida umumiy tushunchalar ya'ni internet tarmog'i, HTML gipermurojaat tili haqida hamda CSS (Cascading Style Sheets) kabi web texnologiyalar haqida ma'lumot berildi.
II bobda - o'quv muassasasi uchun yaratilgan saytlardan o'quv jarayonida foydalanishning ahamiyati, informatika amaliy va nazariy darslarida saytlardan foydalanish hamda mustaqil ishlarni bajarishda web saytlarning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
III bobda esa - wordpress dasturida Farg'ona shaxar 5-umumta'lim maktabining web saytini yaratish jarayoni eng yoritilgan bo'lib, web sayt yaratish bosqichlari, ushbu web saytga bog'langan elektron pochta tizimi, web sayt stillini o'zgartirish, yangi saxifa yaratish, hamda web saytni ma'lumotlar bilan to'ldirish jarayonlariga to'xtalingan.
Ishning oxirida xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va elektron manzillar ro'yxati berilgan.
I BOB. INTERNET TARMOG'I VA WEB TEXNOLOGIYALARI.
1.1-§. Internet tarmog'i haqida umumiy ma'lumot. Internet tushunchasi. Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni "International Network" - "xalqaro tarmoq" va "Interconnected networks" - "tarmoqlararo" degan ma'noni anglatadi.
Internet tarmog'ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuter - lar va ularni o'zaro bog'lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog'i - bu global tarmoq vakili hisoblanadi.
Internet alohida kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o'zaro birlashtirish imkonini ham beradi.
Internet tarmog'ining tuzilishi:
Internet tarmog'ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmog'ining dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida ishlashni ta'minlovchi dasturlar.
Internet tarmog'ining axborot ta'minoti Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, WEB sayt va hokazo ko'rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internet tarmog'i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari:
Internet tarmog'ining vazifasi - internet tarmog'i abonetlariga WEB hujjatlarni o'qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo'lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko'rsatish.
Internet tarmog'idan axborotlarni almashish, masofaviy ta'lim olish, konferensiyalar o'tkazish, WEB saytlarni tashkil etish, elektron pochtani
joriy qilish, muloqot o'rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.
1.2 HTML gipermurojaatlar tili haqida.
HTML asoslari. HTML (Hyper Text Markup Language - giper matnli muloqotlar tili) gipermatnlar tili WEB brauzerlar ekraniga ma'lumotlarni standart kodlar orqali chop etish imkoniyatini beradi. HTML dan foydalanib o'zida taxrirlangan matn, tasvir, multimediya elementlarini aks ettirgan WEB saxifalarni yaratish mumkin.
HTML WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML tili Pascal, C++, Java va boshqa dasturlash tillari kabi to'g'ri ma'nodagi dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML yordamida operastion tizimlarda ishlaydigan to'laqonli dastur yozib bo'lmaydi (html da for, if, while kabi buyruqlar yo'q). HTML bu Internet tarmog'idagi WEB - serverida joylashtirilgan hujjatlarni ko'rish imkoniyatini beradigan sahifalar yaratishga mo'ljallangan gipermptnni belgilash tili hisoblanadi. HTML ni WEB brauzerlarga matn yoki tasvirlarni qay holatda chop etish ko'rsatmalar to'plami deyish ham mumkin.
Butunjahon o'rgimchak to'rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma'lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o'sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki sahifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo'lmasa, ma'lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.
Gipermatn yoki gipermurojaat biror bir tasvirga ham qo'yilishi mumkinki uning ustiga bosilganda ham yuqorida aytilgan holatlar ro'y berishi mumkin.
Har bir WEB sahifa o'zida bir nechta gipermatn yoki gipermurojaatlarni mujassam etishi mumkin.
Internet xizmatlarining ko'pchiligiga dostup (ruxsat, yo'l) adresatsiya sxemasi (URL) yordamida qiziqtirilgan ixtiyoriy hujjatni topish imkoniyatini beradi. Har bir tur boshqasidan farq qiluvchi o'zining format adresiga ega.
Masalan, mening adresimga xat yozish uchun foydalanuvchi o'zining pochtasining jo'natish adresiga yozishi kerak bo'ladi. Boshqa tomondan Intel kompaniyasining WEB sahifasini yuklash uchun WEB brauzerning adreslar paneliga yozishi kerak.
HTML tilining xususiyatlaridan biri - bu uning kodlarini yozish uchun alohida dasturiy muhit zarur emas. Kodlar ixtiyoriy matn muxarririda yozilishi mumkin va HTML hujjat tayyor bo'lgach uni (dastlabki holatda *.txt kengaytmali bo'ladi) *.html (yoki htm) kengaytmali fayl ko'rinishida saqlash kifoya. Ushbu HTML hujjatni istalgan WEB brauzer yordamida ko'rishimiz mumkin.
Windows muhitida HTML hujjat kodlarini yozish uchun quyidagi matn muxarrirlari: Bloknot, Akelpad, Notepad++, Wordpad kabilardan foydalanish mumkin,. Ko'rsatilgan hamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo'llash mumkin.
Ko'pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni hatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda qulay. Ba'zilari avtomatik ravishda operatorlar, funktsiyalarni tanish va ularni har xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni WEB brauzerda sinab ko'rish tugmasi mavjud.
|
| |