|
Texnologik amaliyot hisoboti
|
bet | 1/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #250614 |
Bog'liq ravshan
Texnologik amaliyot hisoboti
Kirish
1. SHGKM tarixi va texnika xavsizligi
2. Etilen ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumot
3. Texnik qism
4.Texnologik qism
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalarida biri neft va gaz hioblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar-benzin, kerosin,dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlaridan olingan mahsulotlar plastmassalar,sintetik kauchuk vas mola, sun’iy tola va yuvish vositalari,dori-darmonlar va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e’tibor qaratildi. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 1992-yildagi neft va gaz sohasini rivojlantirish tog’risidagi qaror ba farmonlari sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lami aniqlab olindi. Respublika yoqilg’i energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi.Yangi quriladigan zavodlar ishga tushirilishi bilan ichki bozordagi yoqilg’i mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulot chiqarish ko’zda tutilgan edi.
O’zbekiston mustaqillikga erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1906-y), Farg’ona (1958-y), va Muborak (1971-y) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997-yil 22-avgustda ishga tushirilgan Buxoro neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan zavod va 2001-yilda Sho’rtan gaz kimyo majmuasi qo’shildi. Umuman O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, 19–asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904-1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishidan boshlangan. Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan. Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e`tibor berildi. 1971- yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo’jaligi uchun eng arzon yoqolg’i , tabiiy gaz etishtirib beradi.
|
| |