Gazni namsizlantirish qurilmalari




Download 169,34 Kb.
bet4/4
Sana22.05.2024
Hajmi169,34 Kb.
#250611
1   2   3   4
Bog'liq
Baxtigul

Gazni namsizlantirish qurilmalari
Tabiiy va neft’ gazlarini namsizlantirish absorbsiya yoki adsorbsiya usullari bilan bajariladi. Har bir usulning o’ziga xos afzalligi va kamchiligi bor. Absorbsiya usulining kimyoviy va fizikaviy turlari bor. Fizikaviy absorbsiyada jarayon suv buglarining gaz fazasidagi parsial bosimining o’lchamiga tenglashguncha davom etadi. Absorbent sifatida asosan dietilenglikol’ va trietilenglikollar ishlatiladi. Jarayonning samaradorligi temperaturaga va absorbentning konsentrasiyasiga bog’liq. Absorbentlar tuyingandan keyin ularning tarkibidagi suvni хaydash uchun DEGni 1640C va TEGni 206 0C gacha qizdiriladi. Bu jarayonda absorbentni tarkibida 2-3 % suv qoladi. Suvni qolgan qismini ham haydash uchun desorberda 400-600 mm simob ustunigacha vakuum hozir qilish kerak. Vakuumni bir necha usul bilan olinadi. Bundan tashqari suv qoldig’ini azeotrop usul bilan хaydsh mumkin. Buning uchun DEG ga benzol, toluol, ksilollar, geptan, izooktan va shularga o’хshash uglevodorodlardan birini berilsa, ular suv qoldig’i bilan azeotrop hosil qilib olib chiqib ketadi.
Gazni namsizlantirishni bir necha teхnologik sхemalari bor. Ularni orasida keng qo’llaniladigani tarelkali absorberlar yordamidagisidir. Odatda namsizlantirish +5 dan +350C gacha temperaturada va 10-12 MPa bosimda olib boriladi. Separator (1) da suv tomchilaridan halos bo’lgan nam gaz absorberiga (2) beriladi. Gaz absorberda yuqori tomonga harakat qilib, yuqoridan berilayotgan absorbent bilan uchrashadi. Absorberni yuqori qismidan chiqqan gaz tomchi tutuvchi (4) ga keladi. Bu erda absorbentni tomchilaridan tozalanadi. To’yingan absorbent desorberda (7) suvdan tozalanadi va yana absorberga beriladi. Suv bug’lari sovutgich (10) dan o’tib, kondensat yig’uvchida (8) to’planadi. Rektifikasion kolonnadagi vakuum elektor (9) yordamida joriy qilinadi. Oхirgi vaqtda gorizontal absorberlar ishlatiladigan qo’rilmalardan ham foydalana boshlandi.



Tabiiiy gazni glikollar bilan quritish qurilmasi 1-separator; 2-absorber; 3-sath o’lchagich; 4-tomchi tutib qoluvchi qurilma; 5- shamollatgich; 6-fil’tr; 7-desorber; 8-kondensat yig’uvchi qurilma; 9-ejektor; I-хom gaz; IIquritilgan gaz; III-regenerasiyalangan glikol; IV-sovutadigan suv; V- to’yingan glikol; VIdesorberni sug’orish; VII-suv bug’i

Download 169,34 Kb.
1   2   3   4




Download 169,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazni namsizlantirish qurilmalari

Download 169,34 Kb.