|
Etilenni sanoatda qo’llanilishi
|
bet | 8/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #250614 |
Bog'liq ravshanEtilenni sanoatda qo’llanilishi
Tijorat maqsadlarida foydalanish
Etilenning xususiyatlari ko'p miqdordagi organik (uglerod va vodorod o'z ichiga olgan) materiallar uchun yaxshi tijorat asosini ta'minlaydi. Yagona etilen
molekulalari polietilen hosil qilish uchun birlashtirilishi mumkin (bu ko'plab etilen molekulalarini anglatadi). Polietilen plastmassa ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, u ishqalanishni kamaytirish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar bo'lgan yuvish vositalari va sintetik moylash materiallarini tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Stirol ishlab chiqarish uchun etilendan foydalanish kauchuk va himoya qadoqlarini yaratish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, u poyabzal sanoatida, ayniqsa, sport poyabzali, shuningdek, avtomobil shinalari ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Etilendan foydalanish tijoriy ahamiyatga ega va gazning o'zi dunyoda eng ko'p ishlab chiqariladigan uglevodorodlardan biridir.
Dunyodagi eng yirik etilen ishlab chiqaruvchi davlatlar
Bir mamlakat
|
Quvvat,ming tonna/yil
|
AQSH
|
27 653
|
Yaponya
|
7576
|
Saudiya Arabiston
|
5640
|
Koreya Respublikasi
|
5450
|
Germaniya
|
5415
|
Kanada
|
5377
|
Xitoy
|
4988
|
Niderlandiya
|
3900
|
Texnologik qism
Gazlarni nordon birikmalardan tozalash
Shortan gaz kimyo majmuasiga gaz boshqarmadan 25 °C harorat va 610 k/Pa bosimda kirib keladi birinchi bo'lib 3 ta yo'lakchali quvurlarga taqsimlanadi undan oldin esa gaz tarkibidagi gaz fazada bo'lmagan keraksiz chiqindilarni tutub qolish maqsadida maxsus o'lchamli setka to'siqlar joylashtiriladi.Tabiiy gaz undan keyin issiqlik almashtirgichlarga borada unda gaz harorati 25°C dan 45°C gacha ko'tariladi undan keyin esa garizantal holda joylashgan separatorga kiradi bu separatorda og'ir uglevadarodlar ajratilib olinadi va maxsus tindirgichlarga jo'natiladi. Shunaqa harorat va bosimda gaz absorber kolonnasiga beriladi. Hozirgi kunda ishlab turgan kolonnaning balandligi 26.5 m va uning ichida har birining balandligi 6.5 m bo'lgan ikki qavat bo'lgan qalpoqchali tarelkalar joylashgan. Bu absorber kalonnasi zavod ishga tushurilganda nordon kompanentlar 3.2% gacha bo'lgan gazlarni tozalashga mo'ljallangan ammo hozirgi kunda bu foiz ko'rsatkichi 3.3% dan 3.5% gacha ko'tarilgan shuning uchun nordon komponentlarning malum qismi gaz tarkibida qolishi mumkun bu esa mahsulot sifatini avvalgiday taminlashga imkon bermaydi. Absorber kolonnasiga tabiiy gaz pastki qismidan beriladi yuqori qismidan esa dietanolaminnning 30% li suvli aralashmasi beriladi. Gaz va absorbent o'rtasida boradigan reaksiya tepa va pastki tarelkalar o'rtasida boradi.Absorber kolonnasi yuqorisidagi harorat 55°C pastidagi harorat esa 68°C kolonna ichidagi bosim esa 3600 k/Pa. Gaz tarkibidagi nordon birikmalar bilan to'yingan absorbent pastga qarab harakatlanadi, gaz esa yuqoriga qarab harakatlanadi bu gaz tarkibida DEA ning tomchilari qolib ketishi mumkin shuning uchun gaz kolonna tepasida joylashgan 8-16 ta tarelkalar orqali suv bilan yuvib tozalanadi, tozalangan gaz esa kolonnani yuqori qismidan tark qiladi.To'yingan DEA esa kolonna pastki qismidan ajratib olinib garizantal separatorga yuboriladi u yerda esa kam miqdorda bo'lsa ham nordon gazlar ajraladi, DEA esa desorbsiya kolonnasiga beriladi,bu kolonna pastidagi harorat 121°C yuqorisidagi harorat esa 95°C bo'ladi.Kolonnadan va separatordan chiqqan nordon gazlarning malum qismi tozalashga qolgan qismi esa fakelga yoqish uchun yuboriladi.
NOH orqali tozalash kolonnasi pirogazni besh bosqichli kompressorlash qurulmasidagi 3 va 4 chi kompressorlash qurulmalari orasida joylashgan.Bu kollonnaning uzunligi tagidagi yubkasi bilan 35 m ni tashkil qiladi va buning ichiqa 19 ta tarelka joylashgan bo'lib bu tarelkalarning 3 tasi qalpoqchali bo'lib yoqorisida joylashgan bo'ladi qolgan hammasi esa harakatchan qalpoqchali bo'ladi. Kolonnaning pastki qismida balandligi 9.5 m bo'lgan nasadka joylashgan bo'ladi, bu kolonnaning ichidagi harorati 43°C va bosimi esa 8kg/sm2 bo'ladi. Jarayonga NOH yomkislardan keladi bu yomkislarda NOH 40% konsentratsiyada bo'ladi va kolonnaga kirishdan oldin suv bilan aralashtirilib 20% ga tushiriladi va yana 1 ga 1 suv aralashtirilib 10% ga tushuriladi, bu 10% NOH kolonnaning 3 chi tarelkasi pastidan beriladi tozalangan gaz esa 3 ta tarelka yuqorisida suv bilan yuviladi, pastdagi nasadka pastida to'yingan NOH ning eritmasi va suyuq yog' hosil bo'ladi, bu yog' keraksiz bo'lib to'kib yuboriladi, to'yingan NOH esa 4000 zonaga oksidlash va netrallash uchun yuboriladi. Kolonnaga kirayotgan 10% NOH ni maxsus tarelkalar yordamida pastga 2% li qilib tushiriladi.Kolonna ichidagi kerakmas gazlarning 95% aynan shu 2% NOH orqali qolgan 5% esa 10% NOH orqali tozalanadi, 2% li NOH doimiy tarizda yangilanib turadi.
XULOSA
Mening bitiruv malakaviy ish mavzuyim Shurtan Gaz Kimyo Majmuasida “Modda almashinish jarayonida suyultirilgan gaz yoqilg’isini olish jarayonini loyihalash. Yillik quvati 1,2mln m3.
Bitiruv malakaviy ishimda asosan propan va butanni olish bo’lib, bu depropanizator va debutanizator kolonnasidan olinadi. Texnik qismda,gaz haqida, olayotgan propan va butan tarkib jarayoni haqida o’rgandim. Xom-ashyo tasnifi bo’limida kirayotgan va chiqayotgan mahsulotlarni tarkibini o’rgandim. Texnologik qismda Shurtan Gaz Kimyo Majmuasida depropanizator va debutanizator qurilmasining texnologik sxemasi borish ketma ketligini o’rgandim.
Kelayotgan gazni nordon komponentlardan tozalash zonasi , gazlarni ajratish va separatsiyalash zonasi, issiqlik ajratish krekinglash zonasi,pirogazni tayyoralash va bosimini ko’tarish zonasi, gazlarni sovitish zonasi, , gazlarni quritish fraksiyalarga ajratish zonalari bilan tanishib chiqdim. Shurtan Gaz Kimyo Majmuasida depropanizator kalonnasidan 1 soat davomida 11 tonna propan, debutanizator kalonnasida esa 6,8 tonna butan soatiga chiqishini anqladim. Shurtan Gaz Kimyo Majmuasidan bitiruv malakaviy ish mavzuyim to’g’risida bilmaganlarimni ustozlarimdan so’rab va o’zim ham amalyotda ko’rib bilimlarimni mustahkamladim.
|
| |