|
«Mehnat resurslari» va «inson resurslari»ning o‘zaro bog‘liqligi
|
bet | 4/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 90,51 Kb. | | #102116 |
Bog'liq «Mehnat resurslari» va «inson resurslari»ning o‘zaro bog‘liqligi.Mehnatga layoqatlilik – insonning ma’lum bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan mehnat qobiliyatidir. Mehnatga layoqatlilik quyidagi turlarga bo‘linadi:
kasbiy mehnatga layoqatlilik
umumiy mehnatga layoqatlilik
maxsus mehnatga layoqatlilik
Mehnatga layoqatlilik chizmasi
Umumiy mehnatga layoqatlilik – bu, maxsus tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan mehnat qobiliyatini ifodalaydi;
Kasbiy mehnatga layoqatlilik – bu, maxsus bilimni, alohida malakani talab qiluvchi mehnat qobiliyatidir;
Mmaxsus mehnatga layoqatlilik – bu, shaxsning ma’lum ishlab chiqarish va tabiiy sharoitlarda maxsus bajariladigan mehnat bo‘yicha qobiliyatidir.
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlarida jamiyat inson resurslarining sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishda mehnatga kasbiy layoqatlilik alohida ahamiyat kasb etadi. Mehnatga layoqatlilik ishchi kuchining imkoniy Mehnatga layoqatlilik Maxsus mehnatga layoqatlilik Kasbiy mehnatga layoqatlilik Umumiy mehnatga layoqatlilik unumdorligidan iborat. Uning sifati xodimning malakasi, kasb-koriga bog‘liq bo‘lib, u mehnat unumdorligida namoyon bo‘ladi.
Inson resurslarining ijtimoiy mehnatning yuqori samarasini ta’minlaydigan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning optimal imkoniyatini ifodalaydigan, mehnat faoliyatiga muvofiq keladigan sharoitlar birligidir. Inson resurslari mehnat qobiliyatlarining jamini (ularning miqdor va sifat jixatdan munosabatlarini), ya’ni aloxida ishchining va jami ishchi kunining mehnat faoliyatida qatnashish imkoniyatlarini ifodalaydi. Inson resurslarining mehnat resurslaridan sifat jixatlari bo‘yicha farqi ham shunda.
Inson resurslari – zarur uquv-farosatga, bilim va maxoratga, ishlash qobiliyati va malakasiga ega bo‘lgan jamiyat a’zolari, mehnat axlidir. Ularning soni jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar qanday imkoniyatga ega ekanligini belgilab beradi. Inson resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo‘lganlarni ham, mehnat qilishlari mumkin bo‘lganlarni ham qamrab oladi.
Har bir inson o‘zi tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun muayyan jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasiga ega bo‘lishi kerak. Jismoniy rivojlanish darajasi bir tomonda, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan, ikkinchidan, jamiyatning o‘z fuqarolari sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki fuqorolar kishilik jamiyatining eng muhim boyliklaridan biri hisoblanadi.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda, umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda ko‘nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat soxasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi.
Insonning har ikkala sifati – jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, tasavvurlarining ahamiyati iqtisodiyot rivojlanib borishiga qarab o‘zgarib boradi. Bu xol, o‘z navbatida, mehnat sohasidagi mavjud jaxon tamoyilini to‘liq aks ettiradi, iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur o‘zgarishlar bo‘lib turgan davrda, kishilardagi jismoniy va ma’naviy fazilatlarning roli, ayniqsa, ortadi.
Qat’iy markazlashgan holda iqtisodiyotni rejalashtirishdan bozor munosabatlariga o‘tish mamlakat fuqarolarining turmush tarzida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu jarayon o‘tish davrini o‘tgan barcha mamlakatlar uchun ham ob’ektiv sabablarga ko‘ra, qiyin tarzda kechadi. Tajribalardan shu narsa aniqki, umuman, jamiyat va xususan, har bir fuqaro agar isloxiy yangiliklarga tezroq moslashib borsa, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar davrini muvaffaqiyatliroq o‘tadi. Bu o‘rinda insonning jismoniy sifatlari ham, ma’naviy sifatlari ham ilgari xukmron bo‘lgan bir tomonlama va qoloq xo‘jalik yuritish tizimidagiga qaraganda ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Markazlashgan rejalashtirish amalda insonga mehnat soxasida uning tashabbus ko‘rsatishi, mustaqilligini namoyon qilishi, o‘ziga tabiat tomonidan berilgan sog‘liqdan va uquv tufayli qo‘lga kiritgan bilimlaridan foydalanish qobiliyatini to‘liq ishga solishiga juda kam imkoniyat qoldirgan edi.
Bozor iqtisodiyoti esa, aksincha, insonning tashabbuskor va faol bo‘lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o‘zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamoxang bo‘lib ketish mahoratiga bog‘liq. Insonning jismoniy imkoniyatlari, ma’lumotlilik darajasi, tajribasi qanchalik yuqori, u ma’naviy jixatdan qanchalik etuk bo‘lsa, bu jarayon shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Qaror topgan statistik amaliyotga ko‘ra, inson resurslari mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnatga layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan yoshlar va mehnat qobiliyatidagi o‘rta yoshlilardan iborat.
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon «iqtisodiy jixatdan faol aholi» tushunchasi qaror topgan. Xalqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. SHuningdek, «fuqarolik jihatidan iqtisodiy faol aholi» tushunchasi ham tarqalgan bo‘lib, unga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi.
SHunday qilib, «inson resurslari» mazmuni jixatidan «iqtisodiy faol aholi» tushunchasidan kengroq ma’noni anglatadi.
«Mehnat resurslari» bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlantirish, milliy iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Mamlakatda inson resurslari faolligini, sifatini oshirishga muhim e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, inson resurslarini to‘g‘ri joylashtirish, ularni boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish bu resurslar sifatini oshirish omilidir. Avtoritar davlat iqtisodiyotda barcha narsalarni reja asosida boshqarishga intilgan.
«Mehnat resurslari» tushunchasi inson resurslariga butun borlig‘icha davlat ta’sirini o‘tkazish uchun keng imkoniyat ochib beradigan xaqiqiy topilma bo‘ldi. SHunga muvofiq statistik axborot shakllandi hamda hisobga olish va rejalashtirishning muhim vositalaridan biri sifatida mehnat resurslari balansi ham vujudga keldi.
Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan mazkur tushuncha bozor iqtisodiyoti uchun yaroqsiz, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Aksincha, bozor iqtisodiyotining dastlabki qadamlari shuni ko‘rsatdiki, inson resurslari bozor kategoriyalari tizimiga batamom singib bormoqda. Inson resurslarining axborotni qamrab olishi undan mehnat bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solishda samarali vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi.
SHunday qilib, inson resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan bandlarni ham, band bo‘lmagan, lekin mehnat qilishlari mumkin bo‘lganlarni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, inson resurslari real va saloxiyatli xodimlardan iborat.
|
| |