• 2.7.1. Ko’chib ishlaydigan tasmali transportyorlar.
  • TLX-18 markali tasmali transportyorning texnik xarakteristikasi
  • 2.7.2. KLP-650 tasmali kuchma konveyer
  • KLP-650 konveyerining texnik xarakteristikasi
  • 2.7.3. PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi.
  • PLA markali ta’minlash qurilmasining texnik xarakteristikasi
  • 9-rasm. PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasining kinematik s xemasi . 2.8.
  • 2.9. Tasmali transportyorlarning ish unumi va talab etadigan quvvatini aniqlash.
  • 2.10. Vintli konveyerlarni hisoblash.
  • 3.1. Kirish. Korxona atrof muhitini muhofazalash Hayot faoliyati xavfsizligi
  • 3.2. Korxonalarda atrof - muhitining meterologik sharoitlari.
  • 3.3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari.
  • Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi




    Download 324.33 Kb.
    bet4/6
    Sana24.03.2017
    Hajmi324.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6

    2.7. Paxtani transport kuzovidan qabul qilish va uni

    g’aram hamda omborlarga uzatishda ishlatiladigan

    mexanizatsiya vositalari

    Paxta tozalash sanoatining tayyorlov tarmog’ida (zavod qoshidagi va zavoddan tashqaridagi tayyorlov punktlari) paxtani uzoq vaqt saqlashning ikki usuli — ochiq g’aramda va usti berk binolarda (ombor) hamda ayvonlarda saqlash keng yoyilgan.

    Paxta ochiq saqlanganda 25x14m va 22x11m o’lchamdagi g’aram maydonchalariga joylanadi. Qo’lda joylanadigan paxta g’aramining o’rtacha vazni 250—300 tonnani, eng ko’pi bilan 600 tonnani tashkil qiladi.

    Paxtani yopiq saqlash tezkor omborlarda yoki paxta uzoq vaqt saqlanadigan (mexanizatsiyalashtirilmagan) ombor va ayvonlarda amalga oshiriladi.

    Paxta ochiq saqlanadigan joylar turg’un mexanizatsiya vositalari bilan paxta yopiq saqlanadigan joylar esa qabul qilish kurilmasi va transportyorlarni o’z ichiga oladigan ko’chma mexanizmlar kompleksi bilan jihozlanadi. Keyingisidan asosan paxtani qabul qilishda va uni g’aram maydonchalariga uzatishda foydalaniladi[14].
    2.7.1. Ko’chib ishlaydigan tasmali transportyorlar.

    Qop-qanorsiz tashib keltirilgan paxta asosan TLX-18 va TL markali transportyorlarda g’aramga uzatiladi. Bu transportyordan mexanizatsiyalanmagan omborlarga chigitli paxtani joylash uchun ham foydalaniladi. Lekin bahzan paxta tozalash zavodlarida TPLG2, TPL-10, TLX-15 markali transportyorlar ham ishlatiladi.

    TLX-18 markali tasmali ko’chma paxta transportyori odatda, PLA, XPP va boshqa markali ko’chma-uzatuvchi mexanizmlar to’plamida ishlaydi.
    TLX-18 markali tasmali transportyorning texnik xarakteristikasi
    Ish unumi, t/soat................................................................ 20-24

    Strelkaning yerdan baland ko’tarilishi, mm:

    maksimum.................................................................... 12125

    minimum..................................................................... 5000

    Tasmaning tezligi, m/sek.................................................... 2,9

    Tasmaning eni, mm.............................................................. 600

    Aravachaning eni, mm........................................................... 6000

    Tasmani harakatlantiruvchi elektromotor:

    tipi........................................................................ AO2-51-4

    quvvati, kVt................................................................. 7,5

    aylanish chastotasi, ayl/min......................................... 1460

    Strelkani ko’tarish mexanizmini

    harakatlantiruvchi elektromotor:

    tipi........................................................................ AO2-32-6

    quvvati, kVt................................................................. 2,2

    aylanish chastotasi, ayl/min......................................... 350

    Transportyor massasi........................................................... 2200
    2.7.2. KLP-650 tasmali kuchma konveyer

    Konveyer (7-rasm) zavoddan tashqaridagi tayyorlov punxtlari-da PLA, XPP va boshqa turlardagi qabul qilish, uzatish kurilma-lari kompleksida ishlaydi. TLX-18 transportyori singari kuyi kis-mida xarakatlantirgich stantsiyasi bilan jixozlangan bo’lib, u transport tasmasining avtomatik ravishda taranglashuvini ta’minlaydi [13].




    7-rasm. KLP-650 tasmali ko’chma konveyer:

    1-harakatlantiruvchi baraban; 2-konveyer ramasi; 3-voronka; 4-tasma; 5-aylanib o’tuvchi baraban; 6-ko’targich; 7- arava; 8-boshqarish shkafi.

    KLP-650 konveyerining texnik xarakteristikasi



    Unumdorligi, kg/soat

    38000

    tashish uzunligi, m

    19

    tashish balandligi, m

    5,0 dan 12,5 gacha

    Tasmaning xarakat tezligi, m/s

    4,7

    Tasmaning eni, mm

    650

    O’rnatilgan kuvvat, kVt

    9,7

    Xajm o’lchamlari, mm:







    ish xolatida yuk tashish xolatida

    Uzunligi

    15000-19000 19000

    Eni

    4960 3220

    Balandligi

    13000 gacha 5200

    Vazni, kg

    3200

    Konveyer va u bilan bog’langan mexanizmlarda ish boshlanishidan oldin o’chirgichlarning ishi, konveyer tasmalarining taranglashuvi, podshipnik va reduktorlar moylanishi tekshiriladi.

    Konveyer bir g’aram maydonchasidan boshqasiga ko’chirilganda:


    • konveyerni maydoncha oldidan g’ildiratib surish kerak;

    • strelani tushirish kerak.


    2.7.3. PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi.

    PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi o’zi ag’daruvchi avtopoezd va traktor tirkamalarida qop-qanorsiz keltirilgan chigitli paxtani qabul qilib, transportyorlarga uzatadi. 8-rasmda va bitiruv malakaviy ishining grafik qismida PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi ko’rsatilgan.

    Ta’minlash qurilmasi quyidagi asosiy qismlardan: ikki tasmali gorizontal transportyor 1, rama 3 ga maxkamlangan qoziqchali elevator 2 va g’ildirak 4, 5 li aravachalardan iborat. Ramaning yon balkalariga qo’zg’almas 6 va tushiriladigan 7 bortlar mahkamlangan. G’ildirak 4, quti 9, konsol 8 vositasida buriladigan qilib mahkamlangan. Bu esa ta’minlash qurilmasini shatakka olib, oson tortish imkonini beradi. Qoziqchali elevator 2 tunukadan yasalgan muofaza bortlar 10 bilan o’ralgan. Elevator yuk bo’shatish tomonidan quti 12 li g’ilof 11 bilan berkitilgan. Quti 12 chigitli paxtani tasmali transportyorning voronkasiga to’g’ri yo’naltiradi.

    Ta’minlagich tashigichining ish unumi (t/soat) quyidagi formula bilan topiladi


    bu yerda - gorizontal tasmada tashilayotgan chigitli paxta qatlamining qalinligi, m; - transportyorda tashilayotgan chigitli paxta qatlamining eni, m; - tashilayotgan chigitli paxta zichligi, m/s; - tasma ustidagi paxtaning zichligi, t/m3.

    Qiya elevatorning ish unumi quyidagi formuladan topiladi:


    bu yerda - qoziqlar bilan ilib olingan paxta prizmasi qirqimi yuzasi, m2; – qiya elevator tasmasining tezligi, m/s; - qoziqlar qatorining qadami, m.

    PLA markali ta’minlash qurilmasining texnik xarakteristikasi

    Unumdorligi,tonna/soat....................................................40 t gacha Tezligi,m/s:

    transportyor tasmasining.................................. 0,047

    elevator tasmasining........................................ 2,22

    Eni, mm

    transportyor tasmasining.................................. 600

    elevator tasmasining........................................ 1400

    Massasi, kg..........................................................................2075

    Elektromotor:

    tipi............................................................... AO2-32-4

    quvvati, kVt................................................... 3,0

    aylanish chastotasi......................................... 1430





    8-rasm. PLA markali tasmali ta'minlagich kesimining sxemasi:

    1- gorizontal transportyor; 2- qoziqli elevator; 3- uch g'ildirakli rama; 4- g'ildirak; 5- g'ildirak; 6- qo'zg'almas bort; 7- ko'tarma bort; 8 - konsol; 9 - ko'tarish qutisi; 10 - bort; 11 - qoplama; 12 - quti; 13,14 - yuritma barabanlari.


    9-rasm. PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasining kinematik

    sxemasi.

    2.8. Takomillashtirilgan ta’minlash qurilmasining konstruktsiyasi va ishlash printsipi.

    Hozirgi vaqtda texnologik mashina va qurilmalarni, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish, kam metall va material sarflagan holda yuqori ish unumdorligi va samaradorligiga ega bo’lgan mashinalarni yaratish dolzarb vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.

    Ushbu bitiruv-malakaviy ishini bajarish davomida chigitli paxtani dastlabki ishlash korxonalarida qo’llaniladigan paxtani saqlashga tayyorlash qurilmalarining konstruktsiyalari o’rganib chiqildi va PLA markali ta’minlash qurilmasining takomillashtirilgan konstruktsiyasi taklif qilindi.

    Takomillashtirilgan chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasi sig’im 1 (takomillashtirilgan qurilmaning sxemasi bitiruv-malakaviy ishining grafik qismida keltirilgan), yuritma 4, konsol 5, g’ildirak 6, g’ildirak 11 lardan tashkil topgan bo’lib, mavjud PLA markali ta’minlash qurilmasidan shunisi bilan farqlanadiki, unda ikki tasmali gorizontal transportyor o’rnida qoziq 3 larga ega bo’lgan ikki qator qoziqli shnek 2 o’rnatilgan.

    Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining taklif etilgan konstruktsiyasi quyidagi tartibda ishlaydi. Dalalardan yig’ib-terib olinib, tayyorlov punktlari yoki paxta tozalash zavodlariga keltirilgan chigitli paxta laboratoriya tekshiruvidan o’tkazilgach, tarozida tortiladi va g’aramlash uchun keltiriladi.

    Tirkamadan chigitli paxtani ta’minlash qurilmasiga uning orqa yon tomonidan asta-sekin ag’dariladi. Taklif etilgan ta’minlash qurilmasida tasma o’rnida ikki qatorda gorizontal ravishda qoziqli shneklar o’rnatilgan bo’lib, iflosliklarning tushib ketishi uchun ularning ostida to’rli sirt loyihalangan. Qoziqli shneklar soat mili yo’nalishida aylanma harakat qiladi. Ta’minlash qurilmasiga ag’darilgan chigitli paxta shneklarning qoziqlari yordamida titkilanadi va ulardan ajralib chiqqan iflos aralashmalar to’rli sirt orqali pastga tushadi. Chigitli paxta shnek bo’ylab surilib, qiya elevator 10 ga borib tushadi va uning cho’tkalari yordamida g’aramlash uchun navbatdagi tashish qurilmasiga uzatiladi.

    Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining konstruktsiyasini takomillashtirishdan maqsad, g’aramlangan chigitli paxtada turli xildagi nuqsonlar paydo bo’lishining oldini olish hamda toza va sifatli saqlashdir. Chigitli paxta turli xildagi iflos aralashmalardan ajratilib, ma’lum darajada tozalangan holda g’aramlanishi uning xossalarini buzmasdan sifatli saqlanishiga ko’maklashadi va navbatdagi ishlov berish jarayonlarini ham osonlashtiradi.
    2.9. Tasmali transportyorlarning ish unumi va talab etadigan quvvatini aniqlash.

    Tasmali transportyorlarning ish unumi quyidagi formuladan topiladi (t/soat):


    bu yerda - uzunlik birligidagi paxta massasi, kg/m;

    - tasmaning ishlash tezligi, m/sek.

    Tasmada uzluksiz paxta va chigit tashilganda uning ish unumini quyidagi formula yordamida ham topish mumkin:
    bu yerda – tasmada tashilayotgan chigitli paxta yoki chigitning qirqim yuzasi, m2;

    - tashilayotgan chigitli paxta yoki chigitning zichligi, kg3.

    ning qiymati tasmaning eniga, uning holatiga (yassi yoki nov shaklida), tasmaning qanday burchak bilan qiya turish va materialning tasmaga qanday ortilishi hamda tasmaning to’lib turishiga bog’liqdir.

    Agar deb olinsa, - tasmaga to’liq yuk ortish koeffitsienti, chigitli paxta va chigit tashishda yassi yon bortlari bo’lgan tasmalar uchun yoki bortlari bo’lmagan yassi tasmalar uchun , novsimon tasmalar uchun esa ; - tasma eni, m.

    Tasmali transportyorlarda yuk tashish ish unumi (t/soat) quyidagicha bo’ladi:
    O’rta tolali paxta uchun ; ingichka tolali paxta uchun .

    Tirkamalar kuzovini tasmali transportyor yordamida paxtaga to’ldirishga ketadigan vaqt (s) quyidagicha topiladi


    bu yerda - yuklangan paxtaning umumiy massasi, kg.

    Tasmaning eni berilgan ish unumi va ruxsat etilgan tezligiga nisbatan aniqlanadi:


    Odatda paxta tozalash sanoatida eni 500 va 600 mm li tasmalar ishlatiladi va ularning harakat tezligi atrofida tanlanadi.

    Tasmali transportyorni harakatlantirishga sarf bo’ladigan quvvat uch xil: transportyorning salt ishlashida sarflanadigan quvvat , gorizontal yo’nalishda yuk tashishida sarf bo’ladigan quvvat va yukni yuqoriga ko’tarishda sarflanadigan quvvat lar yig’indisidan iborat.

    Bu quvvatlar quyidagi formulalar bilan aniqlanadi (kVt):

    bu yerda - tasma tezligi, m/sek; - yukni uzatish masofasi (transportyorning gorizontal proektsiyasi), m; - tasmaning eniga nisbatan olinadigan koeffitsient, eni 600 mm li tasmalar uchun ; - mutunosiblik koeffitsienti, tasmali transportyorlar uchun qabul qilinadi.

    Transportyorning yetakchi barabani valiga yuk tashishda sarf bo’ladigan quvvat
    bu yerda - tasma uzunligiga qarab qo’shimcha qarshilikni hisobga oluvchi koeffitsient; konveyer uzunligi 15 m bo’lsa, va 15 dan 40 metrgacha bo’lsa, ga tengdir.

    Agar tasmali konveyer oxirida tushirgich o’rnatilgan bo’lsa, unga sarflanadigan quvvat (kVt) quyidagicha bo’ladi


    Umumiy quvvat (kVt):
    Elektromotor quvvati
    bu yerda - o’rnatilgan quvvat koeffitsienti;

    - yurish mexanizmlarining F.I.K.;



    2.10. Vintli konveyerlarni hisoblash.
    Bitiruv-malakaviy ishini bajarishda yangi konstruktsiyasi taklif etilgan chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining asosiy ishchi organlaridan biri bo’lib hisoblanadigan qoziqli shnek vintsimon harakatlanishi tufayli, uning ba’zi ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini ko’rib chiqamiz.

    Tarnovdagi material qatlamining ko’ndalang kesim yuzasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


    bunda - vint diametri, m;

    - vint ko’ndalang kesimining material bilan to’lish koeffitsienti; odatda, tashilayotgan material turiga qarab qabul qilinadi; mayda bo’lakli materiallar uchun

    - konveyer qiya o’rnatilganda to’lishning kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, .

    Konveyyerda tashilayotgan yukning tezligi quyidagicha aniqlanadi:


    - qiya konveyer vintining qadami gorizontalnikiga nisbatan kichik; qiya konveyerlarga tavsiya qilinadigan qadam ga teng; bunda - vint qadami, mm; - vintning aylanishlar soni, ayl/min.

    Vintli konveyerning ish unumdorligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


    , (3)

    (t/soat)

    bunda - tashilayotgan material zichligi, kg/m3.

    Agar berilgan ish unumdorligi bo’yicha vint diametri ni aniqlash kerak bo’lsa, u holda oldindan hisobiy koeffitsientlarning qiymatlari mos ravishda , qilib olinadi va agar deb qabul qilinsa, unda
    Agar bo’lsa, hisoblangan ning qiymati yuk turiga qarab quyidagi ifoda orqali tekshiriladi, ya’ni

    - saralangan yuk uchun;

    - oddiy yuklar uchun;

    - o’rtacha bo’lakli yukning chiziqli o’lchami.

    ning qiymati Davlat standarti 2037-75 dan yaqin qiymatiga yaxlitlanib olinadi. Gorizontal vintli konveyerning quvvati quyidagicha aniqlanadi:

    Qiya yo’nalishli konveyer uchun


    bunda - empirik usulda aniqlanadigan qarshilik koeffitsienti.

    Vint validagi burovchi moment


    Vintga ta’sir etuvchi eng katta yo’nalgan kuch
    bunda - radius, ya’ni vintga qo’yilgan yukning ishqalanish kuchi;

    - vint qadamiga bog’liq bo’lgan, vint chizig’ining ko’tarilish burchagi; - vint ustidagi yukning keltirilgan ishqalanish burchagi, , - vint ustidagi yukning keltirilgan ishqalanish koeffitsienti.

    Val bo’ynining diametri:
    Tayanchli podshipniklar o’rnatiladigan valning o’rta diametri

    Podshipniklararo qadam ruxsat etilgan solqilik bo’yicha aniqlanadi va uni quyidagi formuladan aniqlash mumkin:


    O’q bo’ylab yo’nalgan kuch quyidagicha aniqlanadi:
    , bunda
    bunda

    3.1. Kirish. Korxona atrof muhitini muhofazalash

    Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan xolda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimini tushunamiz. Hayot faoliyati xavfsizligi har qanday yo’nalish buyicha o’zini izlanish ob’ektiga maqsad va vazifasiga hamda metodologik yo’liga bog’liq. Xavfsizlik deganda biz inson hayot faoliyati davomida mavjud bo’lgan salbiy omillarni ta’sir extimolini ma’lum darajada yoki butkul bartaraf qilinganini tushunamiz.

    Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar har turli qirralari bilan ko’rinish berib kelgan. Masalan, o’rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida isinish uchun va boshqa maqsadalar uchun tosh ko’mirdan foydalanish boshlangan kezlarda bu shaharlar tutunning ko’payib ketishi natijasida odamlar tutunga qarshi kurash e’lon qilgani haqida ma’lumot bor.

    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

    Tabiatni muhofaza qilishga huquqiy yondoshishning umumiy printsiplari barcha davlatlarni bir vaqtda va tabiatni saqlashning oqilona qonunchiligiga ega bo’lishini taqoza etadi. Shu sababli har bir mamlakatda tabiatni, ekologik muhitni buzish orqali odamlar sogligiga etkazilgan zararlar uchun tovon to’lash bo’yicha va boshqa qonunlar qabul qilinishi zarur. Bu qonun jismoniy shaxslar uchun ham, xo’jalik faoliyati yurituvchi istalgan shakldagi sub’ektga ham bir xil darajada ta’sir etishi lozim.

    Ekologik masalalarni echimini amalga oshirilishi maxsus davlat organlariga va aholisining faoliyatiga ham bog’liq bo’ladi.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Bunday faoliyatni maqsadi – tabiiy imkoniyatlardan ratsional foydalanish, atrof-muhitni ifloslantirilishiga barham berish, mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o’qitish va tarbiyalash hisoblanadi.

    Tevarak atrof, tabiiy-muhitini huquqiy jihatdan muhofazalash deganda muhofaza ob’ekti va uni ta’minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me’yoriy aktlarni tayyorlash asoslash va amalda qo’llash tushuniladi. Bu tadbirlar jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.

    Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish murakkab va ko’p rejali muammolardir. Bu muammolarni echimlari inson va tabiatni o’zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma’lum qonuniyatlarga, yo’riqnomaga va qoidalarga bo’ysunishi bilan bog’liqdir. Bizning mamlakatimizda bunday sistema qonunchilik tartibida o’rnatilgan [10].


    3.2. Korxonalarda atrof - muhitining meterologik

    sharoitlari.

    Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi bir qismi aniq issiqlik bino havosini qizishiga sababchi bo’ladi.

    Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, yengillashadi va yuqoriga ko’tariladi, uning o’rnini esa undan sal og’irroq sovuq havo egallaydi, o’z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko’tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo’lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo issib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma eridagi havo isiydi.

    Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa yoki qaynatiladigan bo’lsa va ulardan chiqadigan bug’ tepaga to’siqsiz ko’tarilib ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin. Bunday havoning qo’shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo’ladi yoki tamoman yo’qoladi [10].



    3.3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari.

    Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.

    Og’ir jismoniy ishlar (111 kategoriya)-muntazam jismoniy zo’riqish xususan og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J.S) dan yuqori bo’ladi. Bunday ishlar temirchilik,kuyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi [12].

    Temirchilik - 1) temirni bolgʻalab turli buyumlar (ketmon, oʻroq, tesha va boshqalar) yasash kasbi. T. kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlarida paydo boʻlgan. Mil. av. 3-4ming yillikda Eron, Mesopotamiya, Misrda temirni sovuklayin va qizdirib bolgʻalab, turli xil aslahalar, mehnat qurollari va boshqa buyumlar yasalgani maʼlum.

    Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiklik holatini saqlashini ta’minlaydigan miqroiqlim ko’rsatgichlarining yiqindisi tushunilib,ular issiqlik sezish mo’’tadilligini vujudga keltiradiva ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o’zgarishlarini,fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisidir. Bunda sog’liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi,biroq nomo’’tadil issiqlik sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 1,2,3 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir [10].


    1   2   3   4   5   6


    Download 324.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

    Download 324.33 Kb.