• 6-rasm. RS-30TS13AS markali avtomobil tarozisi
  • RS-30TS13AS avtomobil tarozilari




    Download 0.94 Mb.
    bet18/44
    Sana24.03.2017
    Hajmi0.94 Mb.
    #1632
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
    2.6.3. RS-30TS13AS avtomobil tarozilari

    RS-30TS13AS rusumli avtomobil tarozisi (6-rasm) tayyorlov punkti va paxta zavodlaridan avtomobil vositalarida tashib keltiriladigan paxta va paxta mahsulotlarini (tayyorlovchi zavod «Armalit», Armavir sh.) tortish uchun mo’ljallangan.



    6-rasm. RS-30TS13AS markali avtomobil tarozisi:

    1-yuk tirkash mexanizmi; 2- ko’rsatuv qismi; 3- poydevor; 4- tarozibon xonasi.

    2.7. Paxtani transport kuzovidan qabul qilish va uni

    g’aram hamda omborlarga uzatishda ishlatiladigan

    mexanizatsiya vositalari

    Paxta tozalash sanoatining tayyorlov tarmog’ida (zavod qoshidagi va zavoddan tashqaridagi tayyorlov punktlari) paxtani uzoq vaqt saqlashning ikki usuli — ochiq g’aramda va usti berk binolarda (ombor) hamda ayvonlarda saqlash keng yoyilgan.

    Paxta ochiq saqlanganda 25x14m va 22x11m o’lchamdagi g’aram maydonchalariga joylanadi. Qo’lda joylanadigan paxta g’aramining o’rtacha vazni 250—300 tonnani, eng ko’pi bilan 600 tonnani tashkil qiladi.

    Paxtani yopiq saqlash tezkor omborlarda yoki paxta uzoq vaqt saqlanadigan (mexanizatsiyalashtirilmagan) ombor va ayvonlarda amalga oshiriladi.

    Paxta ochiq saqlanadigan joylar turg’un mexanizatsiya vositalari bilan paxta yopiq saqlanadigan joylar esa qabul qilish kurilmasi va transportyorlarni o’z ichiga oladigan ko’chma mexanizmlar kompleksi bilan jihozlanadi. Keyingisidan asosan paxtani qabul qilishda va uni g’aram maydonchalariga uzatishda foydalaniladi[14].



    Download 0.94 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




    Download 0.94 Mb.