• 1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik va biznes tushunchalari
  • Biznes faoliyatida menejment




    Download 21,84 Kb.
    bet1/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi21,84 Kb.
    #229835
      1   2   3
    Bog'liq
    1403166770 43642


    BIZNES FAOLIYATIDA MENEJMENT
    Reja:


    1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik va biznes tushunchalari.
    2.Biznesni tashkil etish, uning maksadi, soxalari va turlari.
    3. Biznes obyektlari va subyektlari.


    1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik va biznes tushunchalari
    Menejmentda tadbirkorlik faoliyati deganda – ishni tashkil etishga ta’sir ko’rsatdigan shart – sharoitlar va omillar borligi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining maksadlari va vazifalari bevosita bozor tamoyillaridan kelib chiqadi. Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sotuvchilar o’z tovarlarini imkoni boricha ko’prok foyda beradigan qilib sotishga xaridorlar esa bu tovarlarni imkoni boricha arzonrok qilib xarid qilishga intiladi. Ularning manfaatlari bozordagi baxolar mexanizmi orqali muvozanatlashadi. Shu munosabat bilan bozor iqtisodiyotining qanday tomoyillari tadbirkorlarga xos bo’lib xisoblanadi degan savol tugiladi. Avvalo xususiy mustaqilllik, ya’ni avtonomiya tamoyili. Iqtisodiyotdagi xamma erkin xarakat kiladigan iqtisodiy subyektlardan kelib chiqadi. Shuning uchun tadbirkor kishi amaldagi qonunlar doirasida o’z istamiga karab ish yuritishi mumkin.

    Erkinlik tamoyili, birinchidan tadbirkorlar uchun muayan imkoniyatlar bo’lishini, xo’jalik faoliyati erkinligini va qanday bulmasin biror ish bilan shug’ullanish erkinligini ko’zda tutadi.


    Ikkinchidan, boshqa imkoniyatlar xam nazarda tutiladi; shartnomalarto’zish erkinligi, birlashish va rakobat qilish erkinligi bor. Uchinchidan, tadbirkor ishi o’z mulkidan o’z xoxishiga karab foydalanish xuquqiga ega bo’ladi. Umumiy vaqtda tadbirkor qonun bilan belgilab qo’yilgan xak – xuquqlarini e’tiborga olish kerak.
    Zamonaviy menejer jamoatishlab chiqarishda : a) boshqaruvchi, b) diplomat, v) yetakchi, g) murabbiy, d) inovator, ye) inson sifatida maydonga chiqadi.
    Boshqaruvchi – menejer. Menejerning bu funksiyasi azaldan unga xos bo’lgan an’anaviy funksiya xisoblanadi. Boshqaruvchilik vazifasini ado etar ekan, menejer xoqimiyatga ega shaxs bo’lib koldi. Xozirgi sharoitlarda xoqimiyat tanxo bir kishiga tegishli bulmay kolishi uchun xoqimiyatni kulda tutuvchi kishidan bugungi kunda xam kat’iyat, xam ma’lum darajada muloyimlik ko’rsatish talab etiladi. Boshqaruvchi menejer xalos, o’z lafzida turadigan, yuqsak kasb maxoratiga ega ish yo’zasidan mezoni o’zlashtirilgan, notik, maslaxatchi, pedogog va psixolog maxoratiga erishgan bo’lishi kerak.
    Diplomat - menejer. Sungi un yilliklar davomida, ayniqsa, keng yoyilgan menejerlik malakalari va kunikmalari orasida bularning avvalo mo’zokaralar olib borish bilan bog’liq xillarini tilga olib utish lozim. Urta va oliy bo’g’in menejerlari xozirgi kunda o’zlarining ish vaqtlarini asosan odamlar bilan aloqalar bog’lash va bu aloqalarni kengaytirishga, ish soxasidagi aloqalarni chukurlashtirish, shartnomalar, bitimlar to’zish, xukumat bilan o’rnatiladigan munosabatlarni yo’lga quyishga sarflaydilar. Xar xil vositachilik ishlarida menejerlarning ishtirok etishi tobora ko’prok zarur bo’lib koldi. Mana shularning xammasi uchun kishida aloxida, ya’ni diplomatlarga xos kobiliyatlar bo’lishi kerak.
    Yetakchi-menejer. Zamonaviy menejer, menejerlik ishlaridan tashqari yetakchilik ishlarini xam olib olib boradi.
    Menejment xususidagi Amerika nariyotchilari «xar bir menejer yetakchi bo’lishi lozim» degan ishorani allakachon urtaga tashlashgan. Menejerlik vazifasi bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deyilar ekan, ko’pincha biznesning moddiy tizimi faoliyatini kuvvatlab borish uchun zarur bo’lganligi professional xarakatlar tushuniladi. Bizda bu utmishda kolgan. Biznesning insonga xos bo’lgan boshqa avlod tizimi ya’ni boshqarishinng asosiy obyekti bu o’rinda guyo chetda kolib ketgan. Lekin bu vazifani yaxshi uddalash uchun menejer odamlarni o’ziga ergashtirib boish kobiliyatiga ega ,ya’ni yetakchi bo’lishi lozim.Zamonaviy nuqtai nazarga muvofiq yetakchilik funksiyalari ikki qismdan – professional-texnokratik va emosional-shaxsga oid qismlardan tarkib topgan.
    Murabbiy – menejer. Ishlab chiqarish jaryonlari murakkblashib borgani sayin xodimlarga qo’yiladigan talablar ortadi. Bir tomondan xodimlarning texnologik bilimlarini oshirish extiyoji paydo bo’lsa, ikkinchi tomondan ular xayot faoliyatining ma’naviy tomonlarini kamolotga yetkazish zaruoriyati tugiladi.
    Murakkablashib borayotgan texnika texnologiya mutaxassislarga o’zluqsiz kasb ta’limi berib borish zaruriyatini tugdirishi xech kimda shubxa uygotmaydi. Bu ravshan, shunga kura biz, ko’p surishtirmasdan bu ishag talaygina mablaglarni sarflaymiz. Lekin xodimlarni ma’naviy tomondan kamollotga yetkazish borasida biz sustkashlik qilmoqdamiz va shuning uchun ishlab chiqarishda zarar xam kuramiz. Vaxolanki xodimlarning yaxshi tarbiya kurganligi yuqsak ma’naviy axlokka ega ekanligi tarakkiyot chukkisiga chiqqan iqtisodiyotning mintakadan mintakaga utib borishi uchun xal qiluvchi shart bo’lib xisoblanadi.
    Muvaffakiyat kozonishni muljdallaydigan menejer xodimlarni odob-axlok, xis-xayajon tomonidan tarbiyalab borish barcha menejerlik ishlarining muxim tomonidir, degan tegishli xulosaga kelish lozim.
    Innovator - menejer. Fan texnika tarakkiyotining informasion yuqsalish sharoitlarida(birinchi yuqsalish qishloq xo’jalik ekinlarini joriy etish bilan, ikkinchi sanoatning tubdan o’zgarish bilan boglangan). Menejerlik ishining eng muxim tomonlaridan biri innovasiyalar bo’yicha faoliyat olib borishdir. Shiddat bilan davom etayotgan fan-texnika inkilobi sharoitlarida innovasiyalar xususida kimki sustkashlik kiladigan bo’lsa, u tez orada orkaga utib koladi. Innnovasiyalarning zarurligini tushuntirish juda oson.
    Eskirib kolgan asbob uskunalarni tiklash, yangiliklarni joriy etishdan mablag tejab kolishdan kura yangi texnika va texnologiya bazasida mexnat unumdorligi va maxsulot sifatini kutarish ancha oson va tezrok bo’ladi.
    Menejer avvalo insondir. Menejer tashqi energiya manbalaridan ishlaydigan mashina emas. Shuning uchun xam insonga xos bo’lgan xususiyatlardan xech biri unga begona emas.Menejer tor bilim natijasida yetishtirilgan ijtimoiy sifatlarining murakab bir tizimi, ya’ni shaxsiyatli kishidir. Xar bir menejerning o’z xulk atvori bilan belgilanadigan o’z tabiati bor. Lekin odam tabiatining xar kay si tomoni xam menejerlik vazifalarini ado etishga yordam beravermaydi. Yaponiya firmaning menejerlari ishchilar mexnatining samarasini oshirish va ularni maxsulot sifaini tinmay takomilalshtirib borishga undash uchun mana bunday ma’naviy koidaga amal qilib borishadi: Bizning tamoyillarimiz – jamiyatimizni rivojlantirish va farovonligini oshirish borasida o’z ma’suliyatlarini anglab yetish. Jaxon madaniyatini chnada tarakkiy ettirishga o’z-o’zini bagishlash. Bizning kredo- madaniyat tarakkiyoti mavxum bir narsa emas. Bizning xzamamiz birgalikda xarakat qilib, madaniyat tarakkiyotigi o’z ulushimizni kushib boramiz Bizning xar birimiz buni doimo yodda tutmoimiz kerak. Xar ishda firmaga sadokatli bo’lish muvaffakiyat keltiradi.
    Ma’naviy qadriyatlarimiz: a) ishla chiqarishin takomillashtirish yo’li bilan millatga xizmat qilish; b) xalollik; v)uy\unlik va xamkorlik; g) sifat uchun kurash; d) o’z qadrini bilish va buysunish; ye) firma bilan payvasta bo’lib yashash; j) firmaga minnatdorchilik.
    Boshqaruv sikli.
    Boshqaruv sikli to’rtta vazifani ado etadi, bular – rejalashtirish, tashkil etish, motivasiya nazoratidir. Bu vazifalar moddiy boyliklar yaratish mablag bilan ta’minlash, marketing va boshqalarga doir boshqaruv faoliyatining xamma turlarini o’z ichiga oladi.
    Rejalashtirish. Bu vazifa moxiyat e’tibori bilan qarorlar tayyorlash jarayonidir. Rejalashtirish bosqichlari: a) maksadni urtaga quyish, b) mavjud imkoniyatlar shart – sharoitlarni aniqlash, v) mukobil shartlarni belgilab olish, g) eng yaxshi yo’lni tanlash, d) rejani ishga solish va bajarish.
    Tashkil etish – tashkil etish vazifasi menejer va ijrochilar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Bu avvalo menejerning o’z imkoniyatlariga baxo berishi, o’ziga buysunadigan xodimlarni urganib chiqish, xar bir xodimning saloxiyati, nimalarga kodirligini aniqlab olish, kuchlarni joy joyiga kuya bilishdir va xakozo. Mana shu tashkilotchilik boshidan oxirigacha korxonaning juda aniq strukturalari doirasida utadi.
    Motivasiya – tayyorgarlik choralarini ko’rib bo’lganidan keyin menejer ta’minlash kerak. Shu maksadda quyidagilardan foydalaniladi: a) ragbatlantirishdan ya’ni tashqi omillar (moddiy va ma’naviy), xodimni jushkin faoliyatga undashdan, b) asl motivasiya, ya’ni xodimda mexnatga ichki (psixologik) ragbatlar xosil qilishdan. Bu o’rinda quyidagilar muxim bo’lib xisoblanadi: mexnatda ma’nfatdorlik, mexnat faoliyatiga extiyoj sezish, mexnat faoliyatidan kanoat tuygusini xis qilish muximdir. Mana shu boshqaruv vazifasini muvoffakiyat bilan ado etish uchun menejer mulokot olib borish, aloqalar bog’lashning turli jixatlarining yaxshi bilimi, o’zida tegishli malaka va kunikmalarni rivojlantirib borishi shart. Boshqaruv siklining aylanib turishi, ma’lumki menejer doimo boshqaruv vazifalarini ado etib borish bilan band bo’ladi. Agar o’z korxonasi istikbolni ta’minlab berishni istasa, boshqaruv ishining xamma tavsilotlariga jiddiy kirishmogi lozim.



    Download 21,84 Kb.
      1   2   3




    Download 21,84 Kb.