• 2.2. Tayyorlov punktlarida paxtani qabul qilish va jamlash
  • 2.1-jadval Paxtaning sinflar bo’yicha iflos aralashmalarning vazniy ulushi va namlikning vazniy nisbati me’yorlari, foiz, ko’pi bilan
  • 2.3. Paxtani g’aramlash va saqlash.
  • Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi




    Download 324.33 Kb.
    bet2/6
    Sana24.03.2017
    Hajmi324.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6

    2.1. Paxtani tayyorlash

    Paxtani o’z vaqtida qabul qilish, to’g’ri jamlash, markazlashtirilgan holda quritish va tozalash, lozim bo’lgan holda saqlashni ta’minlash bo’yicha paxta tozalash zavodi va tayyorlov punktining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:



    • xo’jaliklar bilan paxta sotish uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

    • xo’jaliklarda paxtani yuqori sifatli qilib mashinada va qo’lda terishni tashkil qilish va ta’minlash hamda uni navlarga to’g’ri ajratish bo’yicha yul-yurik berish;

    • xo’jaliklarni amaldagi respublika standartlari, paxta xarid narxlarining preyskurantlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash;

    • ko’rinarli joyda respublika standartlarining asosiy qoida-larini, paxtaning xarid narxlarini, xavfsizlik texnikasidagi yonrindan saqlanish texnikasi bo’yicha ogoxlantiruvchi yozuvlarni ilib kuyish;

    • paxtani qabul qilish, g’aramlash, tashish va saqlashda mexanizmlardan to’la foydalanish;

    • transport, omborlar, maydonchalar, tarozi xo’jaligi, brezentlar, laboratoriya uskunalari, asboblar, o’rash va boshqa materiallardan okilona va tejamli foydalanish;

    • paxtani respublika standartlari talablariga rioya qilgan holda o’z vaqtida beto’xtov qabul qilib olish;

    • qabul qilingan paxtani selektsion va sanoat navlari, sinflari bo’yicha bir xil to’dalarga jamlab, urug’lik chigitni reproduktsiyalar va dala guruhlari bo’yicha alohida to’dalarga ajratish;
      Nav - seleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga mansub oʻsimliklar majmui; madaniy oʻsimliklar uchun eng kichik tasnif birligi.


    • quritish-tozalash sexining unumli ishlashini ta’minlash;

    • kat’iy buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilish;

    • xo’jaliklar bilan qabul qilingan paxta uchun o’z vaqtida va to’g’ri hisob-kitob qilish, tayyorlangan butun paxtani to’g’ri saqlash va uni tayyorlov punktidan ishlab chiqarish uchun zarur miqdor va assortimentda paxta zavodiga o’z vaqtida tashishni tashkil qilish;

    • saqlash, quritish, tozalash va tashishda paxta buzilishi va nobudgarchiligining oldini oluvchi tadbirlar o’tkazish;

    • tayyorlov punktida paxtani qabul qilish, saqlash, tozalash va uni paxta zavodiga tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni kamaytirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

    • tayyorlov ishining hamma bosqichlarida maxsus yo’riqnomalarga muvofiq yonginga karshi tadbirlar o’tkazish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish;

    • qabul qilingan va saqlanayotgan paxtani, albatta, tortib
    hisoblash va uni tayyorlov punktidan jo’natishda va paxta zavodida qabul qilishda sifatini to’g’ri aniqlash.

    Tayyorlov punktlarining rahbariyati xo’jalik xodimlarini amaldagi qonunchilikka asoslangan respublika standartlari, standart namunalari va paxtaga haq to’lash tartibi bilan tanishtirishi shart. Shu maqsadda terim boshlanishidan kamida 10 kun avval xo’jaliklarda brigadirlar, mexanizatorlar va topshiruvchilar ishtirokida paxtani sifatli terish hamda uni tayyorlov punktiga topshirish bo’yicha kengash (seminar) o’tkazilishi kerak [3].



    2.2. Tayyorlov punktlarida paxtani qabul qilish va

    jamlash

    Xo’jalik tomonidan sotiladigan paxtani qabul qilib olish «Viloyatpaxtasanoat» aktsionerlik birlashmasini paxta tozalash zavodlarining tayyorlov punktlari tomonidan amalga oshiriladi. Har kuni paxtani qabul qilishdan oldin klassifikator tayyorlov punktining mudiri va xo’jaliklarning topshiruvchilari ishtirokida avtomobil tarozilarini tekshirish lozim. Tarozilarni tekshirish to’g’risida maxsus daftarda tekshirgan shaxslarning, albatta, yozuvi bo’lishi shart.

    Paxtani qabul qilish, uning sifatini aniqlash uchun namunalar olish va tortish paxta topshirish huquqiga yozma ishonchnomasi bo’lgan xo’jalik topshiruvchisi ishtirokida bajariladi. Topshiruvchi yo’qligida paxta qabul kilinmaydi. Tayyorlov punkta transport kechikkani to’g’risida dalolatnoma tuzishi va bu xakda shu kunning o’zida xo’jalikka chora ko’rish uchun xabar berish kerak.

    Paxta qabul qilish paxtani tasnifiga oid barcha grafiklar to’ldirilgan va ilova qilingan paxta jo’natish-qabul qilish 1-SX (paxta) shakli bo’yicha tovar transport nakladnoyi asosida bajariladi. Bu hujjatlar qat’iy hisobdagi blankalardir.

    Bitta tovar-transport hujjati bo’yicha xo’jalik tomonidan hamma sifat ko’rsatkichlari bo’yicha faqat bir xil paxta jo’natilmota lozim. Bitta selektsion va sanoat navli bir sinfli, reproduktsiyalar va dala guruhi bo’yicha urug’lik, quritilgan, qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklar bilan shikastlangan paxta aloxida-alohida topshiriladi.

    Tayyorlov punktida paxtani qabul qilish va jamlash O’zRST 615-94 "Paxta. Texnik sharoitlar" (1) va O’z RST 642-95 "Urug’lik paxta. Texnik sharoitlar" (2) respublika standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

    Tayyorlov punktida paxtani qabul qilish klassifikator tomonidan bajariladi. Paxtani qabul qilishda uning namligi va ifloslanishini aniqlashga egallab turgan lavozimi bo’yicha bunga huquqi bo’lgan paxta tayyorlov tizimi xodimlaridan boshqa shaxslar bo’lishi man qilinadi.

    Tayyorlov punkti va paxta tozalash zavodi xodimlarini paxta respublika standartlari va paxta qabul qilish qoidalarini buzishga majbur qilishda aybdor shaxslar paxta tozalash zavodi rahbariyatining murojaati bo’yicha huquqni muhofaza etish organlari tomonidan qattiq javobgarlikka tortilishi lozim.

    Tayyorlov punktining laboratoriya mudiri (katta laborant) klassifikatorlar tomonidan paxtani respublika standartlari talablariga muvofiq to’g’ri qabul kilinishini, namunalar tanlanishini, shuningdek, tayyorlov punktida jamlash, quritish, tozalash va saqlash qoidalariga rioya kilinishini muntazam nazorat kiladi.

    Laboratoriya mudiri (katta laborant) bir kecha-kunduz mobaynida laboratoriya jurnalida va pasport kartochkada katta klassifikator va zona klassifikatorlarini laboratoriya asboblari yordamida navni aniqlash natijalari bilan ma’lumot jamlash kunlari bo’yicha tanishtirishi shart, toki ular qabul qilinadigan paxta to’dasi navini baholashda xatoga yo’l qo’yishmasin.

    Tayyorlov punktining laboratoriya mudiri (katta laborant) paxtani qabul qilish, jamlash va uni paxta zavodga jo’natishda asboblar bilan iflosligi va namligini, shuningdek, bahsli hollarda navi, namligi va ifloslanishini aniqlash to’g’riligi uchun bevosita javob beradi.

    Tayyorlov punkti laboratoriyasining ishi to’g’riligini nazorat qilish bevosita paxta tozalash zavodning texnik nazorat bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

    Paxtani qabul qilish zavod qoshidagi va zavod hududidan tashqaridagi tayyorlov maskanlarida to’dalar shaklida amalga oshiriladi. Bitta nav, tur va sinfga tegishli sifat to’g’risidagi hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan to’da hisoblanadi.

    Agar bu to’dada turli selektsion va sanoat navlari, turlari hamda sinflariga tegishli paxta aralashtirilgan bo’lsa, paxta shu to’dada mavjud bo’lgan eng past nav, tur va sinflari bo’yicha qabul qilinadi. Belgilangan selektsion paxta tolasining turi me’yoriy hujjatlariga muvofiq o’rnatilgan tartibda aniqlanadi (O’zRST 615-94 ga binoan).

    Har bir paxta turi rangi, tashqi ko’rinishi va pishib etilganligi koeffitsientiga binoan besh navga bo’linadi I, II, III, IV, V. Paxta navi, rangi va pishib etilganlik koeffitsienti ko’rsatkichlariga ko’ra aniqlanadi.

    Paxta navi 2.1-jadvalda berilgan me’yorlarga muvofiq, if-loslanganlik (iflos aralashmalarning vazniy ulushidan) va nam-lik (namlikning vazniy nisbati) miqdoriga qarab 1 (qo’l), 2 (mashina) va 3 (to’kilgan paxtani terish) navlarga bo’linadi.



    2.1-jadval

    Paxtaning sinflar bo’yicha iflos aralashmalarning vazniy ulushi va namlikning vazniy nisbati me’yorlari, foiz, ko’pi bilan

    Paxta navi







    Sinflar












    1

    2







    3



    iflos aralashmalarning vazniy ulushi

    namlikning vazniy nisbati

    iflos aralashmalarning vazniy ulushi

    namlikning vazniy nisbati

    iflos aralashmalarning vazniy ulushi

    namlikning vazniy nisbati

    I

    II III IV

    V


    3,0 5,0 8,0 12,0

    9,0 10,0 11,0 13,0

    10,0 10,0 12,0 16,0

    12,0 13,0 15,0 17,0

    16,0 16,0 18,0 20,0 22,0

    10,0 16,0 18,0 20,0 22,0

    1 va 2-sinflar uchun ifloslanganlik belgilangan me’yoridan yuqori bo’lgan taqdirda paxtani ifloslanganligi bo’yicha u to’g’ri kelgan sinfga o’tkaziladi, namlik miqdori oshgan taqdirda esa belgilangan tartibda narxini kamaytiradilar.

    I, II, III va IV navlarida 3-sinf uchun belgilangan ifloslanganligi yoki namligi me’yoridan oshiq bo’lsa, paxta topshiruvchiga qaytarib beriladi yoki past nav bo’yicha qabul qilinadi.

    Agar ifloslanganligi yoki namligi me’yori 22 foizdan oshib ketsa, paxta topshiruvchiga qaytarib yuboriladi yoki belgilangan tartibda narxi yoki vazniy miqdori kamaytirib qabul qilinadi.

    O’rta darajali bakterial zamburug’ bilan kasallangan paxta past navga o’tkaziladi. Kuchsiz darajali bakterial zamburug’ yoki shira bilan kasallangan paxtaning narxi esa kamaytiriladi.

    Paxtadagi shira moddalarni aniqlash qabul qilish vaqtida yoki terim oldidan daladan olingan dastlabki namunalar bo’yicha o’tkaziladi. Agar shira mavjud bo’lsa, paxta alohida qabul qilinadi va jamlanadi. Bu paxtaning navi paxta zavodida qayta ishlangandan keyin aniqlanadi.

    Paxta tupida tasma singari burilgan pallachalar mavjud bo’lsa, shuningdek, to’daning 20 foizidan ortig’i gommoz bilan kasallanganligi aniqlansa (sariq yoki qo’ng’ir yig’indilar mavjud pallachalarda yopishib kolgan, nihoyatda kam titilgan tolachalar bilan ta’riflanadi) paxta past navga qabul qilinadi. Paxta etishtiradigan xo’jaliklar chigitdagi pestitsid qoldiqlarining miqdori haqida hujjat (sertifikat) topshirishadi. Chigitdagi pestitsid O’zbekiston Respublikasining Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak.

    Chigitda ruxsat etilgan me’yordan ortiq pestitsid mavjud bo’lsa, belgilangan tartibda paxtaning narxi kamaytiriladi.

    Paxta to’dasining jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi «Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yuriknoma»ga (3) binoan tolaning turiga va paxtaning sifat ko’rsatkichlariga qarab har bir xo’jalik bo’yicha alohida amalga oshiriladi.

    Har bir tayyorlov punktida paxtani ikki yoki uch mintaqaviy tizim bo’yicha qabul qilish tartibi paxta zavodi direktorining buyrug’i bilan belgilanadi. Paxta uch mintaqaviy tizimda qabul qilinganda tayyorlov punkti uch zonaga bo’linadi. Birinchi zonada tashib keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi. Ikkinchi zonada tarozida tortiladi. Uchinchi zonaga qabul qilingan paxtani tushirish va g’aram hamda omborga joylash amalga oshiriladi. Uchinchi zonaga quritish-tozalash sexi kiradi.

    Birinchi zonada topshiriladigan paxtani tarozida tortishga kadar klassifikator taqqoslash yo’li bilan paxtaning navi, namligi va iflosligi, respublika standartlari me’yorlariga mosligini aniqlaydi, shuningdek, navi, namligi va ifloslanishini laboratoriyada aniqlash uchun paxtadan namunalar tanlaydi.

    Shubhali hollarda klassifikator laboratoriyaga paxta navini asboblar bilan baholashni so’rab murojaat qilishi kerak. Laboratoriya tahlilidan keyin paxta laboratoriya tomonidan aniqlangan navga qabul qilinadi. Keyin klassifikator xo’jalik xujjatidagi «qabul kilindi» ustunini to’ldirib, so’ngra nakladnoyni (ikki nusxa) topshiruvchiga beradi va paxtani tortish uchun ikkinchi zonaga jo’natadi.

    Ikkinchi nusxa o’ng yuqori burchagida «nusxa» degan bosma yozuv bo’lishi kerak, agar yo’q bo’lsa, katta klassifikator qo’lda siyox bilan "nusxasi" deb aniq yozib qo’yish kerak.

    Paxta topshiruvchilardan qabul qilganda uning sifati faqat tayyorlov punktining laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi. Agar paxta namunalarini tanlash va sifatini tahlil qilish shu tayyorlov punktining laboratoriyalari tomonidan bajarilmagan bo’lsa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.

    Paxtaning konditsion vazni katta klassifikatorga bo’ysunmaydigan laboratoriya belgilaydigan namligi va iflosligi ko’rsatkichlariga bog’liqligini hisobga olib, katta klassifikator paxtani laboratoriya tahlilidan o’tkazishda ishtirok etishi mumkin.

    Agar olingan laboratoriya natijalaridan rozi bo’linmasa, katta klassifikator paxtaning sifatini takror tahlil etilishini talab qilishga haqli. Bu haqda qabul paytida namunalar oluvchi katta klassifikator yoki klassifikator laboratoriya qayd daftariga yozib qo’yadi. Bunday holda laboratoriya klassifikator ishtirokida qayta tahlil o’tkazilib, uning natijasi jurnalda «takroriy» deb yoziladi. Agar takroriy tahlil natijasi dastlabki belgilangan chegaralarda bajarilgan bo’lsa, unda dastlabki aniqlangani to’g’ri hisoblanib, katta klassifikator bunga rozi yoki norozi bo’lishidan qat’iy nazar, topshiruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun buxgalteriyaga beriladi.

    Tayyorlov punkti laboratoriyasi tahlillarining natijalari topshiruvchi hamda paxtani qabul kiluvchi klassifikator uchun majburiy ma’lumot hisoblanadi.

    Agar topshiruvchi klassifikator tomonidan aniqlangan paxtaning navi, namligi va iflosligiga rozi bulmasa, bahs tayyorlov punktining laboratoriyasi tomonidan xal etiladi, buning uchun ular ishtirokida tayyorlov punkti laboratoriyasining vakili paxta sifatini asboblar bilan sinash uchun o’rta namuna tanlaydi.

    Keltirilgan paxta sifati klassifikator tomonidan yoki bahsli hollarda laboratoriya tahlili orqali aniqlangandan keyin tortish uchun ikkinchi zonaga o’tkaziladi. Topshiruvchi (xo’jalik vakili) tayyorlov punktining laboratoriyasi o’tkazgan tahlil ma’lumotlariga rozi bulmasa, topshiruvchi ishtirokida takroriy tahlil o’tkazib, uning natijasi, topshiruvchi va tayyorlovchi uchun qat’iydir.

    5-XL shaklidagi chiqish ruxsatnomasisiz va xo’jalik naklad-noyida katta klassifikatorning yozuvisiz transportning tayyorlov punkti hududidan chiqib ketish ta’qiqlanadi [3].

    Paxta avtomobil tarozilarda tortilib, brutto vazni 14-XL shaklidagi jurnalga yozilgandan keyin klassifikator yoki klassifikator tarozibon ikki nusxadagi nakladnoyning «brutto vazni» qatorini to’ldiradi, bir nusxasini olib qoladi va birinchi nusxasini g’aramlash joyni ko’rsatib transport xaydovchisiga topshiradi va paxtani uchinchi zonaga jo’natadi.

    Uchinchi zona klassifikatori paxta jamlanadigan joyda tushirish paytida qabul qilingan paxtani ko’rib chiqadi va biron-bir begona narsa aralashgani hamda paxtaning namligi va iflosligi chegaralangan me’yordan ortiqligini payqab qolsa uni ikkinchi zonaga qaytarib, nakladnoyning «g’aramlash» bo’limida qaytarilgan paxtani dastlab belgilangan miqdordan chiqarish uchun tegishli belgi qo’yadi.

    Uchinchi zona klassifikatori tomonidan qabul qilingan paxta g’aramga joylanadi. Ayni paytda klassifikator xo’jalik nakladnoyida «g’aramlash» bandini to’ldiradi va unga imzo chekadi. Shundan keyin transport xaydovchisiga transport vositasini tortish va qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ikkinchi zonaga jo’naydi.

    Katta klassifikator (ikkinchi zona) transport vositalari, tarani tortib, qabul qilingan paxtaning netto vaznini transport nakladnoyining «qabul kilindi» bandi va qabul qilish kvitantsiyasi PK-17 shakliga yozib ko’yadi. Transport nakladnoyisiz yoki ustunlari to’ldirilmagan nakladnoylar bilan jo’natilgan paxtani qabul qilish va paxtaga qabul qilish kvitantsiyasini yozish man qilinadi.

    Katta klassifikator (ikkinchi zona) va birinchi hamda uchinchi zonalar klassifikatorlari tomonidan imzolangan nakladnoyning birinchi nusxasi qabul qilish kvitantsiyasiga tirkaladi va tayyorlov punkti buxgalteriyasiga xo’jalik hisob-kitob qilish uchun beriladi, ikkinchi zona klassifikatori tomonidan imzolangan nakladnoy nusxasi esa topshiruvchiga beriladi.

    Transport xaydovchisi paxtani topshirgandan keyin tayyorlov punkti hududidan chiqish 5-XL shaklidagi ruxsatnomasi bilan chiqib ketadi. 5-XL chiqib ketish ruxsatnomasi navbatchi soqchida qoladi va u kun oxirida bu ruxsatnomalarini ro’yxatga tirkagan holda tayyorlov punkti buxgalteriyasiga imzo chektirib topshiradi.

    Ikki zonani qabul qilishda qabul qilinadigan paxtaning sifatini aniqlash va tortish birinchi zonada amalga oshiriladi. Paxtani tushirganda va g’aram omborlarga joylaganda uning sifatini qo’shimcha tekshirish ikkinchi zona klassifikatori tomonidan uch zonali tizimda uchinchi zona klassifikatori tomonidan amalga oshiriladi.

    Katta klassifikator uch zonali va ikki zonali tizimlarda paxtani qabul qilish, jamlash, saqlash, tashish, ortish va tushirish bo’yicha barcha ishlarni moddiy javobgar shaxs sifatida tashkil etadi.

    Birinchi zona klassifikatori uch zonali va ikki zonali tizimlarda qabul qilinadigan paxtaning navi, namligi va ifloslanishini organaleptik usulda aniqlashning to’g’riligi va namunalarini tanlash to’g’riligi uchun bevosita javob beradi.

    Uchinchi zona klassifikatori uch zonali yoki ikkinchi zona klassifikatori ikki zonali tizimda paxtani to’dalarga jamlash hamda uni g’aram va omborlarga joylashning to’g’riligiga, qabul kilingan paxtaning saqlanishiga, uni paxta tozalash zavodiga jo’natish va transportning me’yordan ortiq bekor turishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, ushbu zonada bajariladigan ishlarda xavfsizlik texnikasiga rioya kilinishi va ortish, tushirish ishlarida mavjud mexanizatsiya vositalaridan to’g’ri foydalanishi uchun bevosita javob beradi. Zonalarning klassifikatorlari katta klassifikatorga bo’ysunishadi.

    Paxtani xo’jalikdan qabul qilib olishda katta klassifikator yoki klassifikator tarozibon shaxsan uch nusxada PK-17 shaklidagi qabul qilish kvitantsiyasini to’ldiradi, unda hamma ko’rsatkichlar aniq yozilishi kerak. Qabul qilish kvitantsiyasini yuqorida ko’rsatilgan shaxslardan boshqa kishining yozishi man qilinadi.

    Xo’jalikdan qabul qilingan bir selektsion nav va sinf paxtasi bir qabul qilish kvitantsiyasi bilan rasmiylashtirilib, u buxgalteriyaga hisob-kitob qilish uchun beriladi.

    Keyingi kun buxgalteriya hisob-kitobdan so’ng qabul qilish kvitantsiyasining birinchi nusxasini paxta topshiruvchiga topshiradi, ikkinchisini Makroiktisodiyot va statistika vazirligining tuman inspektsiyasiga jo’natadi, uchinchisi—tayyorlov punktida qoladi. Katta klassifikator qabul qilish kvitantsiyalari PK-17 shaklida ko’rsatilgan ma’lumotlarning (paxtaning konditsion vazndagi miqdori, selektsion, sanoat navlari, sinflari va jamlash o’rinlari) to’g’riligi, tayyorlov punktining mudiri va katta buxgalter, konditsion vazn va qabul qilingan paxta uchun pul hisob-kitoblarining to’g’riligi (qo’shish va kamaytirishni hisobga olib) uchun (PK-17 shaklining orqa tomoni) shaxsan javob beradi.

    PK-17 shaklidagi qabul qilish kvitantsiyalari asosida Davlat statistika organlari tomonidan paxta tayyorlash to’g’risida har kuni hisobot tuziladi. Har qanday boshqa hujjatlar paxta tayyorlash to’g’risida hisobotlar tuzishga asos bo’la olmaydi.

    Xarid hisobotida qabul qilish kvitantsiyalari asosida har bir xo’jalik tomonidan topshirilgan paxtaning konditsion vazni hisoblanadi.

    Xo’jaliklardan paxtani tilxat bo’yicha saqlash uchun qabul qilishga ruxsat etilmaydi. Tartib butun paxtaga, shuningdek, tanlab terilgan urug’lik oilaviy va tajriba namunalariga xam taalluqlidir.

    Tayyorlov punkti laboratoriyasining to’dalar bo’yicha (xo’jaliklar, bo’linmalar, brigadalar) paxtaning ifloslanishi va namligi uchun tahlillar natijalari uning konditsion vaznini hisoblash uchun qat’iydir.

    Qabul kilinib, to’dalab jamlangan paxtadan olingan namunalar bo’yicha o’tkazilgan nav, namlik va ifloslanish natijalari xo’jalik, bo’linma, brigada bo’yicha qabul qilishda aniqlangan va qabul qilingan kunda belgilangan paxtaning konditsion vazni bo’yicha paxtaning sifatini o’zgartirish uchun asos bo’la olmaydi.

    Brigada (frans. brigade; ital. brigata - jamiyat, otryad) - 1) barcha turdagi qurolli kuchlar, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalarining taktik birlashmasi; turli mamlakatlarda 16-asrning 2-yarmidan, Rogsiyada 18-asr boshidan mavjud.
    Shunga muvofiq ravishda xo’jaliklar bilan pul hisob-kitoblari va paxta xaridlarini hisoblash u qabul kilayotgan har bir kun uchun belgilangan konditsion vazn bo’yicha olib boriladi.

    Paxta ifloslanishi (iflos aralashmalarning vazniy ulushi) va namlik (namlikning vazniy nisbati) yagona hisob me’yorlariga hamma sanoat navlari uchun keltirilgan konditsion vazn bo’yicha qabul qilinadi va hisobga olinadi [6].
    2.3. Paxtani g’aramlash va saqlash.

    Viloyat «Paxtasanoatsotish» birlashmalarining rahbariyati, paxta tozalash zavodlarining direktorlari, tayyorlov punktlarining mudirlari va katta klassifikatorlar paxta tayyorlash maskanlarida qabul qilingan paxtaning to’liq saqlanishi hamda undan standart paxta tolasi ishlab chiqarish uchun shaxsan javob beradilar.

    Paxta qayta ishlashdan oldin g’aramlarga, ayvonlarga yoki usti yopiq binolarga joylanadi. Omborlar, ayvonlar va g’aram maydonla-rini qurish loyixa tashkilotlarining texnik hujjatlari asosida olib boriladi.

    Paxta joylanadigan g’aram maydonlari er yuzidan 40 sm baland-likda qattiq to’shama (asfalt, beton yoki somon loy) bilan qoplanishi kerak. G’aram maydonchasining o’lchami 25 m X 14 m bo’lib, yomg’ir suvlarini oqib ketishi uchun o’rta yuzasini 5—7 sm ga ko’tarish zarur. G’aram maydonchasining o’rtasida tunnel qazish vaqtida to’g’ri yo’nalishni belgilash uchun bo’ylanma tilimi chizib ko’rsatiladi. Boshqa o’lchamdagi g’aram maydonchalari qurilishi tavsiya yetilmaydi [4].

    Paxtani maydonchalarda g’aramlash faqat havo quruq paytida olib boriladi, yomg’ir yoqqanda esa g’aramlash man etiladi. G’aramra to’kilgan paxta maydonning hamma joyiga bir tekis va qalinlikda joylashtirishi lozim.

    Namligi 20 foizdan ortiq paxta quritish-tozalash sexi yonida joylanadi, chunki u zudlik bilan kuritilishi va qayta ishlanishi lozim. Namligi 14 foizgacha bo’lgan paxtani tozalash sexi mintaqasida, 14 foizdan ortiq bo’lganini esa quritish-tozalash sexi mintaqasida joylash kerak. Paxta g’aramining shakllanishi va cho’kishidan so’ng, uning yon hamda burchak tomonlari terib tekislanadi.

    Paxtani g’aramlash vaqtida uning g’aram maydonchasining yuzasida bir tekisda joylanishiga va zich shibbalanishiga e’tibor berish kerak. G’aramning zichlanadigan chekkalari doimo g’aramning o’rta sathidan pastroq bo’lishi lozim.

    Quyidagi hollarda g’aramlar mustahkamligi yetarli darajada bulmaydi va ular qulaydi:

    - paxtaning pastki va keyingi qatlamlari yetarli darajada shibbalanmasa;

    - g’aram burchaklari noto’g’ri joylansa va yetarli darajada shibbalanmasa;

    - g’aramning butun yuzasi emas, balki oralari o’zaro yaxshi bog’lanmagan kismlar bo’yicha joylansa;

    - bir kecha-kunduz davomida g’aramlangan paxtaning miqdori ruxsat etilgan me’yoridan 60—65 tonnadan oshirib yuborilsa.

    Paxta g’aramlanganda uning balandligi 2,0—2,5 m bo’lgan gumbazsimon qalpoq bilan shunday yakunlanadiki, qalpoqning bosh qismi ikki tomonlama nishabni yopish uchun g’aramning o’rtasidan ko’ndalangiga o’tishi lozim.

    Paxta g’aramlangandan so’ng asta-sekin cho’kadi va 10—15 kundan keyin balandligi 1—1,5 m pasayadi. Ochiq maydonlarda saqlanadigan paxtani yopish uchun 8,5X7 m o’lchamli brezent qo’llaniladi. G’aramlarda saqlanadigan urug’lik paxta yangi yoki birinchi toifali brezentlar bilan yopilishi kerak. G’aramlarda bitta brezent o’rta hisobda 30 tonna paxtani yopishi kerak. G’aramlarni ortiqcha brezentlar bilan yopish man etiladi.

    Namligi me’yorda bo’lgan paxta g’aramiga 8—10 kun, ortiqcha namlikdagi g’aramga esa 3—5 kundan keyin uzunasiga bitta tunnel ochish lozim. Tunnel qaziydigan mashinalardan foydalanilgan holda g’aram shakllanishi yakunlangandan so’ng, ertasiga tunnel qazilib, shamollatgich o’rnatilishi mumkin.

    O’rtacha namligi 9—10 foizdan ortiq bo’lmagan I va II navlarni 1 va 2-sinfli, namligi 11—13 foizni tashkil etadigan III, V navlarni barcha sinflaridagi saqlanayotgan paxta to’dasining harorati 5 kunda 1 marta, namligi yuqori bo’lgan paxta to’dalarining harorati esa xar 3 kunda o’lchanadi [6].

    Havo iliq paytlarda (sentyabr, oktyabr) tayyorlangan paxtaning harorati 35°S dan yuqori bo’lmay, 2—3 kun ichida o’zgarmasa, u holda harorat me’yoriy hisoblanadi.

    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

    Saqlanadigan paxta to’dalarida paxtani harorati birinchi o’lchovda ko’rsatilgan haroratdan yuqori bo’lsa yoki ma’lum bir nuqtalarda dastlabki o’lchovdan so’ng 2°S—3°S ga ko’tarilsa, g’aramlardan nam havoni so’rish va paxta haroratini majburiy ravishda sovitish bo’yicha zudlik bilan chora ko’rish kerak. Havoni so’rish tunnel orqali olib boriladi. Tunnel qazuvchi mashina yordamida yoki qo’l bilan g’aramning uzunligi bo’yicha g’aram joylashganda va kerakli darajada cho’kkandan so’ng tunnel qaziladi. Tunnelning kengligi 0,8—1,0 m, balandligi esa 1,8—2,0 m.dan kam bo’lmasligi kerak. Havoni so’rish uchun maxsus UVP kurilmasidan foydalaniladi.

    Tunnel qazuvchi mashinalar yordamida ish bajarilganda, namligi 14,0—22,0 foizni tashkil etgan paxta uchun havoni so’rish 3—4 kun o’tgandan keyin olib borilishi mumkin.

    Paxtani g’aramlashda profilaktika tarzida o’tkaziladigan havoni so’rish paytida so’rish kurilmasining ish vaqti 6—8 soatdan kam bulmasligi kerak. Paxtaning o’z-o’zidan qizishida g’aramlardan havoni so’rish ma’lum o’lchov nuqtalarida paxtaning harorati atrofdagi harorat bilan teng bo’lmaguncha olib boriladi.

    Agar paxtaning harorati dastlabki o’lchovga nisbatan, hatto bir daraja ortib ketgani sezilsa, havoni so’rish yuli bilan o’z-o’zidan qizishini to’xtatish choralarini ko’rish kerak, agar yagona uyali qizigan paxta topilsa qiziyotgan paxtani, shuningdek, yonma-yon joylashgan paxtalarni ham olib tashlash zarur.

    Paxgaga suv sizib kirishi va namlanishi sezilgan taqdirda g’aramlarda namlanish chukurligini aniqlash maqsadida quduqlar qazish kerak. Namlangan paxtani olib quritish zarur.

    1   2   3   4   5   6


    Download 324.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

    Download 324.33 Kb.