|
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari
|
bet | 14/15 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #106590 |
Bog'liq Nig‘matjonov Shuxrat Shokir o‘g‘li (013-18 SKI) (tayyori)3. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari.
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish hamda ommaviy qirg’in qurollarining zararli va xavfli ta’siridan saqlash uchun himoya vositalari qo‘llaniladi.
Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni yaratish va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ularning ta’sirini uzoqlashtirish yoki haydash; zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamroh bo‘lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish; texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy omillardan himoya qilish.
Himoya vositalarini tanlash har bir alohida holatlarda mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi.Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari va usullarini gavdalantirishda har xil himoya vositalari qo‘llaniladi.
Himoya vositalarining qo‘llanilish xarakteri bo‘yicha kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. Har biri vazifasiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida KHV zararli va xavfli omillarga bog‘liq holda shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi.
ShHV asosan himoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruhiga qarab: nafas a’zolarini, qo‘l, bosh, bet (yuzni), ko‘zni va eshitish a’zolarini himoya qilish vositalariga bo‘linadi.
KHV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: to‘siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlovchi moslamalar, yorug‘lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyasiya), yoritish, isitish, sovutish (konditsionerlash), izolyasiyalash, germetizatsiyalash vositalari kiradi.
Hulosa
Davlatimizda Is gazidan zarar ko’rgan odamlar ancha va buni oldini olishga qaratilgan ishlar ham ancha talaygina Bu ishimizda Is gazidan himoyalanish undan zaxarlanishni oldini olish uchun qaratilgan proektimizni ko’rib chiqdik.
Loyihamizda Arduino qurilmasi orqali ko’pgina foydali ishlar qilish mumkinligini ko’rdik va bulardan biri MQ seriyali gaz datchiklarini Arduinoga ulagan holda
chiqarish qurilmasi bilan gaz chiqqan joyga borganida uni aniqlash uchun yaratdik.
LED diodi Arduino qurilmasiga ulangan holda MQ-7 Is gaz sensorini ishlatgan hola ularni bir biriga uladik va dasturini tuzishga kirishdik. So’ngra Dastur tarafini to’g’ri yozib chiqqan holda qurilmani test Sinovida ham tekshirib ko’rdik.
Kelajakda Biz loyihalashtirgan qurilmamizdan ommaviy tarzda apparatni hosil qilib yurtimizda barcha uylarga qo’yilishidan umidvormiz
|
| |