|
Inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
|
bet | 3/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 90,51 Kb. | | #102116 |
Bog'liq «Mehnat resurslari» va «inson resurslari»ning o‘zaro bog‘liqligi.Inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
|
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini samarali tatbiq etish eng avvalo inson resurslaridan unumli foydalanishga bog‘liq.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «O‘zbekistonning xududiy boyligi va mulki uning mehnatsevar, sahiy va mehmondo‘st xalqidir».
Jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalqda abadiy qadriyatlar, qudratli salohiyat mujassam. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib hizmat qiladi.
Inson omilini tadqiq etish uning resurs tarzidagi mazmuni va mohiyatini ham sifat, ham miqdor jixatidan ochib beradi.
«Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari jamiyatimizni rivojlanishga olib keladi» - I.A. Karimov. Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi, shuningdek, oldimizdagi qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni xal etish inson resurslaridan samarali foydalanishni talab qiladi. Inson resurslari esa, ma’lumki, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib, boshqa resurslarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘zbekiston - katta inson salohiyatiga ega mamlakat. «Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo‘lib, u mamlakatning isloxot va tub o‘zgarishlar yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlaydi».
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil, o‘z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda xal qiluvchi asos hisoblanadi. Jamiyatning mehnat salohiyatini kuchaytirish, undan samarali foydalanish muammolari bozor munosabatlari davrida birmuncha murakkablashadi va ularning yechimini topish iqtisodchi olimlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bunga texnikani yangilash va boshqaruvni o‘zgartirish bilan erishib bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, avvalo, iqtisodiyotning tarkibiy tizimi tubdan o‘zgarishi, jumladan, zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib kelishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi inson resurslari sifat jixatidan yaxshilanishini ob’ektiv tarzda taqozo etadi.
Mehnatga layoqatli aholining umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarligi, fan sohasidagi bilim darajasi, sihat-salomatligi, turmush darajasi inson resurslarining sifat jihatlarini ifodalaydi. Mehnatga layoqatlilik o‘zi nima va kimlarni mehnatga layoqatli deb hisoblaymiz?
Mehnatga layoqatlilik
|
| |