|
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (BNQIZ)
|
bet | 2/4 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 169,34 Kb. | | #250611 |
Bog'liq BaxtigulBuxoro neftni qayta ishlash zavodi (BNQIZ) — neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Buxoro viloyati Qorovulbozor shahrida joylashgan.
Oʻzbekneftgaz tarkibiga kiradi. 1993-yil 3-avgustdagi 389-sonli qarori bilan zavodni qurish ishlari boshlandi. 1997-yil 22-avgustda qurilish ishlari yakunlanib, ishga tushirilgan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi gaz va neft konlari (asosan Koʻkdumaloq gaz kondensati koni) asosida ishlashni boshlagan. 18 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Birinchi navbatining yillik loyiha quvvati 2,5 million tonna gaz kondensatini qayta ishlashga moʻljallangan. Zavodning loyiha qiymati deyarli 500 million dollarga teng boʻlgan.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Fransiyaning „Technip“ firmasi bilan hamkorlikda qurilgan. Mazkur firma zavod qurilishida 262 million dollar hissasi bilan ishtirok etgan. Shuningdek, „Technip“dan tashqari, Yaponiyaning „Marubeni“, „Jey-Ji-Si“ kompaniyalari tomonidan konsorsium tuzilgan. Bundan tashqari, „Kellog“ (KBR) firmasi, „Chase Manhattan“, „Eximbank“, „Kredi kommersial de-Frans“, „BNP Paribas“ banklari, Yaponiya savdo-sanoat vazirligi, Fransiyaning „Kofas“ sugʻurta jamiyati zavod qurilishida oʻz hissalarini qoʻshdilar. Loyihalarni amalga tadbiq etish uchun oʻtkazilgan tenderda Turkiyaning xalqaro pudratchilaridan boʻlgan „Gama“ firmasi gʻolib chiqqan. Zavod hududida qurilish 196 obyektda olib borilgan. Qurilishni koʻzdan kechirish maqsadida 1996-yil 14-dekabrda Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov Qorovulbozorga kelgan. Gazkondensatidan mahsulot ajratib oladigan texnologik jihozlar va uskunalar dengiz, havo va temir yoʻllar orqali olib kelingan. Zavod qurilishida 1600 turkiyalik ishchi qatnashgan. Jami ishchilar soni 2000 dan ortiq.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 300 dan ortiq katta-kichik inshootlar majmuidan iborat. Korxona atrofidagi 5000 gektar yerlarga saksovullar ekilgan. Zavod atrofida ishchilar yashaydigan neftchilar shaharchasi ham qurib bitkazilgan.
„Oʻzbekneftgaz“ milliy korporatsiyasi raisining 1996-yil 26-noyabrdagi buyrugʻiga koʻra Igamberdi Saydahmedov-Buxoro neftni qayta ishlash zavodining birinchi rahbari etib tayinlangan. 1997-yil 18-avgust kuni atmosfera haydash uskunasida ilk sinov ishlari amalga oshirilgan. 22-avgustda rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtgan[3]. Marosimda AQSh, Yevropa, Hamdoʻstlik mamlakatlari kompaniy firmalari va vakillari ishtirok etga.
Ushbu yirik inshootni barpo etishda qatnashgan bir guruk mehnat fidoiylari „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Shuhrat“ orden va medallari bilan taqdirlangan.
O‘tgan 25 yil ichida zavod iste’molchilarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi uchun zarur bo‘lgan neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlab kelmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 25 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning bayram tabrigi bilan ochib berildi.
Tantanali tadbirga tashrif buyurgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov o‘tgan davr ichida zavod respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi uchun o‘ta zarur bo‘lgan neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash ustida tinimsiz ishlar olib borayotgan “O‘zbekneftgaz” AJ va zavod rahbariyati, ishchi-xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, samimiy tilaklarini izhor etdi.
Zavodning so‘nggi 5 yillik faoliyatini tahlil etadigan bo‘lsak, dastlab, yuqori oktanli AI-91, 92, 93, 95 rusumli benzinlar, so‘ngra ekologik toza EKO rusumli dizel yonilg‘isi va havo laynerlari uchun zamonaviy Jet A-1 rusumli aviatsiya yonilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga erishilganligini ko‘rish mumkin. Joriy yil boshida Yevro-4, 5 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi ham katta yutuqlardan biridir.
Yiliga 2 million tonnaga yaqin, jumladan, 25 yilda qariyb salkam 50 million tonna xomashyo qayta ishlangan. Zavodning qayta ishlash quvvatlaridan yildan-yilga ko‘proq foydalanilishi, mahalliy va respublika byudjetiga qariyb 5 trillion so‘mga yaqin soliqlar to‘langani va bir qator ijtimoiy vazifalarning bajarilgani olib borilayotgan islohotlarning natijasidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonaning barqaror ishlashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan xodimlarning professionalligiga bog‘liq. Shu sabab xodimlar malakasini oshirish uchun doimiy kurslar tashkil etilib, tajriba almashish uchun yirik xalqaro kompaniyalarda yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z samarasini zavodning bugungi yutuqlarida qo‘rsatmoqda. Zavod taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shgan 90 nafar ishchi-xodim Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tashkil topganining 25 yillik sanasi munosabati bilan taqdirlandi.
Ular Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonaning barqaror ishlashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan xodimlarning professionalligiga bog‘liq. Shu sabab xodimlar malakasini oshirish uchun doimiy kurslar tashkil etilib, tajriba almashish uchun yirik xalqaro kompaniyalarda yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z samarasini zavodning bugungi yutuqlarida qo‘rsatmoqda. Zavod taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shgan 90 nafar ishchi-xodim Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tashkil topganining 25 yillik sanasi munosabati bilan taqdirlandi.
Ular Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda zavodda modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida mavjud quvvatlarni qayta ishlash chuqurligini 79 foizdan 95 foizgacha, och tusli neft mahsulotlarining rentabelligini 77 foizdan 91 foizgacha oshirish ishlari jadal sur’atlarda bajarilmoqda.
2020-yilda “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarildi.
Endilikda, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan yoqilgʻilar jahon standartiga toʻla javob bera boshladi va eksportbop mahsulotga aylandi. 2020-yil yakuni bilan jami 85,9 ming tonna Yevro-3, 4, 5 dizel yonilgʻisi ishlab chiqarildi va isteʼmolchilarga yetkazib berildi.
2020-yilda “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilib, bu miqdor zavodning 23 yillik tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichga aylandi. Neft va gaz sanoati tarixida ilk bor neft mahsulotlari sotilishi toʻliq bozor tamoyillari asosida joriy etildi.
Shuningdek, ortda qolgan 2020-yil davomida, mahalliy olimlar bilan hamkorlikning yangi bosqichi yoʻlga qoʻyilib, Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tekshirish instituti bilan hamkorlikda ilk bor SAS-851 rusumidagi (Fransiya) adsorbent oʻrniga, mahalliy UzAD-1 adsorbenti ishlab chiqarishga tatbiq qilindi.
Texnik qism (xom ashyo tasnifi)
Tabiiy yoqilg’i gazlar metan qatori uglevodorotlari aralashmasini o’zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar – geliy va argon ( H2S, CO, N2, O2, He, Ar) bo’ladi,shuningdek,barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug’laridir.
Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin:
* I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning umumiy miqdori normal sharoitda 60 dan 95% gacha bo’ladi.
* II propan, izobutan va n-butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal sharoitda gaz ko’rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatda o’tadi.
* III guruhga izopentan, n-pentan, geksan va biroz yuqori molekulali uglevodorodlar kiradi. Ular normal shroitda suyuq holatda bo’lib, benzin tarkibiga kiradi.
Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini (92-99 %) metan CH4 tashkil etadi va qolgan qismini uglerod (II) oksidi ( CO ), yonuvchi vodorod, azot, is gazi, suv buqlari, oltingugurtli vodorod, ammiak ( H2, N2, H2O, H2S, NH3 ) va boshqalarni tashkil etadi.
Maʼlumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga koʻra ularni uch guruhga boʻlish mumkin:
Tabiiy gazlar, mustaqil hosil boʻlgan boʻlib tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;
Yoʻldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;
Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil boʻladigan gazlar.
Toza tabiiy gaz rangsiz va hidsizdir. Gaz oqishini aniqlash imkoniyatini engillashtirish uchun unga oz miqdorda odorantlar qo'shiladi - o'tkir yoqimsiz hidga ega bo'lgan moddalar (chirigan karam, chirigan pichan, chirigan tuxum). Eng ko'p ishlatiladigan odorant - tiollar, masalan, etil merkaptan (1000 kub metr tabiiy gaz uchun 16 g).
Metan (kon gazi, botqoq gazi), CH4 — rangsiz, hidsiz gaz. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (IV)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. Metan — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.
Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, ko'mir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.
Etan (CH3—CH3) — rangsiz, hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3(—100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, Etan toʻyingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm boʻyicha turli almashinish reaksiyalariga kirishadi. 550—650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300—450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda CH3CHO va CH3COOH aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Etanning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash temperaturasi 152°, oʻz-oʻzidan alangalanish temperaturasi 472°. Etan tabiiy va yoʻlakay gazlar komponenti (hajmiga koʻra 10%) boʻlib, ulardan past temperaturada rektifikatsiyalash yoʻli bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda koʻp miqdorda etan hosil boʻladi. . Laboratoriya sharoitida etan metil yodid CH3I dan Vyurs reaksiyasini qoʻllab, (CH3COO)2Ca dan Kolbe reaksiyasiga koʻra, etilbromid C2H5MgJ dan Grinyar reaksiyasidan foydalanib, etilenni yoki atsetilenni gidrogenlab olinadi.
Propan - toʻyingan uglevodorod, rangsiz, hidsiz yonuvchi gaz; suyuqlanish temperaturasi — 187,7°; Propan erituvchi sifatida, qurum olishda, metall qirqishda, avtomobillar uchun tutunsiz yonilgʻi, butan bilan aralashmasi maishiy gaz sifatida ishlatiladi. Sanoatda propanni katalitik degidrogenlab propilen, nitrolab esa nitrometan olinadi.
Rangsiz, hidsiz gaz. Suvda juda oz eriydi. Qaynash nuqtasi -42,1 °C. muzlash nuqtasi -188 °C. 1,7 dan 10,9% gacha bo'lgan bug'lar konsentratsiyasida havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Propanning kritik harorati Tkr \ u003d 370 K, kritik bosim Rkr \ u003d 4,27 MPa, kritik o'ziga xos hajmi vkr \ u003d 0,00444 m3/kg suyultirilgan propanning zichligi 298 k — 0,493 t/m3. Bosim ko'tarilganda gaz osongina suyultiriladi.
Yuqori narxga qaramay, propan ko'p jihatdan tabiiy gazga (metan) qaraganda qulayroqdir, chunki metandan farqli o'laroq u xona haroratida va nisbatan past bosimda (8-12 ATM) suyultiriladi va metan xona haroratida suyultirilmaydi va uni yuqori bosim ostida (200-250 ATM) siqilgan holda saqlash yoki suyuq gazda tashish kerak. kriogen haroratda ko'rish. Shuning uchun propan tsilindrlari metanga qaraganda ancha engilroq va arzonroq va tarkibida ko'proq gaz bor (masalan, 50 litrli metan tsilindrining og'irligi 55 kg va 9 kg gazni o'z ichiga oladi, bir xil hajmdagi propan tsilindrining og'irligi 19 kg va 22 kg gazni o'z ichiga oladi, bundan tashqari metan tsilindri 3-4 baravar qimmat. Kompozit tsilindrlar 2-3 baravar engilroq, ammo yana bir necha baravar qimmat). Bu propanni saqlash va tashish uchun ancha qulay qiladi, shuning uchun propan (yoki uning Butan aralashmasi) ko'chma gaz uskunalarini ulash uchun, avtomobil yoqilg'isi sifatida, shuningdek, kichik chekka aholi punktlarini yoki alohida binolarni gazlashtirish uchun keng qo'llaniladi.. tabiiy gaz quvurini qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Tabiiy gazning katta konlari er qobig'ining cho'kindi qobig'ida to'plangan. Neftning biogen (organik) kelib chiqishi nazariyasiga ko'ra, ular tirik organizmlar qoldiqlarining parchalanishi natijasida hosil bo'ladi. Tabiiy gaz cho'kindi qobig'ida neftga qaraganda yuqori harorat va bosimlarda hosil bo'ladi, deb ishoniladi. Bunga mos keladigan narsa shundaki, gaz konlari ko'pincha neft konlariga qaraganda chuqurroqdir.
Tabiiy gazning katta zaxiralariga Rossiya (Urengoyskoye koni), Eron, Fors ko'rfazining aksariyat mamlakatlari, AQSh, Kanada egalik qiladi. Evropa davlatlaridan Norvegiya, Gollandiyani ta'kidlash joiz. Sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridan Turkmaniston, Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Qozogʻiston (Qorachaganak koni) yirik gaz zaxiralariga ega.
|
| |