|
«Mehnat resurslari» va «inson resurslari»ning o‘zaro bog‘liqligi
|
bet | 1/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 90,51 Kb. | | #102116 |
Bog'liq «Mehnat resurslari» va «inson resurslari»ning o‘zaro bog‘liqligi.
Asosiy tushuncha va atamalar:
Raqobat, Maosh, Bozor muvzanati, Aholi, mehnat talabi, mehnat taklifi
«Mehnat resurslari» va «inson resurslari»ning o‘zaro bog‘liqligi.
|
Reja:
Mehnat resurslari haqida umumiy tasnif
Mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Farg’ona-2023
Mehnat resurslari haqida umumiy tasnif
|
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar hisoblanadi.
|
| |