• 2.5. CHIGITLI PAXTANI TASHISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH. 2.5.1. Umumiy ma’lumotlar.
  • 2.5.2. Chigitli paxtani pnevmatik tashuvchi vositalarida tashish.
  • 2.5.3. Chigitli paxta uchun mexanik tashish vositalari.
  • 1-rasm. S H X tipidagi paxta uchun vintli konveyer: 1- harakatlantirgich; 2
  • 2.5.4. Paxta tozalash zavodlarida chigitlarni tashishga mo’ljallangan qurilma.
  • 3-rasm. Linter batareyalaridan chigitni olib ketadigan vintli konveyer sxemasi.
  • 4-rasm. ES-14 markali chigit elevatori
  • 2.6. CHIGITLI PAXTA TAYYORLASH PUNKTLARI VA PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA CHIGITLI PAXTANI TASHISH VOSITALARI. 2.6.1. Chigitli paxtani tashish vositalari.
  • 2.6.2. 2PTS-4-793 turidagi ikki o’q li transport tirkamasi
  • 2.6.3. RS-30TS13AS avtomobil tarozilari
  • 6-rasm. RS-30TS13AS marka li avtomobil tarozisi
  • Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi




    Download 324.33 Kb.
    bet3/6
    Sana24.03.2017
    Hajmi324.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6

    2.4. Paxtaning sifatini nazorat qilish.

    Tayyorlov punktida paxta qabul qilishda qabul qilinadigan mahsulotning sifatini nazorat qilish muhim o’rin tutadi. Uning aniqligiga nafaqat paxta zavodining daromadi, balki g’aramning to’g’ri jamlanishi xam bog’liq bo’lib, paxtaning ishonchli saqlanishini ta’minlaydi. Namunalar tanlash paxta sifatini nazorat etishning dastlabki va eng mas’ul jarayoni xlsoblanadi. Paxta tayyorlov punktida respublika standarti 643-95 «Paxta. Namuna tanlash usullari» bo’yicha olib boriladi. Shuningdek, namuna tanlashga paxtani tushirish joylarida xam ruxsat etiladi. Namuna tanlash uchun odatda, doimiy usti yopiq ayvon jihozlanib, unda paxta namligi va iflosligini aniqlash uchun paxta namunalari solingan bankalarni quyosh nuri, chang va yog’ingarchilikdan saqlaydigan joy tanlanadi. Paxtaning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun keltirilgan paxta to’dasining turli joylaridagi istalgan nuqtalardan olingan namuna turkumi tuziladi.

    Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T.

    To’da deganda bitta selektsion sanoat navidan olingan sifati bo’yicha bir xil bo’lgan bitta transport nakladnoyi bilan rasmiylashtirilgan paxta miqdori tushuniladi. Har bir keltirilgan to’da nuqtalaridan namunalarni tayyorlov punktining klassifikatori paxta topshiruvchi ishtirokida paxta tortilguncha qo’lda tanlab oladi. Nuqtalardan namunalar tanlashga paxta tushirilgan joylarda ham ruxsat etiladi. Keltirilgan paxta to’dasining har ikki tonnasidan turli chuqurlikdagi kamida uch joydan xar biri 100—150 g miqdorida namuna tanlab olinadi.

    Paxtaning iflosligi va namligi tayyorlov punkti laboratoriyasida har bir xo’jalik (bo’linma yoki brigada) bo’yicha o’rtacha kunlik namunalarga qarab jamlangan to’dalar doirasida aniqlanadi. O’rtacha kunlik namuna bir kunda keltirilgan paxtadan yig’ilgan namunalar to’plamidan iborat. U quyidagicha tuziladi. Nuqtalardan olingan paxta namunalari namligi va iflosligini asboblar yordamida tekshirish uchun bitta kichik (bir kilogrammli) qopqog’i zich yopiladigan bankaga solinadi. Uning yorlig’ida topshiruvchi xo’jalikning nakladnoy nomeri, to’da nomeri, terim turlari, paxta navi ko’rsatiladi. Keyin kichiq bankalarga yig’ilgan nuqtalardan olingan paxta namunalari 6—8 kg sig’adigan katta bankalarga joylanadi (katta bankaning taxminiy xajmi balandligi 0,7 m, diametri 0,4 m). Katta bankaga xo’jalik, bo’linma, brigadalar, paxtaning selektsion va sanoat navi, terim turi va jamlanadigan to’da nomeri ko’rsatilgan yorliq yopishtiriladi [6].

    Qabul qilingan paxtani iflosligi va namligi bo’yicha tahlil qilishdan oldin har bir katta bankadan kichigiga 400—500 g dan namuna olinib, uni bir sutka davomida namlikni nazorat tekshiruvi uchun saqlanadi. Namunani sutka davomida saqlash vaqti namunaning nazorat qilinadigan kismi kichiq banka (namlikni aniqlash uchun) va qop yoki bankaga (ifloslikni aniqlash uchun) joylangan paytdan hisoblanadi. Namlik va ifloslikning kunlik tahlillaridan keyingi namuna qoldig’ini sifat hamda iflosligini nazorat tekshiruvi uchun qoldiriladi va qog’oz qoplarda saqlanadi. Namunali kichiq bankani imzolab, sana, xo’jalik, brigada, selektsion va sanoat navlari, jamlanadigan to’dalar ko’rsatilgan yorlik yopishtirib ko’yiladi. Bir sutkadan keyin nazorat namunalari tegishli to’dalarga qo’shiladi.

    Qabul qilingan paxtaning navi, namligi va ifloslanganligini aniqlash uchun namunalar tanlash va tahlillar 643-95, 592-92, 593-92, 644-95 (1, 2, 3, 4) raqamli respublika standartlari bo’yicha standart namunalarda tekshirilgan yoki «Uzdavstandart» ning metrologik xizmati attestatsiyasidan o’tkazilgan asboblarda olib boriladi. Namunalar tanlash, laborantlar ishi, laboratoriya asbob-uskunalarini paxta zavodining TNB boshligi nazorat kiladi.

    Tayyorlov punktining laboratoriyasi quyidagi asboblarga ega bo’lishi kerak: Uz-7m shkafi, USX-1 va VXS yoki VXS-M1 namlikni aniqlash asbobi, paxta ifloslanganligini aniqlash uchun LKM kurilmasi, LPS-4 tola navini aniqlash asbobi, PPV jin tola tozalagich, paxta uchun SXL-3 laboratoriya kuritgichi, mayda qadoq toshli texnik tarozilar, mikroskop, mikroskopga P-2 nurni qutblantiruvchi moslama eksikator, namunalar olish uchun bankalar (katta va kichiq), LPS-4 asbobida nazorat tekshiruvlarining ruxsat etiladigan farqlari paxta tolasi bo’yicha 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Agar bu ajrimlar orasidagi farqlar ruxsat etiladigan miqdordan oshib ketsa, unda ikkita qo’shimcha namuna LPS-4 da o’lchanadi va o’lchov natijalari bo’yicha o’rtacha qiymat hisoblanadi [3].

    Ikki namuna tahlilining natijalari orasidagi farq, ifloslikni nazorat tahlilida ifloslanganlik 10% gacha bo’lganda — 0,6% (mut.) dan oshmasligi, 10 foizdan yuqori bo’lganda esa 1,0% (mut.) dan oshmasligi kerak. Ikki namunani sinash natijalari orasidagi farqlar nazorat tahlillarida paxta namligi 10,0% gacha bo’lganda 0,5% dan oshmasligi va namligi 10% dan ko’proq bo’lganda 5,0% (nisb.) dan oshmasligi lozim. Agar dastlabki va nazorat tahlillarining natijalari orasidagi farqlar yuqorida ko’rsatilgan chegaralardan chiqmasa, unda dastlabki tahlil to’g’ri hisoblanadi.

    Namunalar tanlash to’g’riligini tekshirish, klassifikatorlar va laboratoriya tomonidan qabul qilinadigan paxtaning navi, ifloslanishi hamda namligini aniqlash uchun har kunlik laboratoriya tahlillari belgilanadi. Shu maqsadda qabul qilishdan keyingi kun tayyorlov punktida jamlanayotgan har bir to’dadan klassifikator ishtirokida bir kunda qabul qilingan paxtadan birlashgan paxta namunalari tanlanadi. Unga paxtaning selektsion va sanoat navlari, terim turi, namuna olingan to’da yoki g’aram nomeri ko’rsatilgan yorliq tirkaladi. Shundan so’ng mazkur namunalar bo’yicha laboratoriyada paxtaning namligi, iflosligi va navi asboblar yordamida aniqlanadi. Tahlil natijalari klassifikator uchun majburiydir. Ular bo’yicha klassifikator paxtani to’g’ri qabul qilish va jamlashni ta’minlash yuzasidan choralar ko’rishi shart. To’dani jamlash ma’lumotlari bo’yicha iflosligi va namligi ko’rsatkichlari, qabul qilishdagi ma’lumotlarga muvofiq kelishi kerak yoki yuqorida ko’rsatilgan ruxsat etiladigan chegaralarda og’ishlarga ega bo’lishi mumkin.

    Tayyorlov punktida qabul qilingan paxtaning sifatini baholash maqsadida har bir jamlangan paxta to’dasiga respublika standarti «Paxta. Namuna tanlash usullari» bo’yicha o’rta namuna tuziladi [6].


    2.5. CHIGITLI PAXTANI TASHISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH.

    2.5.1. Umumiy ma’lumotlar.

    Chigitli paxta xo’jaliklardan tayyorlov punktlariga maxsus avtomashinalarda yoki traktor pritseplarida qop-qanorsiz tashib keltiriladi.

    Paxta tayyorlash punktlarida quyidagi ishlar bajariladi: xo’jaliklar topshirayotgan chigitli paxta tarozida tortiladi; qop-qanorsiz qabul qilingan chigitli paxta ishlanadigan yoki saqlanadigan erga tushirilib g’aramlanadi; g’aramlarning yon tomonlari tekislanadi, usti brezent bilan yopiladi hamda tonnel va quduqlar qaziladi; chigitli paxta quritish-tozalash sexiga va sex ichida tashiladi; chigitli paxta avtomashina va traktor pritseplariga ortiladi; paxta tozalash zavodlaridan yoki temir yo’l vagonlarida qoplangan holda keltirilgan urug’lik chigitlar tushiriladi.

    Paxta tozalash zavodlarida quyidagi ishlar bajariladi: paxta tayyorlash punktlaridan keltirilgan chigitli paxta qabul qilib olinadi, ya’ni tarozida tolrtiladi, maydonga yoki omborga tushiriladi; chigitli paxta quritish-tozalash sexiga yoki zavodning asosiy sexlariga tashiladi; chigitli paxta va chigit sexlararo tashiladi; chigit texnologik jarayonda uzluksiz tortiladi va saqlanadigan joyga tashiladi; chigit avtomashinalarga va temir yo’l vagonlariga ortiladi; urug’lik chigit qoplanadi va ular saqlanadigan joyga tashiladi; o’luk va tolali chiqindilar sexlararo tashiladi; tola va momiq press yashigiga solinadi; tayyorlangan tola, momiq va tolali chiqindilartoylari yuk ortish maydoniga tashiladi, taxlanadi;

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    toylar temir yo’l vagonlariga ortiladi; arrali tsilindrlar jin sexiga, ishlangan arrali tsilindrlar esa arra sexiga tashiladi; tayyorlangan sim yoki tasma belbog’lar press sexiga tashiladi.

    Yuqoridagi keltirilgan ishlar asosan mexanizatsiyalashtirilgan bo’lib, ularni bajarishda har xil tashish vositalaridan foydalaniladi. Tashish vositalari pnevmatik va mexanik turlarga bo’linadi [4].
    2.5.2. Chigitli paxtani pnevmatik tashuvchi vositalarida tashish.

    Pnevmatik tashish vositalari paxta tozalash sanoatida juda keng tarqalgan bo’lib, chigitli paxta va tolani sexlararo va sex ichida tashishda ishlatiladi. Pnevmatik tashish vositalari havo so’rish va havo haydash usullarida ishlaydi. Havo so’rish tizimida ventilyator quvurdan havoni so’radi, shunda paxta havo bilan birga quvur ichida harakatlanadi.

    Havo haydash tizimida ventilyator havoni quvurga haydaydi va havo uzatilayotgan chigitli paxtani yoki chigitni o’zi bilan olib ketadi.

    Paxta tozalash sanoatida pnevmatik tashish vositalarining keng tarqalishiga asosiy sabab, bu usulda chigitli paxta yoki uning mahsuloti tashilganda nobud bo’lmaydi, bundan tashqari bu qurilma ixcham bo’lib, uning quvurlarini zavod yoki paxta tayyorlash punktlari hududida xohlagan yo’nalishda o’rnatish mumkin. Lekin pnevmatik tashish vositasi boshqa qurilmalarga nisbatan ko’proq energiya iste’mol qiladi. Odatda pnevmatik tashish vositasi paxta tozalash zavodining hamma sexlarida uzluksiz texnologik jarayonga ulangan bo’lib, uning me’yorida ishlashi paxta tozalash zavodi va quritish-tozalash sexining ish unumiga katta ta’sir qiladi.

    Chigitli paxta tashishda pnevmatik tashish vositasining uzunligi har xil bo’lib, o’rnatilgan ventilyatorning tipiga qarab 250 metrgacha bo’lishi mumkin. Shuningdek qurilmaning ish unumi ham har xil bo’lib, soatiga 12 tonna va undan ortiq bo’lishi mumkin [4].

    Paxta tozalash sanoatida odatda diametri 400, 420, 450 mm li quvurlardan va sexlararo pnevmatik tashish vositalarida ham quritish-tozalash sexlarida diametri 320-350 mm li quvurlardan foydalaniladi. Quvurlarning bir-biri bilan ulangan joylari va uzluksiz jarayonga ulangan boshqa quvurlar tizimi tashqi muhitdan jips yopiq bo’lishi shart [5].


    2.5.3. Chigitli paxta uchun mexanik tashish vositalari.

    Mexanik tashish vositalariga sexlarda o’rnatilgan vintli va tasmali konveyerlar hamda elevatorlar kiradi.

    Vintli konveyerlar paxtani jinlarga va tozalash mashinalariga taqsimlashda, avtomatik taroziga tashishda, quritish uskunalariga uzatishda, shuningdek quritilgan va tozalangan paxtani sexlardan tashib chiqishda ishlatiladi.

    Paxta tozalash sanoatida odatda ShX markali diametri 400 mm va qadami 300 mm li vintli konveyerlar qo’llaniladi (1-rasm). Chigitli paxta tashiydigan ShX markali vintli konveyer harakatlantirgich 1, shnek vinti 2, shaxta 3, osma tayanchlar 4, qopqoq 5, shnek qobig’i 6, qoldiq uchun tarnov 7 dan iborat.

    Vintli konveyer ayrim zvenolardan tuzilgan bo’lib, uning uzunligi batareyadagi mashinalar soniga va tashish uzoqligiga qarab olinadi.

    Vintni tarnov ichida shunday joylashtirish kerakki, vintuchi bilan nov devori o’rtasida 25-32 mm oraliq qolishi kerak [4].

    Vintning aylanish tezligi vintli konveyerning qaysi ish unumida ishlashiga qarab olinadi. Lekin 120 ayl/min dan oshmasligi shart.

    Vintli konveyerning ish unumi vint diametri, qadami, aylanish tezligi, chigitli paxtaning zichligi va tarnovning to’lishlik koeffitsientiga bog’liq. Konveyerning hajmiy unumi (m3/soat):




    1-rasm. SHX tipidagi paxta uchun vintli konveyer:

    1- harakatlantirgich; 2- shnek vinti; 3- shaxta; 4- tayanchlar;

    5- qopqoq; 6- shnek qobig’i; 7- qoldiq uchun tarnov.

    Massa bo’yicha ish unumi (kg/soat):
    bu yerda: – vint diametri, m; - vint qadami, m; – vintning aylanish tezligi, ayl/min; - tarnovning to’lish koeffitsienti, - chigitli paxtaning zichligi.

    O’rta tolali chigitli raxta uchun ingichka tolali paxta uchun esa ga teng [6]. Agar vintli konveyer qiya o’rnatilgan bo’lsa, tarnovning chigitli paxtaga to’lishi kamayadi, shuning uchun ish unumi formulasi C koeffitsientga ko’paytiriladi. Konveyerning gorizontal qiyalik burchagi ga qarab C ning qiymati quyidagicha olinadi.






    00

    50

    100

    150

    200

    C

    1,0

    0,9

    0,8

    0,7

    0,65

    Gorizontal konveyerning vintini harakatlantirish uchun elektromotor quvvati quyidagi formula bilan hisoblanadi (kVt):
    Konveyer qiya o’rnatilgan bo’lsa, quvvat quyidagi formula bilan hisoblanadi (kVt):
    bu yerda: – konveyerning ish unumi, t/soat; – konveyer uzunligi, m; - harakatlantiruvchi uskunaning foydali ish koeffitsienti, - erkin tushish tezlanishi; - chigitli paxtaning tarnovda surishga qarshiligi. Chigitli paxta uchun - konveyerning qiyalik burchagi [5].

    Vintli konveyer taqsimlagich sifatida ishlasa, har bir jin yoki tozalash mashinasidan keyin konveyerning ish unumi kamaya boradi. Bu sarf qilinadigan quvvat (kVt):


    bu yerda: - konveyerni har bir uchastkadagi ish unumi, t/soat; – ish unumi o’lchangan uchastka uzunligi, m;

    EX-15 markali paxta elevatori paxta tozalash zavodida va paxta tayyorlash punktlarining quritish-tozalash va tozalash sexlariga o’rnatiladi. 2-rasmda EX-15 elevatorining sxematik ko’rinishi keltirilgan [6].

    Elevatorning asosiy ish organlari eni 500 mm li rezinalangan tasma 1 va unga har 600 mm da o’rnatilib, maxkamlangan kovsh 2 lardan iborat.

    Tasma diametri 630 mm dan iborat bo’lgan yuqorigi yetakchi 3 va pastki taranglovchi 4 barabanlarga kiydirilgan [4].

    Elevator korpusi metall g’ilof ko’rinishida yasalgan bo’lib, u yuqorigi kallak 5, o’rta qismdagi qutilar sektsiyasi 6 va pastki qismi (boshmoq) 7 dan iborat.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Tasma elektromotor 8 dan, reduktor 10 va ponasimon tasmali uzatma 9 orqali 1,9 m/sek tezlikda harakatlanadi.

    Elevatorning balandligi joyiga qarab har xil bo’ladi. G’ilofning o’rta qismi 1,7-2 metrli sektsiyalardan iborat bo’lib, xohlagan balandlikda yig’ish mumkin. Chigitli paxta elevatorining yuklash quvuri 11 ga yassi kurak 12 bilan solinadi. Chigitli paxta elevatordan uning yuqori qismiga o’rnatilgan tarnov 13 orqali chiqariladi.

    Elevatorning ish unumi (t/soat)
    formula yordamida topiladi.

    bu yerda: - kovsh hajmi, m3; a – kovshlar orasidagi oraliq, m; – kovshlarni chigitli paxta bilan to’lish koeffitsienti, – chigitli paxtaning zichligi, ; o’rta tolali chigitli paxta uchun - tasmaning harakatlanish tezligi, m/sek,


    bu yerda: – yetakchi barabanning aylanish chastotasi, ayl/min; – baraban diametri, m.

    Elevatorning ish unumi, odatda 12-15 t/soat qilib olinadi. Elevator kovshlarining hajmi (m3) elevatorning ish unumiga qarab olinadi, ya’ni:




    2-rasm. Chigitli paxta uchun EX-15 markali elevatori:

    1- tasma; 2 – kovsh (cho’mich); 3,4 – yiritish va taranglash barabanlari; 5,6,7- elevator korpusining ustki kallagi, o’rta sektsiyasi va pastki qismi; 8 – elektr yuritma; 9 - kontryuritma; 10- reduktor; 11 – vintli konveyer; 12 – kurak; 13 – bo’shatish qisqa quvuri.

    Paxta elevatori uchun . Kovshlar qadami quyidagi tenglamadan olinadi:


    Yetakchi barabanga beriladigan quvvat (kVt):
    bu yerda: - konveyerning ish unumi, t/soat; - chigitli paxtani ko’tarish balandligi, m; - chigitli paxta zichligi, kg/m3; - harakatlantirish mexanizmini foydali ish koeffitsienti, ga tengdir; k – elevatorning salt harakat qilishda quvvat sarfini hisobga oluvchi koeffitsient. Konveyerning ish unumi 20 t/soat bo’lganda k = 1,15; 20-40 t/soat bo’lganda k = 1,5.
    2.5.4. Paxta tozalash zavodlarida chigitlarni tashishga mo’ljallangan qurilma.

    Vintli konveyerlar linterlarga chigitni taqsimlab berish, jinlashdan va linterlashdan chiqqan chigitlarni tashish, shuningdek tolali chiqindilarni tashishda vintli konveyyerdan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash usuli jihatidan chigitli paxta tashishda qo’llaniladigan konveyerlarga o’xshaydi. Vintli konveyer sxemasi 3-rasmda keltirilgan.

    Vintli konveyer metall tarnov 1, chetki podshipnik 3 va oraliq podshipnik 4 larda aylanuvchi vint 2, elektromotor 5, reduktor 6, ochiq tarnov 7 va qopqoq 8 dan iborat.

    Tarnov 1 qalinligi 3-4 mm li tunukadan yasalgan bo’lib, har qaysisining uzunligi 3,5 metrgacha bo’lgan bir xil bo’lakchalardan yig’iladi. Tarnovning usti qopqlq bilan berkitiladi, shu tufayli qopqoq ichidan chang chiqmaydi. Konveyer vinti ham uzunligi 3,5 metrli bo’laklardan tuziladi.

    Paxta tozalash sanoatida chigit tashish uchun diametri 300 mm va qadami 225 mm bo’lgan himda ish unumiga qarab 80-120 ayl/min chastota bilan aylanuvchi vintli konveyerlar qo’llaniladi. Vint harakatni elektromotordan tishli g’ildirak yoki chervyakli reduktorlar vositasida yuklash tomonidan oladi. Tarnovning ichki diametri vint qanoti diametridan bir oz katta bo’lib, u harakatlanayotganda tarnov devori bilan vint qanoti qirrasi orasida 9-15 mm li tirqish qolishi kerak [4].

    Vintli konveyerlarni chigit tashish masofasi 20 metrdan ortiq bo’lgan erlarga o’rnatish tavsiya qilinmaydi.

    O’rnatilgan joyi va bajariladigan vasifasiga qarab vintli konveyerlarning har xil markalari ishlab chiqariladi.

    Vintli konveyerlarning ish unumi quyidagi formuladan topiladi:


    bu yerda: D – vint diametri; - vint qadami, – vintning aylanish chastotasi, - chigitni vintli konveyyerda tashishda ko’rsatadigan umumiy qarshiligi, chigit uchun tozalash mashinalarida ajraladigan iflosliklar uchun - to’lish koeffitsienti, chigit uchun iflosliklar uchun - tashiladigan material zichligi, kg/m3, o’rta tolali paxta chigiti uchun uzun tolali paxta chigiti uchun tozalash mashinalarida ajraladigan iflosliklar uchun o’luk uchun .

    Talab etiladigan quvvat (kVt):


    bu yerda: - konveyer uzunligi, m; - uzatmaning foydali ish koeffitsienti; - konveyerning ish unumi, t/soat; - umumiy qarshilik.

    3-rasm. Linter batareyalaridan chigitni olib ketadigan vintli konveyer sxemasi. 1 - metall tarnov; 2 - vint; 3,4 - podshipniklar; 5 - elektr yuritma; 6 - reduktor; 7 - nov.

    2.5.5. ES-14 markali kovshli elevator.

    ES-14 markali kovshli elevator chigitni veritkal yo’nalishda tashishda ishlatiladi. 4-rasmda sanoatda keng qo’llaniladigan ES-14 kovshli elevator sxemasi keltirilgan.

    Elevatorning asosiy ish organi tasma 1 bo’lib, unga shaxmat tartibida ikki qator kovsh maxkamlanadi. Tasma diametri 500 mm li yuqorigi yetakchi 3 va pastki taranglovchi 4 barabanlarga kiygizilgan. Elevator g’ilofi yuqorigi kallak 5, qutilar 6 va pastki boshmoq 7 dan iborat. Yetakchi baraban harakatni elektromotor 8 dan kontryuritma 9 va bir juft tishli g’ildiraklar 10 orqali oladi.

    4-rasm. ES-14 markali chigit elevatori:

    1- boshmoq; 2-quvur; 3- kallak; 4- elektr yuritma; 5- cho’mich;

    6- tasma; 7- taranglash moslamasi; 8,9- kallak.
    Tasma tezligi 1,5 m/sek atrofida bo’lib, tasmaning kengligi 350 mm bo’ladi. Elevatorning ish unumi, talab etiladigan quvvati chigitli paxta uchun qo’llaniladigan EX-15 markali elevatorga o’xshab topiladi. Cho’michli elevatorning ish unumi 14 t/soatgacha bo’lishi mumkin. Talab qilinadigan quvvat elevatorning balandligiga bog’liqdir. Har bir kovsh hajmi 2,5 l ni tashkil etib, uning to’lish koeffitsienti chigit uchun , tozalagichlar chiqindisi uchun ga teng qilib olinadi. Tasmaning har bir metr masofasiga 7 ta cho’mich joylashtiriladi. Paxta tozalash zavodlarining ba’zi uchastkalarida changlar va boshqa shunga o’xshash materiallarni tashishda ELG va ELM markali cho’nqir va tekis kovshli elevatorlar ham qo’llaniladi.
    2.6. CHIGITLI PAXTA TAYYORLASH PUNKTLARI VA PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA CHIGITLI PAXTANI TASHISH VOSITALARI.

    2.6.1. Chigitli paxtani tashish vositalari.

    Paxta etishtiradigan xo’jaliklardan paxta tayyorlov punktlariga qop-qanorsiz 2PTS-4-793 va 2PTS-4-793A-01 turlaridagi traktor tirkamasida etkazib beriladi. Paxta tayyorlov punktlaridan paxta zavodlarga asosan TMZ-879 va TMZ-879-01 rusumli avtopoezdlarda, shuningdek, traktor shataklarida tashiladi.

    Texnik chigit yog’-moy zavodlariga qop-qanorsiz: 50 va 60 t yuk ko’taradigan 106 va 120 m3 sig’imli yuk ortiladigan usti yopiq temiryul vagonlarida, shuningdek, avtomobil transportida qo’shimcha TMZ-879 rusumli avtopoezdlarda va favquloddagi hollarda 2PTS-4-793, 2PTS-4-794A-01, 2PTS-4-793A-03 turlaridagi traktor shataklarida tashiladi.

    Paxta tozalash va yog’-moy zavodlari yonma-yon joylashsa, chigit uzluksiz transport vositalarida, asosan, vintli konveyerlarda tashiladi.

    Qoplarga joylashtirilgan urug’lik chigit paxta tozalash zavodlaridan tayyorlov punktlariga avtomobil transportida keltiriladi. Paxta tolasi, momiq va tolali chiqindilarning toylari usti berk temiryul vagonlarida tashiladi. Kirish uchun temiryullari bo’lmagan paxta tozalash zavodlaridan jo’natish bekatigacha, ayrim hollarda esa belgilangan joygacha toylar avtotransport bilan tashiladi.
    2.6.2. 2PTS-4-793 turidagi ikki o’qli transport tirkamasi

    Ikki o’qli transport tirkamasi (5-rasm) ag’darma ochiladigan asosiy va ulama bortli platformaga ega bo’lib, paxtani, shuningdek, turli xo’jalik yuklarini har xil yullarda va dala sharoitlarida tashish uchun mo’ljallangan (Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladi).

    G’ildirakli traktor tirkamaga shatakchi bo’lib xizmat kiladi. Asosiy shatakchi traktor sifatida universal MTZ traktorlari ishlatiladi.

    5-rasm. 2PTS-4-793 turidagi ikki o’qli traktor tirkamasi:

    1— ag’darma bort; 2— aravacha; 3— orqa o’q; 4-gidravlik ko’targich; 5— burilish mexanizmi; 6— oldingi o’q; 7shoti.

    2.6.3. RS-30TS13AS avtomobil tarozilari

    RS-30TS13AS rusumli avtomobil tarozisi (6-rasm) tayyorlov punkti va paxta zavodlaridan avtomobil vositalarida tashib keltiriladigan paxta va paxta mahsulotlarini (tayyorlovchi zavod «Armalit», Armavir sh.) tortish uchun mo’ljallangan.



    6-rasm. RS-30TS13AS markali avtomobil tarozisi:

    1-yuk tirkash mexanizmi; 2- ko’rsatuv qismi; 3- poydevor; 4- tarozibon xonasi.
    1   2   3   4   5   6


    Download 324.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

    Download 324.33 Kb.