Faoliyat xavfsizigini ta’minlash uslublari




Download 1,9 Mb.
bet13/15
Sana27.11.2023
Hajmi1,9 Mb.
#106590
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Nig‘matjonov Shuxrat Shokir o‘g‘li (013-18 SKI) (tayyori)

4.3.Faoliyat xavfsizigini ta’minlash uslublari
Xavfsizlik - hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi.
Xavfsizlik usullarini o‘rganishdan oldin, biz quyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi.
Har doim va davriy ravishda sodir bo‘lib turadigan xavfli joy noksosfera deyiladi.
Bu sferalarni xavfsizlik nuqtai nazardan qo‘shish mumkin emas.
Xavfsizlikni taminlash usullari 3 xil turga bo‘linadi:
A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.
Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda, C metod qo‘llaniladi.
C - metodi tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan.
Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. C-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar qo‘llaniladi.
Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 1,9 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Faoliyat xavfsizigini ta’minlash uslublari

Download 1,9 Mb.