|
Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes- reja muhim rol o‘ynaydi
|
bet | 2/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 117,86 Kb. | | #229649 |
Bog'liq Biznes jarayonlarini boshqarish. Maruza Mustaqil ish Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes- reja muhim rol o‘ynaydi.
Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha,yeti bo’limdan iborat biznes.
Tadbirkorlik faoliyatining biznes rejasi
- Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko‘rsatkichlari
- Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tasnifi
- Bozor kon’yukturasi, talab va sotuv hajmi tahlili
- Harakat dasturi va tashkiliy choratadbirlar
- Bitimning resurslar ta’minoti
- Bitimning samaradorligi
3. Biznes rejaning asosiy bo‘limlari va ularning tavsifi
Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Mazkur yetti bo‘limdan iborat biznes-reja ko‘rib chiqiladi
1 – bo’lim
Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» markaziy o‘rinni egallaydi.
Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag‘ sarflash va shu mablag‘ qancha foyda keltirishini hisoblab chiqish lozim.
Keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo‘lishligini hisoblab chiqish lozim.
2 – bo’lim
«Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko‘rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, biznes-reja asosiy g‘oya va mazmunining qisqacha ko‘rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va
biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo‘limda quyidagilar taqdim etiladi:
bosh maqsadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning o‘zaro farqi; qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘l va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani qo‘llash sohasi.
|
| |