Chigitli paxta uchun mexanik tashish vositalari




Download 0.94 Mb.
bet10/44
Sana24.03.2017
Hajmi0.94 Mb.
#1632
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
2.5.3. Chigitli paxta uchun mexanik tashish vositalari.

Mexanik tashish vositalariga sexlarda o’rnatilgan vintli va tasmali konveyerlar hamda elevatorlar kiradi.

Vintli konveyerlar paxtani jinlarga va tozalash mashinalariga taqsimlashda, avtomatik taroziga tashishda, quritish uskunalariga uzatishda, shuningdek quritilgan va tozalangan paxtani sexlardan tashib chiqishda ishlatiladi.

Paxta tozalash sanoatida odatda ShX markali diametri 400 mm va qadami 300 mm li vintli konveyerlar qo’llaniladi (1-rasm). Chigitli paxta tashiydigan ShX markali vintli konveyer harakatlantirgich 1, shnek vinti 2, shaxta 3, osma tayanchlar 4, qopqoq 5, shnek qobig’i 6, qoldiq uchun tarnov 7 dan iborat.

Vintli konveyer ayrim zvenolardan tuzilgan bo’lib, uning uzunligi batareyadagi mashinalar soniga va tashish uzoqligiga qarab olinadi.

Vintni tarnov ichida shunday joylashtirish kerakki, vintuchi bilan nov devori o’rtasida 25-32 mm oraliq qolishi kerak [4].

Vintning aylanish tezligi vintli konveyerning qaysi ish unumida ishlashiga qarab olinadi. Lekin 120 ayl/min dan oshmasligi shart.

Vintli konveyerning ish unumi vint diametri, qadami, aylanish tezligi, chigitli paxtaning zichligi va tarnovning to’lishlik koeffitsientiga bog’liq. Konveyerning hajmiy unumi (m3/soat):






Download 0.94 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Download 0.94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chigitli paxta uchun mexanik tashish vositalari

Download 0.94 Mb.