Bitiruv oldi amaliyot hisoboti




Download 169,34 Kb.
bet1/4
Sana22.05.2024
Hajmi169,34 Kb.
#250611
  1   2   3   4
Bog'liq
Baxtigul


Bitiruv oldi amaliyot hisoboti

1. Kirish


2. Texnik qism
3. Texnologik qism
4. Xulosa

Kirish
Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalarida biri neft va gaz hioblanadi.Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar-benzin,kerosin,dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek neftdanmaxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlaridan olingan mahsulotlar plastmassalar,sintetik kauchuk vas mola, sun’iy tola va yuvish vositalari,dori-darmonlar va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab xom ashyo sifatida foydalaniladi.


Mamlakatimiz mustaqillikga erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e’tibor qaratildi. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 1992-yildagi neft va gaz sohasini rivojlantirish tog’risidagi qaror ba farmonlari sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lami aniqlab olindi. Respublika yoqilg’I energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi.Yangi quriladigan zavodlar ishga tushirilishi bilan ichki bozordagi yoqilg’I mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulot chiqarish ko’zda tutilgan edi.
O’zbekiston mustaqillikga erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1906-y), Farg’ona (1958-y), va Muborak (1971-y) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997-yil 22-avgustda ishga tushirilgan Buxoro neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan zavod va 2001-yilda Sho’rtan gaz kimyo majmuasi qo’shildi. Umuman O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, 19–asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904-1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishidan boshlangan. Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan. Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e`tibor berildi. 1971- yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo’jaligi uchun eng arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 tabiy gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni tashkil etdi. 1984- yil to’rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi.Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom ashyo manbalari asosan yuqori 18 oltingugurtli (4,5-5,0%) O’rtabuloq, Dengizko’l-Hauzak, Samantepa konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi. Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17- fevral 1998- yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002- yil 15- avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi:
- donador polietilen ( 125 ming.tonn.);
- suyultirilgan gaz ( 137 ming.tonn.);
- gazkondensati ( 103 ming.tonn.);
- donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.).
Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod mahsulotlariga 2005- yil Xalqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi.
Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% eksportga chiqarilmoqda. Ya`ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy holding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. “O’zbekneftegaz” tizimida 8 ta yirik kompaniya faoliyat yuritadi: “O’zgeoneftgaz qazib chiqarish”, “O’zneftgazburg’alash”, “O’zgaznaqliyo”, “O’zneftni qayta ishlash”, “O’zneftmahsulot”, “O’zneftgazqurilish” va boshqalari neft va gaz sanoatida muhim rol o’ynovchi kompaniyalardir, ya`ni “O’zneftgazmash”, “O’zneftgazhimoyata`minot”, “O’zneftegazaloqa”, “O’ztashqineftegaz”.
Hozirgi vaqtda ‘Qandim gazni qayta ishlash zavodiishga tushurildi. O‘zbekistondagi Qandim konlari guruhining gazni qayta ishlovchi zavodi qurilishining birinchi bosqichi 2017-yilning dekabr oyida tugallanadi. Shunday qilib, dastlab 2018 yilning iyun oyiga mo‘ljallangan birinchi bosqich ishlari 2017 yilning dekabrida tugallanadi. Hozirda ushbu obektga loyihada ko‘zda tutilgan 93 foiz uskunalar keltirilgan. Gazni qayta ishlovchi zavod qurilishiga taxminan 8 ming kishi jalb qilingan, ularning 90 foizdan ko‘prog‘i mahalliy mutaxassislardan iborat. Ta'kidlash joizki, 8,1 milliard kubometr gaz ishlab chiqarishni maqsad qilgan zavodning qurilishi 2016 yilning aprelida boshlangan. 
Zavodga gaz xom ashyosi Qandim guruhining 6 ta gaz konlaridan yetkazib beriladi: Qandim, Kuvachi-Olot, Akkum, Parsanko‘l, Hoji, G‘arbiy Hoji. Ushbu konlar Turkmaniston bilan chegara yaqinida joylashgan. U yerda 77ta gaz quduqlari kovlangan. Eslatib o‘tamiz, Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishi mahsulotni bo‘lish shartnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan. Dastlab shartnoma muddati 35-yil (2039 yilga qadar) belgilangan edi. 2015-yilda uning muddati yana 7-yilga (2046 yilga qadar) oshirildi.
Neft-gaz sohasi bo‘yicha bir necha yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 2009-yil 14-iyunda « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan chet elning «Petronas» (Malayziya) va «Sasol» (Janubiy Afrika Respublikasi) kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. «Petronas» sarmoyasi va «Sasol» texnologiyalari asosida ish yuritadigan yangi qo'shma korxona mamlakatimizda qazib olinadigan tabiiy gazdan yiliga 1,3 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i - dizel yoqilg‘isi, kerosin, nafta, suyultirilgan neft gazi kabi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yangi korxonaning mahsulotlari ichki bozorni to‘ldirish bilan birga, ekspoitga ham chiqariladi.
Ustyurtda esa yangi gaz kimyosi majmuasi qurilib, unda 4,5 milliard kubometr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida mamlakatimiz va chet el iste’molchilari uchun 500 ming tonnagacha polietilen va propilen ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, 2009-2014-yillarda neft-gaz sanoati bo‘yicha umumiy hajmi 21,5 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 52 ta investitsion loyihani amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan. 2009-yili tabiiy gazni qazib olish va uni quvur orqali uzatishga oid umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‘lgan 5 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Jumladan, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» gaz quvuri va «O‘zbekiston-Xitoy» gaz quvurining birinchi tarmog‘i ishga tushirildi. 2014-yilgacha Surgil koni asosida Ustyurt gaz-kimyosi majmuasi va Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarisli korxonasini qurib bitkazishdan tashqari, Sho‘rtan gaz-kimyosi majmuasida va Muborak gazni qayta ishlash korxonasida polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan. Bulardan tashqari, yangi konlarni o‘zlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash korxonasida propan-butan aralashmasi qurilmasini ishga tushirish va boshqa bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi innovatsion loyihalarni chet elning Gazprom, Lukoyl (Rossiya), CNPC International (Xitoy), Korea National Oil Corporation (Koreya), Petronas (Malayziya), Sasol (Janubiy Afrika Respublikasi) va boshqa kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda amaliyotga joriy etmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda neft-gaz sanoatining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi ta’sirida ilm-fan yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish, tarmoqning dolzarb ilmiy-texnik muammolari ustida tadqiqot ishlarini olib borish hamda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar bilan jiddiy shug‘ullanish uchun katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Yuqorida bayon etilgan holatlami inobatga olgan holda, 2009-yilning 7-8-oktabrida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining Qorovulbozor shahridagi madaniyat saroyida «O‘zbekiston neft va gazini qayta ishlashning dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o'tkazildi. Ushbu anjuman qarorida neft-gaz sanoatining rivojlanishi uchun quyidagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarni hal etish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan:
-uglevodorodli xomashyolarni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish va bu jarayonga ikkilamchi qo‘shimcha mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini jalb etish:

  • O‘zbekistonda gaz turbinali dvigatellar uchun yuqori sifatli yoqilg‘ilarning ishlab chiqarishning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirish;

  • gaz va neft mahsulotlarini chuqur tozalash va quritish maqsadida, mahalliy mineral xomashyolar asosida oldindan berilgan xossalarga ega bo‘lgan nanog‘ovakli adsorbentlarni olish texnologiyasini yaratish;

  • neft-gaz kondensati xomashyosini birlamchi haydashda suv bug‘i o‘rniga uglevodorod bug‘laridan foydalanishning yuqori samarali va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;

  • tarkibida metallari ushlagan yonuvchi slaneslami kimyoviy yo‘l bilan kompleks qayta ishlashning samarali usullarini yaratish;

  • uglevodorodli xomashyolami qayta ishlashda hosil bo‘ladigan bug‘-havo aralashmalari tarkibidan yengil uchuvchan uglevodorodlarni ajratib olish uchun yuqori samarali jarayonlar va uskunalar ishlab chiqish;

  • mahalliy xomashyolar asosida erituvchilar, deemulgatorlar, katalizatorlar, sorbentlar, stabilizatorlar, qo‘ndirmalar, yemirilish ingibitorlari va boshqa kimyoviy reagentlami ishlab chiqarishni tashkil etish.

Hozirgi kunda respublikamizda yiliga 58-59 milliard kubometrdan ziyod tabiiy gaz va 7.3-7,5 million tonna atrofida suyuq uglevodorodlar qazib olinmoqda. O‘zbekistonda neft-gaz sanoati rivojlanishining zamonaviy bosqichida xomashyoni nafaqat eksportga chiqarish bilan chegaralanib qolmasdan, neft va gazni mamlakatimiz ichida chuqur qayta ishlashga, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni, ayniqsa, chetdan keltiriladigan va respublikamiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Vatanimiz prezidenti Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq neft-gaz sanoatini rivojlantirishning uch strategik yo‘nalishini aniq-ravshan aniqlab bergan edilar. Birinchisi, mamlakatni o‘zimizda qazib olinayotgan xomashyo bilan ta’minlash, ya’ni neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish. Ikkinchisi, sohada ilg‘or texnologiyalami joriy etib, neft va gazni mukammal qayta ishlashdir. Aytish mumkinki, bugungi kunda bu vazifalaming yechimi ro‘yobga chiqib, samaralarini bermoqda. Navbatdagi vazifa esa neft va gaz sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash, yangi neft va gaz konlarini ochishdir.
Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy holding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. “O’zbekneftegaz” tizimida 8 ta yirik kompaniya faoliyat yuritadi: “O’zgeoneftgaz qazib chiqarish”, “O’zneftgazburg’alash”, “O’zgaznaqliyo”, “O’zneftni qayta ishlash”, “O’zneftmahsulot”, “O’zneftgazqurilish” va boshqalari neft va gaz sanoatida muhim rol o’ynovchi kompaniyalardir, ya`ni “O’zneftgazmash”, “O’zneftgazhimoyata`minot”, “O’zneftegazaloqa”, “O’ztashqineftegaz”.

Download 169,34 Kb.
  1   2   3   4




Download 169,34 Kb.