Paxta tozalash zavodlarida chigitlarni tashishga mo’ljallangan qurilma




Download 0.94 Mb.
bet13/44
Sana24.03.2017
Hajmi0.94 Mb.
#1632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
2.5.4. Paxta tozalash zavodlarida chigitlarni tashishga mo’ljallangan qurilma.

Vintli konveyerlar linterlarga chigitni taqsimlab berish, jinlashdan va linterlashdan chiqqan chigitlarni tashish, shuningdek tolali chiqindilarni tashishda vintli konveyyerdan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash usuli jihatidan chigitli paxta tashishda qo’llaniladigan konveyerlarga o’xshaydi. Vintli konveyer sxemasi 3-rasmda keltirilgan.

Vintli konveyer metall tarnov 1, chetki podshipnik 3 va oraliq podshipnik 4 larda aylanuvchi vint 2, elektromotor 5, reduktor 6, ochiq tarnov 7 va qopqoq 8 dan iborat.

Tarnov 1 qalinligi 3-4 mm li tunukadan yasalgan bo’lib, har qaysisining uzunligi 3,5 metrgacha bo’lgan bir xil bo’lakchalardan yig’iladi. Tarnovning usti qopqlq bilan berkitiladi, shu tufayli qopqoq ichidan chang chiqmaydi. Konveyer vinti ham uzunligi 3,5 metrli bo’laklardan tuziladi.

Paxta tozalash sanoatida chigit tashish uchun diametri 300 mm va qadami 225 mm bo’lgan himda ish unumiga qarab 80-120 ayl/min chastota bilan aylanuvchi vintli konveyerlar qo’llaniladi. Vint harakatni elektromotordan tishli g’ildirak yoki chervyakli reduktorlar vositasida yuklash tomonidan oladi. Tarnovning ichki diametri vint qanoti diametridan bir oz katta bo’lib, u harakatlanayotganda tarnov devori bilan vint qanoti qirrasi orasida 9-15 mm li tirqish qolishi kerak [4].

Vintli konveyerlarni chigit tashish masofasi 20 metrdan ortiq bo’lgan erlarga o’rnatish tavsiya qilinmaydi.

O’rnatilgan joyi va bajariladigan vasifasiga qarab vintli konveyerlarning har xil markalari ishlab chiqariladi.

Vintli konveyerlarning ish unumi quyidagi formuladan topiladi:


bu yerda: D – vint diametri; - vint qadami, – vintning aylanish chastotasi, - chigitni vintli konveyyerda tashishda ko’rsatadigan umumiy qarshiligi, chigit uchun tozalash mashinalarida ajraladigan iflosliklar uchun - to’lish koeffitsienti, chigit uchun iflosliklar uchun - tashiladigan material zichligi, kg/m3, o’rta tolali paxta chigiti uchun uzun tolali paxta chigiti uchun tozalash mashinalarida ajraladigan iflosliklar uchun o’luk uchun .

Talab etiladigan quvvat (kVt):


bu yerda: - konveyer uzunligi, m; - uzatmaning foydali ish koeffitsienti; - konveyerning ish unumi, t/soat; - umumiy qarshilik.



Download 0.94 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Download 0.94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta tozalash zavodlarida chigitlarni tashishga mo’ljallangan qurilma

Download 0.94 Mb.