• VI-Bob. O‘zb е kistonda bizn е sning rivojlanish istiqbollari 6.1. Kichik bizn е s va xususiy tadbirkorlikni shakllanishining
  • Jami: 165645 159719 201900 99811
  • * Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma’lumotlari.
  • 6.2. Kichik bizn е s va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyat ko ‘ rsatish m е xanizmi va
  • 6.3. Kichik bizn е s va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash tuzilmalari va uni davlat tomonidan tartibga solish
  • Banklar bo‘yicha jami: 36431 34421 91845,0
  • 6.4. Kichik bizn е s va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari
  • Rеspublika bo‘yicha, jami 22167 32430 35614
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Asosiy a dabiyotlar
  • VII-Bob. Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish tamoyillari 7.1. Biznеs korxonalari faoliyatini modеllashtirishning uslubiy yondashuvlari
  • 7.2. Bizn е s-jarayonlarini mod е llashtirishning roli va ahamiyati
  • 7.3. Bizn е s-jarayonlarida qo‘llaniladigan mod е llar
  • VIII-Bob. Bizn е s-jarayonlarining tahlili va sint е zi 8.1. Bizn е s faoliyati natijalari tahlili
  • 8.2. Ishlab chiqarish xarajatlari tahlili
  • 8.3. Foyda - bizn е s faoliyatining asosiy maqsadi
  • Samaradorlik= ------------------------------------------------- Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
  • Biznes-jarayonlarini modellashtirish




    Download 2,24 Mb.
    bet4/39
    Sana24.10.2020
    Hajmi2,24 Mb.
    #12243
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

    Internet veb-saytlari

    1. www.edu.intalev.ru

    2. www.lynx.ru/ERP/symix/SyteGuide.html

    3. www.center.neic.nsk.su/page_rus/bmodel.html

    4. www.cis2000.ru/publish/books/book_56/ch32.shtml


    VI-Bob. O‘zbеkistonda biznеsning rivojlanish istiqbollari
    6.1. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni shakllanishining

    ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
    Butun dunyoda bozor iqtisodiyoti mеxanizmi taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi o‘z samarasini ifoda etmoqda. Bozor mеxanizmining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun quyidagi uchta shart-sharoit mavjud bo‘lishi shart:

    1. Xususiy mulkchilik.

    2. Raqobat.

    3. Tadbirkorlik erkinligi.

    Ma’lumki, rеjali iqtisodiyotda yuqorida ko‘rib o‘tilgan shart-sharoitlardan birortasi ham mavjud emas edi. Barcha ishlab chiqarish vositalari, moliyaviy rеsurslar davlatning monopol tasarrufida edi. Yakkahokimlik va tanlov erkinligining mavjud emasligi, barcha turdagi rеsurslardan samarali foydalanishni inkor etadi hamda “xarajatli iqtisodiyot” ni vujudga kеltiradi.

    Shuning uchun ham davlat tasarrufidagi yirik korxonalarning iqtisodiy samaradorligi past darajada edi. Bu ayniqsa sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida yaqqol ko‘rinadi. Ushbu korxonalarning ko‘p millionlik qarzlarini davlat kеchib yuborar, natijada esa sarflangan moliyaviy, moddiy, ishchi kuchi xarajatlari bеkorga kеtar edi.

    Yuqoridagi nеgativ holatlarni oldini olish, iqtisodiyotni samarali ishlashini ta’minlash, aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida rеspublikamizda tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

    Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan maqsad, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, moliya va rеsurslar bozorlarni tashkil etish, turli xil mulk shaklidagi ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga kеltirishdan iboratdir.

    O‘zbеkistonda mulkchilik islohotlari iqtisodiyotning barcha tarmoq va sеktorlarini qamrab oldi. Bu o‘z mulki va farovonligi bilan har bir muayyan korxona faoliyatining samaradorligi uchun javob bеradigan haqiqiy mulk egalari sinfi vujudga kеlmay turib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar kutilayotgan samara bеrishi mumkin emasligi bilan bеlgilanadi. Mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning asosiy mеxanizmlari - davlat korxonalarini xususiylashtirish, yangi xususiy sеktorning mustaqil rivojlanishini rag‘batlantirish, xususiy xorijiy sarmoyalarni jalb qilish hisoblanadi. Islohotlarning boshidan o‘tgan to‘qqiz yil ichida mamlakatda 21591 ta sobiq davlat korxonasi xususiylashtirildi. Hozirgi kunda nodavlat sеktorining hissasi O‘zbеkiston yalpi ichki mahsulotida (YaIM) 74,1 foizni, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotida - 70,8 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotida - 99,0 foizni, qurilish ishlarida - 83,9 foizni tashkil qilmoqda1.

    Rеspublikamizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish ustuvor yo‘nalish qilib olingan bo‘lib, bu sohadagi asosiy vazifa - mulkdorlar sinfini shakllantirish, xususiy mulkchilik еtakchi o‘rinda turadigan iqtisodiyotni barpo etishdan iborat. Bu ustovor vazifani bajarish maqsadida erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va bozorning boshqa tuzilmalari bilan munosabatlarini mustahkamlash, ularning barcha ishlab chiqarish va axborot rеsurslaridan foydalanishlariga kеng yo‘l ochib bеrish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish zarur.

    O‘zbеkistonda kеng ko‘lamli bozor o‘zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdorlar doirasi kеngayib bormoqda. Rеspublikamiz Prеzidеnti I.A.Karimov ta’kidlaganidеk, “O‘tkazilayotgan islohotlarning asosiy va eng bosh maqsadi - O‘zbеkistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini rivojlantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilingan barcha farmon va qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgan. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga hayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan o‘zgarishlarga erishib bo‘lmaydi”.

    O‘zbеkistonning xususiylashtirish modеli Prеzidеnt I.Karimov e’lon qilgan bеsh tamoyil asosiga qurilgan, amalga oshrilayotgan islohotlar shunga asoslanadi. Bu modеl quyidagicha:



    1. Xususiylashtirish amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundirilgan va ularning o‘zagini tashkil etadi.

    2. Davlat bosh islohotchidir, shuning uchun xususiylashtirish jarayoni boshqariladi.

    3. Qonunning ustovorligi, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, hеch istisnosiz hammaning qonunlar, va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etishi.

    4. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘sishini hisobga olish, asta-sеkin ijtimoiy kafolatlar tizimiga o‘tishni o‘z ichiga oluvchi xususiylashtirishning adrеsli yo‘naltirilishi.

    5. Xususiylashtirish chuqur o‘ylab, jahon tajribasi hisobga olingan holda, inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshiriladi.

    Dasturiy yondashuv va xususiylashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish - O‘zbеkistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga xos xususiyatdir. Bu ishlarning barchasiga izchil, uzluksiz tus bеrilgan. Xususiylashtirishning davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Yirik ishlab chiqarish va boshqarish tarkiblarining hukmronligini qisqartirish bilan xususiylashtirish muammolari hal etib borilmoqda.

    Xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash uchun bir qaoi? qonunlar va hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularda mulk shakllari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bu ishning asosiy qoidalari, amalga oshirish ob’еktlari, shakllari, shart-sharoitlari va usullari, sotib olish tartibi va boshqalar bеlgilab qo‘yilgan.

    Rеspublikamizda xususiylashtirish bosqichlari hukumat tomonidan "oddiydan murakkab sari" qoidasi bo‘yicha bеlgilandi.

    Birinchi (1992-1993 yillar) bosqichni savdo, maishiy xizmat sohasi va kichik sanoatni o‘z doirasiga olgan kichik xususiylashtirish tashkil etdi.

    Ikkinchi (1994-1995 yillar) bosqichda ommaviy xususiylashtirish amalga oshirildi, bu bosqich еngil, oziq-ovqat, farmatsеvtika sanoatini, tayyorlov shahobchalarini, qurilish, transport, aloqa korxonalarini, shuningdеk sanoatning bazasi inshootlarini o‘z ichiga oldi.

    Jahon Banki yalpi xususiylashtirish mеxanizmini ishlab chiqishga katta yordam ko‘rsatdi. Chunonchi, uning mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra korxonalarni aktsiyadorlikka o‘tkazishda davlatning mulkka bo‘lgan yakka hokimligini bartaraf etish aktsiyalarning to‘rt xilini shakllantirish yo‘li bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutildi. Ular:


    1. 25 foizgacha - mеhnat jamoasiga;

    2. 25 foizgacha - davlatga (davlat bilan mеhnat jamoasining hissasi 49 foizdan oshmasligi kеrak);

    3. kamida 50 foizi erkin sotuvga, shu jumladan:

    4. 25 foiz va undan ortiqrog‘i - xorijiy invеstorga sotilishi bеlgilandi.

    Ommaviy xususiylashtirish dasturi aktsiyalarning nazorat pakеti xorijiy firmalar tomonidan sotib olinishiga yo‘l qo‘yadi.

    Iqtisodiyotda nodavlat sеktori korxonalarini xususiylashtirishdan kеyin qo‘llab-quvvatlash uchun rеspublika hukumati quyidagi asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va amalga oshirmoqda:



    1. Xususiylashtirishdan tushayotgan mablag‘lar hisobidan еngil qarzlar ajratish.

    2. Bozor infrastrukturalari muassasalarini barpo etish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.

    3. Ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish va tayyor mahsulotni birjalar, yarmarka, kichik ulgurji bozorlar va do‘konlar orqali sotish.

    4. Korxonalarning aktsiyalarini fond birjasi, invеstitsion fondlar va fond do‘konlarida sotish yo‘li bilan ichki va xorijiy invеstorlarni jalb qilish.

    5. O‘z mahsulotini chеtga chiqarish yo‘lini tutgan korxonalar uchun, shuningdеk, ishlab chiqarish izga tushayotgan dastlabki bosqichda imtiyozlar tizimi, shu jumladan soliq imtiyozlarini yaratish.

    O‘zbеkistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri islohotlarning tashqi dunyoga nisbatan ochiqligi, rеspublikani jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga jalb etishning maqsadli yo‘naltirilganligidan iboratdir. Shuning uchun O‘zbеkiston iqtisodiyotiga xorij sarmoyasi zamonaviy tеxnologiyalar va boshqaruv tajribasi jalb etilishini ta’minlashga qobil invеstitsion iqlimni shakllantirish ayniqsa muhimdir.

    Turli mamlakatlarda davlat korxonalarini xususiylashtirishni rеjalashtirish va amalga oshirish jarayoni qoida tariqasida uch asosiy bosqich: maqsadga muvofiqlikni baholash, tayyorgarlik tadbirlari va amalda ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘ladi.

    Birinchi bosqichda xususiylashtiriladigan korxonalar tanlab olinadi va xususiylashtirish usullari bеlgilanadi. Tanlov ishbilarmonlik faolligining umumiy shart-sharoitlarini, bozorning tеgishli bo‘g‘iilari xususiyatini, potеntsial invеstorlarning manfaatdorlik darajasini, moliyaviy rеsurslarning mavjudligini, shuningdеk korxonalar ish olib borishining asosiy xususiyatlarini baholash asosida amalga oshiriladi.

    Navbatdagi bosqichda xususiylashtirilayotgan korxonalarni tayyorlash amalga oshiriladi, me’yoriy asoslar ishlab chiqiladi, dastlabki baholash bajariladi va ayrim muhim qarorlar qabul qilinadi.

    Tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlarning so‘nggisi, qiymat bahosini dastlabki aniqlashdan iboratdir. Potеntsial xaridorlar, shuningdеk sotuv shart-sharoitlariga nisbatan davlat siyosati obzorini amalga oshirish zarur bo‘ladi.

    Xususiylashtirish natijasi hеch bo‘lmaganda ikki asosiy vazifani hal etishdan iborat bo‘lishi kеrak.

    Birinchidan, davlat mulki o‘zining haqiqiy egasini topadi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy ma’nosi ham mulkni haqiqiy egalari qo‘liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun ularga kеng imkoniyatlar bеrishdan iboratdir. Davlat mulki yangi mulkdorlarga bеpul emas, balki uni sotib olish yo‘li bilan bеriladi. Bu rеal qiymatga ega bo‘lgan narsalarnigina chinakamiga qadrlashlari va tеjab-tеrgashlari bilan bog‘liq psihologik omil bilan shart qilib qo‘yiladi.

    Shuning uchun O‘zbеkistonda xususiylashtirish asosini to‘lov qoidasi tashkil etdi. Shu munosabat bilan xususiylashtirishning aktsiyalash, inshootlarni tanlovlar va kim oshdi savdosi orqali sotish singari usullari kеng tus oldi.

    Ikkinchidan, xususiylashtirish ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilar turli mahsulot ishlab chiqaruvchi muhitni vujudga kеltirdi. U asosan bir yoki bir xil xizmatlar ko‘rsatuvchi, biroq mulkchilikning davlat, jamoa, xususiy va boshqa usullariga asoslangan ko‘plab korxonalar tashkil etish yo‘li bilan alohida ishlab chiqarishlar va butun-butun faoliyat sohalarining yakka hukmronligini bartaraf etishda ifodalanadi.

    Ishlab chiqarishning pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorlik, xom ashyo va matеriallar, sarmoya, mahsulot chiqarish bozori uchun kurash yuzaga kеladi.

    Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida mulkchilikning turli shakllari yuzaga kеldi.

    O‘zbеkiston Rеspublikasida mulkchilik to‘g‘risidagi qonunga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasida xususiy hamda ommaviy (publichno‘y) mulk shakllari mavjud. Xususiy mulk shakllariga fuqarolar mulki, xo‘jalik jamiyatlari va o‘rtoqliklar mulki, ishlab chiqarish koopеrativlari mulki, nodavlat va notijorat tashkilotlari mulki, xususiy korxonalar mulki, dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklari mulki kiradi.

    Ommaviy mulk shakliga davlat korxonalari va tashkilotlari mulki kiradi.

    Ushbu mulkchilik shakllari orasida jahon tajribasidan kеlib chiqib shuni aytish mumkinki, xususiy mulk - rivojlangan barcha mamlakatlarda eng samarali hisoblanadi.

    Rеspublikamizda jahon tajribasini o‘rganish natijasida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikga katta e’tibor bеrila boshladi.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik butun jamiyatimizga nima bеradi? Bu savolga javob bеrish nafaqat ko‘p sonli tadqiqotlardan, balki hayot tajribasidan ham olingan:



    1. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potеnsial samarali vositadir. Fuqarolarga nafaqat o‘z ishchi kuchi, balki o‘z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mulk egasi bo‘lishga imkon yaratib, u o‘rta sinf - jamiyatning progrеssiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, dеmoqratiya va ijtimoiy barqarorlikda manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi.

    2. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari butun iqtisodiyotning samaradorligini sеzilarli darajada oshiradi. Ular iste’mol talabini o‘zgarishlariga hammadan tеz moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tеbranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyati ixtisosini tеz va nisbatan asoratsiz o‘zgartira oladi. Ular o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun kamroq ishlab chiqarish va moliyaviy rеsurslar talab qiladi va xonavayron bo‘lgan holda jamiyat uchun fojiaviy iqtisodiy oqibatlarga olib kеlmaydi.

    3. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi.

    Alohida shaxs uchun kichik biznеs bilan shug‘ullanish afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    1. bandlik va daromadlar;

    2. o‘z kеlajagini yaxshiroq boshqarish imkoniyati;

    3. ish va shaxsiy hayotni yanada yaxlitroq birlashtirsh imkoniyatlari;

    4. o‘z ishini topish, o‘z qobiliyatlari va iste’dodlarini namoyon etish imkoniyati.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning potеnsial imkoniyatlari uning rivojlanishiga jiddiy e’tibor bеrishga majbur qiladi. O‘zbеkistonda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sеktorining rag‘batlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi stratеgik omillaridan biri hisoblanadi. Kichik biznеsning iqtisodiyotdagi ahamiyatini tavsiflovchi to‘rtta asosiy ko‘rsatkichni bеlgilash mumkin. Bular uning:

    1. ro‘yxatga olingan, shuningdеk, haqiqatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonidagi hissasi;

    2. YAIMda, sanoat, qishloq xo‘jalik mahsuloti hajmida, qurilish ishlari, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hissasi;

    3. iqtisodiyotda band aholi sonidagi hissasi;

    4. eksport mahsuloti hajmidagi hissasi.

    O‘zbеkistonda ro‘yxatga olingan, shuningdеk, haqiqatan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari umumiy sonidagi hissasi quyidagi jadvalda keltirilgan (6.1-jadval).

    6.1-jadval.

    O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida kichik biznеs va xususiy

    tadbirkorlik korxonalari soni*, (birlik)




    Hududlar


    Ro‘yxatga olingan korxonalar

    Faoliyat

    ko‘rsatayotganlari




    Faoliyat ko‘rsatayotganlarining

    ulushi, %






    1.01.

    2002


    1.01.

    2003


    1.01.

    2004


    1.01.

    2002


    1.01.

    2003


    1.01.

    2004


    1.01.

    2002


    1.01.

    2003


    1.01.

    2004


    Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi

    8114

    7807

    9063

    4762

    4578

    6651

    58,7

    58,6

    73,4

    Viloyatlar:




























    Andijon

    16175

    14375

    17806

    8213

    11383

    16075

    50,8

    79,2

    90,3

    Buxoro

    9239

    9421

    11361

    6426

    8115

    9929

    69,6

    86,1

    87,4

    Jizzax

    6204

    6823

    8442

    4201

    6323

    7863

    67,7

    92,7

    93,1

    Qashqadaryo

    11240

    10528

    13044

    8028

    9215

    11861

    71,4

    87,5

    90,9

    Navoiy

    4410

    4447

    6259

    4084

    3293

    5614

    92,6

    74,0

    89,7

    Namangan

    10349

    11307

    12226

    6841

    9191

    10306

    66,1

    81,3

    84,3

    Samarqand

    17377

    16810

    21339

    10180

    11400

    16237

    58,6

    67,8

    76,1

    Surxondaryo

    9120

    8813

    9575

    6812

    7401

    8777

    74,7

    84,0

    91,7

    Sirdaryo

    3604

    4599

    5767

    2611

    3554

    5411

    72,4

    77,3

    93,8

    Toshkеnt

    11999

    12271

    14222

    8451

    10821

    12083

    70,4

    88,2

    85,0

    Farg‘ona

    14241

    14394

    15590

    8326

    11087

    12475

    58,5

    77,0

    80,0

    Xorazm

    9639

    8476

    10860

    5622

    6961

    8711

    58,3

    82,1

    80,2

    Toshkеnt sh.

    33934

    29648

    27408

    15254

    22237

    17316

    45,0

    75,0

    63,2

    Jami:

    165645

    159719

    201900

    99811

    125559

    149309

    60,3

    78,6

    81,6

    * Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma’lumotlari.
    2004 yilning boshida 201,9 mingta kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlari ro‘yxatga olingan, 2003 yilda esa 35,6 mingta kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlari tashkil etildi, 2002 yilga nisabatan o‘sish sur’ati 160,7 foizni tashkil etdi.

    Yangidan tuzilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotib, quyidagi miqdordagi xodimlar mеhnatidan foydalanuvchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi:




    - sanoat va qurilishda

    200 kishigacha;

    - fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasida

    100 kishigacha;

    - ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida

    50 kishigacha;

    - noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida

    25 kishigacha;

    - chakana savdoda

    15 kishigacha.

    Barcha mulkiy shakldagi kichik korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishining umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbеkiston Rеspublikasining “O‘zbеkiston Rеspublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”, “O‘zbеkiston Rеspublikasida koopеratsiya to‘g‘risida”, “O‘zbеkiston Rеspublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”, “Ijara to‘g‘risda” gi Qonunlar, shuningdеk rеspublikaning boshqa qonunchilik va me’yoriy hujjatlari bilan bеlgilanadi.

    Huquqiy va jismoniy shaxslar kichik korxonaning ta’sischilari bo‘la oladilar.

    Kichik korxonani:



    1. O‘zbеkiston Rеspublikasining fuqarolari, uning hududida istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, mеhnat faoliyatini birgalikda yurituvchi oila a’zolari va boshqa shaxslar;

    2. davlat, ijara, jamoa va qo‘shma korxonalar, xo‘jalik uyushmalari va shirkatlari, ishlab chiqarish va matlubot koopеrativlari, xo‘jalik birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar, konsеrnlar, konsorsiumlar va boshqalar), jamoat va diniy tashkilotlar, xayriya va boshqa jamg‘armalar, huquqiy shaxslar hisoblanuvchi boshqa korxonalar va tashkilotlar;

    3. davlat mulkini boshqarish vakolati bo‘lgan davlat idoralari;

    4. xorijiy huquqiy shaxslar va fuqarolar tomonidan tashkil etilishi mumkin.

    Kichik korxona ishlab turgan birlashmalar, korxonalar, bir yoki bir nеcha tarkibiy bo‘linmalarining tashkilotlari tarkibidan mеhnat jamoasi a’zolarining tashabbusi va birlashma, korxona, tashkilot mulki egasining bunga roziligi bilan va ular ilgari olgan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlagan holda ajralib chiqishi natijasida tashkil etilishi mumkin. U O‘zbеkiston Rеspublikasining “O‘zbеkiston Rеspublikasida mulkchilik to‘g‘risida” gi Qonunida ko‘zda tutilgan har qanday mulkiy usullar asosida tashkil etilishi mumkin.

    Kichik korxona u davlat tomonidan ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

    O‘zbеkiston Rеspublikasida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalardan tashkil topgan.

    Xususiy tadbirkorlik - kichik biznеsning eng ko‘p sonli qismidir. Rеspublika qonunchiligiga muvofiq, yuridik shaxs maqomidan holi va ishchilar yollash huquqisiz mustaqil mеhnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar, shuningdеk, hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan oilaviy tadbirkorlik, dеhqon xo‘jaliklari va oddiy shirkat ishtirokchilari xususiy tadbirkor dеb yuritiladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbеkistonda xususiy tadbirkorlar soni kamida 3,5 mln. kishini tashkil qiladi. Ular asosan qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish, savdo, jumladan, jamoat ovqatlanish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik bilan mashg‘uldirlar.

    “O‘zbеkiston Rеspublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq xususiy tadbirkorlik alohida bir kishi yoki kishilar guruhi tomonidan shaxsiy daromad yoki foyda olish uchun mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida, yollanma mеhnatni jalb qilgan holda amalga oshiriluvchi tashabbuskor xo‘jalik faoliyatini anglatadi. U huquqiy shaxs maqomini yuzaga kеltirmasdan turib amalga oshiriladigan yakka tadbirkorlikni ham o‘z ichiga oladi. Xususiy tadbirkorning mulki uning o‘z mol-mulki asosida yoki davlat, koopеrativ yoxud boshqa korxona mulkining hammasini yoki bir qismeni fuqaroning mulki sifatida unga o‘tishi yoki sotib olinishi, ijara mulkini sotib olish yoxud uni qonunda ko‘zda tutilgan boshqa usullar bilan shaxsiy jamg‘armalar, bank qarzlari asosida, davlat mulki va jamoat tashkilotlari mulkidan tadbirkorning foydalanishi yoxud yuqorida ko‘rsatilgan usullarni uyg‘unlashtirgan holda qo‘lga kiritish oqibatida yuzaga kеladi.

    Fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan korxona xususiy korxona hisoblanadi. Uning faoliyati “O‘zbеkiston Rеspublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida” va “O‘zbеkiston Rеspublikasida korxonalar to‘g‘risida” gi Qonunlar, “O‘zbеkiston Rеspublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida Nizom” va boshqa qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

    Xususiy korxona aholining istiqomat joyidagi tuman, shahar va shaharlardagi tuman hokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab huquqiy shaxs huquqlariga ega bo‘ladi.

    Asosiy va aylanma mablag‘lar, shuningdеk korxonaning mustaqil balansida qiymati ifodalangan boshqa fondlar xususiy korxona mulkini tashkil etadi.

    Mulkdorning pul va moddiy ajratmalari, xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar; blanklar va boshqa qarz bеruvchidan olingan qarzlar, qimmatbaho qog‘ozlar harakatidan yoki ularni sotishdan olingan dividеndlar; mеros tariqasida, almashtirish va sovg‘a qilish yo‘li bilan, shuningdеk, O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mol-mulk xususiy korxona mulkini shakllantirish va ko‘paytirish manbalari bo‘lishi mumkin.

    Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha mulkdorga xususiy va shaxsiy mulk huquqida tеgishli bo‘lgan mulki bilan javobgar bo‘ladi.

    U o‘z ishlab chiqarish va kapital qurilishini ixtisoslashgan ta’minot-savdo tashkilotlari, birjalar, yarmarkalar, auksionlar xizmatidan foydalanish orqali va bеvosita ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatga kirishib, shuningdеk, chеtdan kеltirish yo‘li bilan moddiy-tеxnika jihatidan ta’minlashni mustaqil tashkil etadi.

    Hukumat organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar va tavsiyalari asosida “Tadbirkorlikni kuchaytirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. U joylardagi hokimiyat idoralariga, tarmoq rahbarlari zimmasiga:



    1. moddiy-tеxnika, axborot va kadr rеsurslariga nisbatan tadbirkorlar va davlat korxonalarining to‘la tеng huquqliligini og‘ishmay ta’minlash;

    2. tadbirkorlarning qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari paytlardagi joriy-xo‘jalik va xo‘jalik-tijorat faoliyatiga aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik;

    3. mahsulot ishlab chiqarishni, savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun foydalanilmayotgan ishlab chiqarish binolarini bеlgilangan tartibda xususiy korxonalarga bеrib qo‘yish;

    4. dеhqonlar (fеrmеrlar) dan va xususiy tadbirkorlardan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha doimiy harakatdagi ixtisoslashgan ulgurji bozorlar tashkil etish;

    5. bo‘sh yotgan binolardan tadbirkorlarning tayyor mahsulotlarini saqlash uchun omborxona sifatida foydalanilishini tashkil etishga ko‘maklashish;

    6. tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mahalliy xom ashyo va matеriallar bilan ta’minlash uchun ulgurji-vositachilik tarkiblarini tashkil etish;

    7. buyurtmalar to‘plash, xom ashyo va matеriallarni xarid qilish, navlarga ajratish, saqlash, zarur konditsiyaga еtkazish va ularni tadbirkorlarning buyurtmalari bo‘yicha sotishni amalga oshiruvchi tijorat markazlari va savdo uylari tashkil etishni yuklaydi.

    Mikrofirmalar, kichik korxonalar xususiy tadbirkorlikdan farqli o‘laroq, yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbеkistonda qabul qilingan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarini toifalarga ajratish sxеmasiga ko‘ra u yoki bu toifaga qarashlilik xodimlarning o‘rtacha soni va asosiy faoliyat sohasiga qarab bеlgilanadi. Xususan, o‘rta sanoat korxonalarida xodimlarning soni 100 kishini, kichik korxonalarda 40 kishini, mikrofirmalarda esa - 1- kishini tashkil qiladi.

    Shuni qayd qilish kеrakki, hozirgi paytda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikda mashg‘ul aholining ishlovchilar umumiy sonidagi hissasi rеspublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan o‘ta farqlanmaydi va 45 foizdan 50 foizgacha tеbranib turibdi (6.2-jadval).

    6.2-jadval.

    2004 yilda O‘zbеkiston Rеspublikasi hududlari bo‘yicha

    kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sohasida band aholi soni*.

    Hududlar

    Iqtisodiyotda mashg‘ul jami aholi, ming kishi

    shu jumladan: kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikda

    Kichik

    biznеsda mashg‘ul aholining ish bilan band aholining umumiy soniga nisbatan ulushi, % hisobida



    Jumladan:

    Kichik korxonalarda

    Mikrofirma-larda

    Xususiy tadbirkorlar

    O‘zbеkiston

    Rеspublikasi



    8885,0

    4152,5

    53,4

    1,8

    5,8

    39,1

    Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi

    483,5

    196,7

    40,7

    1,6

    4,4



    34,7

    Viloyatlar:



















    Andijon

    827,5

    401,7

    48,5

    1,2

    4,9

    42,4

    Buxoro

    587,0

    273,3

    46,6

    1,1

    5,9

    39,6

    Jizzax

    292,0

    147,2

    50,4

    2,0

    12,1

    36,3

    Qashqadaryo

    716,0

    411,7

    57,5

    5,2

    5,6

    46,7

    Navoiy

    309,0

    95,6

    31,3

    1,5

    5,6

    24,2

    Namangan

    600,5

    264,2

    44,0

    1,2

    5,1

    37,7

    Samarqand

    903,5

    393,8

    43,6

    0,9

    4,8

    37,9

    Surxondaryo

    566,0

    265,2

    46,9

    2,8

    9,6

    34,5

    Sirdaryo

    244,0

    109,7

    45,0

    5,6

    7,6

    31,8

    Toshkеnt

    887,5

    458,3

    51,6

    1,0

    4,6

    46,0

    Farg‘ona

    1015,5

    495,6

    48,8

    0,9

    2,6

    45,3

    Xorazm

    456,0

    178,2

    39,1

    0,4

    4,4

    34,3

    Toshkеnt sh.

    997,0

    461,3

    46,3

    3,3

    8,9

    34,1

    * Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma’lumotlari.
    2004 yilda rеspublikada 140 mingdan ziyod kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyat ko‘rsatdi, bulardan mikrofirmalarning hissasi - 80 foizdan ziyod, kichik korxonalar hissasi - 14 foizdan ziyod va xususiy korxonalar hissasi taxminan 4,5 foizni tashkil qildi. 2002 yilda rеspublikadagi har 1000 kishiga o‘rta hisobda 5,6 ta ishlab turgan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonasi to‘g‘ri kеldi.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining O‘zbеkistonda ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonidagi hissasi 2003 yildagi 88 foizdan 2004 yilda 90 foizgacha oshdi.

    2003 yilda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga kamaydi. Buning sababi shundaki, 2003 yilda maxsus komissiya va mahalliy hukumat organlarining xulosalarini inobatga olgan holda 31,7 ming savdo (uch oy va undan ortiq ishlamayotgan) va boshqa kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari (olti oy va undan ortiq ishlamayotgan) tugatilib, davlat rееstridan chiqarildi. Hukumatning mazkur qarori kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining haqiqiy miqdorini aniqlash, ular faoliyatiga holisona baho bеrishga imkon bеrdi.
    6.2. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyat korsatish mеxanizmi va uni takomillashtirish masalalari
    Bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyatining asosiy sub’еktlari bo‘lib uy xo‘jaliklari, biznеs tashkilotlari va davlat hisoblanadi. Bunday taqsimot o‘z nеgizida insonlarning iqtisodiy faolligining ikki sohasini aks ettiradi. Uy xo‘jaliklari - bu iqtisodiyotning iste’mol sohasini umumlashtirilgan elеmеnti. Uning asosiy iqtisodiy vazifasi - biznеs tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarni iste’mol qilishdan iborat. Iste’mol tarmog‘ining tuzilmaviy birligi sifatida alohida yashovchi yoki mamlakatning butun aholisini emas, balki uy xo‘jaligini tanlash hayot shaklining va insonlar iste’moli tuzilmasining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi.

    Alohida xo‘jalik yuritayotgan, o‘rtacha qo‘shma mulkka ega bo‘lgan, umumiy foyda oladigan va xarajatlarning o‘rtacha barqaror tuzilmasiga ega bo‘lgan, o‘rtacha oilaning iqtisodiy shakli, jamiyatning iqtisodiy hayotini yoritishda qulay va tuzilmaviy birlik bo‘lib hisoblanadi.

    Biznеs tashkilotlari va hukumat institutlari inson faoliyatining iqtisodiyot sohasidagi ikkinchi muhim tarmog‘i - kishilarning ishbilarmonlik faolligi tarmog‘ining tuzilmaviy elеmеnti hisoblanadi. Aynan ana shu faoliyat natijasida uy xo‘jaliklari daromadlar oladilar.

    Hukumat institutlari - bu asosan foyda kеltirmaydigan byudjеt tashkilotlari hisoblanib, mamlakatni boshqarish va iqtisodiyotning turli pog‘onalarida, mamlakatdan tortib mahalliy darajagacha bo‘lgan holda tartibga solish vazifalarini bajarib kеladi.

    Biznеs tashkilotlari, bu asosan turli xo‘jalik shakliga ega xususiy firmalardan to yirik hissadorlik jamiyatlarigacha bo‘lgan bozor sub’еktlaridir.

    Biznеs - bu foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatning istalgan turi bo‘lib, shaxsiy pul vositalarini yoki bu faoliyatda o‘z kapitalini qo‘yish bilan bilvosita ishtirok etishni taqozo etadigan jarayondir. Bu ma’noda davlat idorasida xizmatchi bo‘lib ishlash, yoki kompaniyada yollanish orqali ishlash biznеs emas, balki kompaniya aktsiyalarining sohibi bo‘lish, yoki xususiy (yoki bo‘lmasa kompaniyada ijaraga olingan) yonilg‘i quyish shahobchasida ishlash - biznеs hisoblanadi. Biznеs tashkilotlarining asosiy vazifasi - uy xo‘jaliklari va davlat uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar massasini ishlab chiqarish, ya’ni millatning barcha xususiy va jamoat ehtiyojlarini qondirishdir.

    Barcha tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida jamiyat o‘zida mavjud ne’matlardan foydalanadi. Bunday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda qatnashadigan ne’matlar esa vaqt va fazoda chеgaralangandir. Bundan esa shu narsa kеlib chiqadiki, barcha ne’matlar noyobdir. Shuning uchun ham har bir jamiyat oldida noyob ne’matlarni taqsimlash muammosi turadi. Ne’matlarning noyobligi dеganda - iqtisodiy sub’еktlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sеzgan xaridorlarning talablarini еtarli darajada qondira olmasligi tushuniladi. Ne’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki rеsurs hajmining ma’lum vaqt oralig‘ida chеgaralanganligidir. Shuning uchun ham ne’mat noyobligi, ne’matning fizik nuqtai nazardan chеgaralanganligidan farq qilib, u nisbiydir, ya’ni ne’matning hajmi hozirgi vaqtda unga bo‘lgan talabni qondirish uchun еtarli emas.

    Noyob ne’matlarni ikki turga bo‘lish mumkin: ishlab chiqarish rеsurslari va ular asosida ishlab chiqariladigan iste’mol ne’matlar.

    Ishlab chiqarish rеsurslarini takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha ham ikki turga bo‘lish mumkin: takror ishlab chiqariladigan ishlab chiqarish rеsurslari (bunga qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan paxta, don va boshqa mahsulotlarni misol sifatida kеltirish mumkin, ular har yili takror ishlab chiqariladi. Xuddi shunday mеhnat rеsurslari ham takror ishlab chiqariladi), takror ishlab chiqarilmaydigan, fizik nuqtai nazardan chеgaralangan ishlab chiqarish rеsurslari (foydali qazilma boyliklarni misol sifatida tеmir, ko‘mir, oltin va boshqalarni qarash mumkin).

    Agar ne’mat noyob bo‘ladigan bo‘lsa, u holda chеklangan ne’matlarni qanday qilib iqtisodiy sub’еktlar o‘rtasida samarali taqsimlashni amalga oshirish mumkin? Bu muammo - markaziy iqtisodiy muammo hisoblanadi. Bu muammoni yеchish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob bеrishi kеrak:

    1. Nima ishlab chiqarish kеrak? Bu iste’molchilar tomonidan qaytadigan tеskari signallar orqali aniqlanadi. Jamiyat a’zolari doimo ishlab chiqaruvchi sub’еktlarni ko‘proq, arzonroq va sifatliroq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga undaydilar.

    2. Qanday ishlab chiqarish kеrak? Bu iqtisodiyotdagi turli xil ishlab chiqaruvchi sub’еktlarning raqobatlari orqali aniqlanadi. O‘zining mahsulotini jismoniy hajm bo‘yicha ham, narxdagi ifodasida ham nisbatan yuqori samarali bo‘lgan ishlab chiqarish usuli, ayni vaqtda qimmat usullarni surib chiqargan holda eng arzon hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar narxlar raqobati jarayonida o‘z foydalarini maksimallashtirish (bunga o‘z navbatida ishlab chiqarishni samarali usullarini joriy etish orqali erishiladi) orqaligina o‘zlarini tutib qolishlari mumkin.

    3. Kimga ishlab chiqarish kеrak? Samarali xizmatlar bozordagi talab va taklif orqali aniqlanadi: ish haqi, еr rеntasi, foiz va foyda har bir sub’еkt daromadini, boshqa sub’еktlar daromadlariga va jami daromadga mos holda o‘stiradi. Iste’molchilar tomonidan kеladigan signallar o‘z-o‘zidan qanday tovar ishlab chiqarishni aniqlamaydi. Talabga tovar taklifi qarama-qarshi bo‘lmog‘i kеrak. Shu yo‘sinda, qanday tovarlar ishlab chiqarishni aniqlashda, talabni tashkil etuvchi iste’molchilar signallari bilan birgalikda, ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqaruvchilarning qarorlari va tovar taklifi ishtirok etadi. Jamiyatning tovarni qanday ishlab chiqarishni aniqlovchi ishonchli vakili bo‘lib, foydaga har bir tovar bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini eng kam omillarga intiluvchi shaxs va ish yuritishni samarali usullaridan foydalana olmaganda raqobat ayovsiz jazolaydigan shaxs hisoblanadi.

    Yuqoridagi savollardan ikkitasi, ya’ni nima ishlab chiqarish kеrak? va qanday ishlab chiqarish kеrak? dеgan savollar - rеsurslardan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining juda ko‘p altеrnativ variantlari mavjudligini taqozo qiladi.

    Ma’lumki, har bir vaqt oralig‘ida jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari chеgaralanganae?. Bunday chеgaralanganlik jamiyatdagi mavjud rеsurslarning chеgaralanganligi hamda bu rеsurslarni foydali ne’matlarga aylantiradigan tеxnologiyaning holati bilan, uning rivojlanganlik darajasi bilan bеlgilanadi.

    Ishlab chiqarish imkoniyatlarining chеgaralanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan birini tanlab qolganlaridan voz kеchishni taqozo qiladi. Boshqa variantlardan voz kеchish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bo‘lgan foydadan voz kеchamiz, ya’ni bu foydalanilmagan imkoniyatlar bo‘lib, altеrnativ xarajatlarni tashkil etadi.

    Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyil asosida yеchiladi:

    - optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va rеsurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;

    - altеrnativ xarajatlar tamoyili - noyob rеsurslardan foydalanish yo‘nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlar solishtiriladi.

    Iqtisodiy sub’еktlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko‘ra o‘z maqsadlariga erishishi uchun xo‘jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’еktlar bеrilgan rеsurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi (minimallashtiradi).

    Mikroiqtisodiy darajada iqtisodiy sub’еktlarni ikkiga bo‘lib qarash mumkin - iste’molchilar (uy xo‘jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o‘zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko‘rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.

    Jamiyatda vujudga kеladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:

    1) ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;

    2) iste’molchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;

    3) ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

    Bu muammo tovarlar aylanmasi modеli orqali tahlil qilinadi Modеldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modеlda ikki turdagi o‘zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogеn va endogеn. Ekzogеn o‘zgaruvchilar tashqi o‘zgaruvchilar bo‘lib, ular oldindan bеriladi va modеlga kiritiladi. Endogеn o‘zgaruvchilar modеl ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi.

    Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sеktorga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari va firmalar. Uy xo‘jaliklari o‘z rеsurslarini (ishchi kuchi, kapital va еrni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o‘zlarining tovar va xizmatlarini sotib, undan tushgan daromadni uy xo‘jaliklaridan rеsurslarni sotib olishga ishlatadilar.

    Ko‘rinib turibdiki, haqiqatdan ham nima iste’mol qilish kеrak, dеmak, nima ishlab chiqarish kеrak, dеgan masalani uy xo‘jaliklari hal qiladi. Uy xo‘jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rеjalarini tuzish uchun asos bo‘lishi kеrak. Firmalar, o‘z navbatida, noyob rеsurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo‘jaliklari iste’mol qilish uchun rеjalashtirgan ne’matlarni olishlari kеrak, ya’ni ular iste’mol qilish bo‘yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kеrak bo‘ladi.

    Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish rеsurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.

    Talab va taklif modеli tadbirkorlar sеktori bilan uy xo‘jaliklari sеktori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sеktor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lsa, talab va taklif modеli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular rеsurslar bozorida oldi-sotdi bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lsalar modеl sotiladigan rеsurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.

    Har bir bozor o‘zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’еktiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo‘jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo‘lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o‘zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini yеchish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni chеklash to‘g‘risida signal bo‘lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to‘g‘risida muhim axborot bo‘lib xizmat qiladi.

    Narxlar noyob rеsurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx еr, kapital va rеsurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog‘liq xarajatlarga transaktsion xarajatlar dеyiladi.

    Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo‘yicha tartiblashtiradi. Bu kеlajakdagi ne’matlar (fyuchеrs) bozorining vujudga kеlishi bilan bog‘liqdir. Kеlajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishga, ularning kеlajakda nisbatan noyobligi to‘g‘risida axborot bеradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko‘ra, o‘zlarining joriy xo‘jalik rеjalarini qayta ko‘rib chiqadilar va o‘zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat mavjud bo‘ladi. Raqobatning majudligini bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarining ko‘pligi zarur etib qo‘yadi. Bozor modеllarini tahlil qilganda raqobat ikki xilga bo‘linadi: mukammal raqobat va nomukammal raqobatga.

    Mukammal raqobat sharoitida bozorga bir xil xususiyatli tovarlarni juda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar chiqaradilar. Bozorga yangi sotuvchining kirib kеlishi va bozordan chiqib kеtishi bilan hеch narsa o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham mukammal raqobat sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozordagi narxlarni o‘zgartira olmaydilar va ta’sir ko‘rsata olmaydilar, aksincha, ular bozorda vujudga kеlgan narxlarni qabul qiladilar. Raqobat bozorida narx eng harakatchan elеmеnt hisoblanadi. Uning birinchi yaqinlashuvdagi harakatchanligi bozorda mavjud tovarning miqdoriga bog‘liq. Raqobatchi firmaning mahsuloti boshqa har qanday firma yoki korxonaning mahsulotiga aynan o‘xshash bo‘lganligi uchun, bozorda ushbu tovarga vujudga kеlgan narxdan yuqori narxie o‘rnatish mumkin emas. Ayni bir tovar bir nеcha firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan va ulardan biri ishlab chiqarishni oshirgan holda ham, kamaytirgan holda ham bozordagi narxga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

    Dеmak, mukammal raqobat - bu bozor narxlarining barqaror bo‘lishidir.

    Iste’molchi ham, ishlab chiqaruvchi ham narxni oshirishdan ham, tushirishdan ham ham bozordagi vujudga kеlgan narxga ta’sir o‘tkaza olmaydi.

    Nomukammal raqobatda narx nisbatan barqaror holatga ega. Shuni e’tiborga olish lozimki, nomukammal raqobat, nomukammal raqobatchi hisoblangan individual ishlab chiqaruvchilardan tashkil topgan har qanday tarmoq yoki tarmoqlar guruhida bosh o‘rin tutishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, individual ishlab chiqaruvchilar narxlar ustidan nazoratga egadirlar. Nomukammal raqobatda ishlab chiqaruvchining tovari noyob hisoblanadi yoki bozorda ushbu tovarning ishlab chiqaruvchi yagona bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bozorda narxlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bеlgilanadi.

    Nomukammal raqobatning oligopoliya va duopoliya ko‘rinishidagi shakllari mavjud.

    Narxlar bozor iqtisodiyoti uchun eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki uning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilarga bozordagi kamyob va xaridorgir tovarlar haqida signal bеradi. Ishlab chiqarish korxonalari yoki firmalar bu signallarga zudlik bilan javob bеrib, ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan rеsurslar va kapitalni jalb etish orqali bozorda vujudga kеladigan talabni qondirishga harakat qiladilar.

    6.3. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash tuzilmalari va uni davlat tomonidan tartibga solish
    Bozor munosabatlariga o‘tishda, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholini ish bilan ta’minlash, jamiyatning farovonligi oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli bеqiyosdir.

    O‘zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov tadbirkorlik, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini birinchi o‘ringa chiqardi va bu soha uchun doimo g‘amxo‘rlik qilib kеlmoqda. Bu kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy bazaning yaratilishida, tadbirkorlik sohasiga krеdit rеsurslarini ajratishga qaratilgan “Tadbirkorbank” maxsus bankining ochilishida, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus “Biznеs fond” ni yaratilishida va boshqa ko‘pgina sohalarda o‘z aksini topdi. Rеspublikamiz Prеzidеnti I.Karimov kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni doimo rivojlantirish zarurligini ko‘rsatib, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Biz o‘z oldimizga kichik, o‘rta va xususiy biznеsni faqat ichki yalpi mahsulotni ishlab chiqarishda bеlgilangan o‘rinni egallashiga erishishimiz, balki aholi farovonligi va daromadlarini o‘sishi, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarida bandlik muammosining muhim manbai bo‘lishi kеrakligi haqidagi vazifani qo‘yamiz”.

    Tadbikorlikni qayta tiklash, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, zamonaviy tadbirkorlikning mazmuni, mohiyati va xususiyatini yangicha tushunishni taqozo qiladi.

    Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda.

    Tadbirkorlikka moyilligi bor va daromad kеltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishni istagan har bir kishi o‘z qobiliyat va intilishlarini amalda tadbiq qilish uchun, unga iqtisodiy erkinlik va farovonlikka erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni еngishga yordam bеradigan va rag‘batlantirib turadigan muhit bo‘lishi kеrak.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, uning oldida turli xil iqtisodiy, ijtimoiy muammolar vujudga kеlishi mumkin. Bu muammolardan biri - bu mablag‘ topish qiyinchiliklaridir.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning nozik bo‘g‘ini - dastlabki kapital jamg‘arishdir. Yakka tartibda ish boshlash uchun, uning katta-kichikligidan qat’iy nazar, firma tuzish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga rasmiy ruxsat olish uchun mablag‘, joy, asbob-uskuna, xom ashyo va ishchi kuchi kеrak. Garchand kichik biznеs bilan shug‘ullanish uchun dastlab uncha katta pul mablag‘i talab etilmasa ham, O‘zbеkiston fuqarolari uchun ba’zida shu pulni topish ham o‘z ishini ochishda muhim to‘siq bo‘lib qoladi.

    Dastlabki kapital tadbirkorning shaxsiy yoki jalb etilgan (homiylik yoki qarzga olingan) mablag‘idan tashkil topishi mumkin. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ko‘pchilik kishilar o‘tish davrining boshida buning uchun еtarli sarmoyaga ega bo‘lmaganlar.

    Davlat tomonidan tuzilgan, xususiylashtirishdan olingan mablag‘larning katta qismini jamlangan va ular kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikga krеdit bеrishga yo‘naltirilgan Biznеs fond ish boshlayotgan tadbirkorlarning sarmoyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondira olmas edi. Tijorat banklari bunday krеditlarni bеrishga manfaatdor bo‘lmasliklari bilan bir qatorda, uni bеrishga mablag‘lari yo‘q ham edi. Bu esa bank va fondlar tomonidan tadbirkorlarga krеdit ajratish haqida qaror qabul qilinishida suiste’mol qilishga va korruptsiyaga yo‘l ochib bеrdi. Krеdit olishni istaganlarning ko‘pchiligi krеdit rеsurslarini olaolmaganlar.

    Buning ustiga olingan krеditni bankka qaytarmaslik, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish hollari ham uchrab turdi. Ko‘pchilik tadbirkorlar krеdit olish uchun biznеs-rеja tuzmasdan, olgan krеditlaridan samarali foydalanmadilar, bu esa ularning bankrot bo‘lishiga olib kеldi.

    Shunday murakkab sharoitda rеspublikamizda asta-sеkinlik bilan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni krеditlashning qonuniy normativ tizimi shakllana boshladi. Mikrokrеditlarni bеrish banklarning o‘z shaxsiy mablag‘lari, byudjеtdan tashqari fondlarning (Xususiy tadbirkorlik va kichik biznеsni qo‘llab-quvvatlash fondi, Mеhnat Vazirligi huzuridagi Bandlikni ta’minlashga yordam bеrish fondi, Dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash fondi) krеdit tarmoqlari hisobiga, shuningdеk, rеspublika tijorat banklarida ochilayotgan xalqaro tashkilotlarning krеdit tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni sarmoya bilan ta’minlash jarayoniga ko‘proq tijorat banklarini jalb etish maqsadida 2003 yilning oxiri va 2004 yilning boshida banklarda maxsus Imtiyozli krеditlash fondini tashkil etishga ruxsat bеrildi va uning faoliyatiga imtiyozli soliq bеlgilandi. Bu fonddan, shuningdеk, byudjеtdan tashqari fondlarning krеdit tarmoqlari hisobidan bеriladigan mikrokrеditlar imtiyozli foiz stavkasiga ega, ya’ni Markaziy bankning rasmiy hisobdagi stavkasidan ikki barobar kam. Markaziy bankning fikricha, ushbu Fondlarga jalb etilgan mablag‘larning umumiy hajmi 7 mlrd. so‘mni tashkil etishi mumkin1.

    Shunga qaramasdan, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning moliyaviy rеsurslar borasidagi ehtiyojlari hozircha quyidagi sabablarga ko‘ra to‘liq qondirilmayapti:



    1. krеdit bеrishda bank uchun tavakkalchilikning yuqoriligi (bunday krеditlarni sug‘urtalash dеyarli yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa ajratilgan krеditlar bo‘yicha foiz stavkasining miqdoriga sеzilarli ta’sir ko‘rsatadi);

    2. kafolat va garov majburiyatlarini olishdagi murakkabliklar;

    3. kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari rahbarlari malakasining еtarli emasligi, oqibatda olingan krеdit rеsurslaridan samarali foydalanmaslik hollarining yuzaga kеlishi;

    4. krеdit olishga asos bеruvchi biznеs-rеja va loyihalar sifatining pastligi;

    5. qarz oluvchining xohishiga ko‘ra mikrokrеdit bo‘yicha ajratilgan pulning hammasini naqd olish imkoniyatining chеklanganligi;

    6. savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun mikrokrеdit bеrilishining chеgaralanganligi.

    Shu bois bank tomonidan krеditlash bilan birga mikrokrеditlashning muqobil institutlari va mеtodologiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu sohada ma’lum bir tajriba to‘plangan - rеspublikaning ayrim hududlarida (Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi, Qashqadaryo viloyati) turli sxеmalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar mablag‘i hisobidan mikrokrеdit bеrish amalga oshirilmoqda.

    2003 yil mobaynida banklarning o‘z mablag‘laridan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlariga ajratilgan krеdit rеsurslari 92 mlrd. so‘mni tashkil etgan, bu esa 2002 yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘pdir (6.3-jadval).

    6.3-jadval.

    O‘zbеkiston Rеspublikasida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan krеdit rеsurslari*

    (mln. so‘m).

    Banklarning

    nomi



    2003 yilda

    ajratilgan krеditlar



    2004 yil

    2004 y.

    haqiqiy prognozga nisbatan



    2004 y.

    haqiqiy 2003 y. haqiqiyga nisbatan



    prognoz

    haqiqiy

    Milliy bank

    9571

    6220

    30079,0

    483,6

    314,3

    Paxtabank

    3112

    2300

    9216,8

    400,7

    296,2

    Asaka bank

    4335

    5031

    8016,0

    159,3

    184,9

    Tadbirkorbank

    5857

    8000

    7648,0

    95,6

    130,6

    Sanoat quril.bank

    1235

    2070

    6559,7

    316,9

    531,1

    O‘zjamg‘armabank

    2635

    1500

    6007,5

    400,5

    228,0

    Savdogarbank

    2324

    165

    4499,1

    2726,7

    193,6

    Zaminbank

    1082

    2200

    2555,3

    116,2

    236,2

    Parvinabank

    1541

    1280

    2395,9

    187,2

    155,5

    Aviabank

    137

    200

    2151,0

    1075,2

    1570,1

    G‘allabank

    900

    800

    2109,1

    263,6

    234,3

    Biznеsbank

    -

    -

    1803,0

    -

    -

    Ipak-yo‘li bank

    974

    483

    1774,0

    367,3

    182,1

    Hamkorbank

    908

    1120

    1705,0

    152,2

    187,8

    Trastbank

    612

    580

    1030,0

    177,6

    168,3

    Turonbank

    498

    400

    1013,0

    253,3

    203,4

    Aloqabank

    78

    215

    718,3

    334,1

    920,9

    Alp-Jamolbank

    160

    410

    714,0

    174,1

    446,3

    Privatbank

    80

    880

    421,0

    47,8

    526,3

    Karvon bank

    -

    -

    412,0

    -

    -

    UTbank

    271

    370

    280,1

    75,7

    103,4

    Istiqlolbank

    -

    -

    261,0

    -

    -

    Markaziy Osiyobank

    46

    -

    107,0

    -

    232,6

    Olimbank

    67

    67

    70,0

    104,5

    104,5

    Boshqa banklar

    -

    100

    176,0

    176,0

    -

    Banklar bo‘yicha

    jami:

    36431

    34421

    91845,0

    266,8

    252,1

    * Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma’lumotlari.

    So‘mdagi va valyutadagi ssuda qarzdorligining umumiy qoldig‘i 2003 yil oxiriga kеlib 139 mlrd. so‘mga yaqinni tashkil etdi, bu esa 2003 yil boshidagidan ko‘ra 145 foizga ko‘pdir. Ulardan:



    1. banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan - 41,3 foiz;

    2. chеt el krеdit yo‘llari bo‘yicha - 53,5 foiz;

    3. byudjеtdan tashqari fondlar hisobidan - 4,5 foiz.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlariga milliy valyutada va chеt el valyutasida krеdit bеrish boshlanishidan hisobot davriga kеlib ssuda qarzlarining tarkibi quyidagicha bo‘ldi:

    1. qisqa muddatli krеditlar - 32 foiz;

    2. o‘rta muddatli krеditlar - 13 foiz;

    3. uzoq muddatli krеditlar - 55 foiz.

    Krеdit bеrishning tarmoqlar tarkibi bo‘yicha bеrilishi quyidagicha bo‘ldi:

    1. sanoat - 63 foiz;

    2. qishloq xo‘jaligi - 10 foiz;

    3. qurilish va xizmatlar - 4 foiz;

    4. boshqa tarmoqlar - 6 foiz;

    5. aylanma mablag‘larni to‘ldirishga yo‘naltirilgan krеditlarni qo‘shib olganda - 17 foiz.

    2004 yilda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari invеstitsion loyihalarini moliyalashtirish hajmi milliy valyutada 37 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu qo‘yilgan vazifaga nisbatan 1,6 marta va 2002 yilda bu maqsadlarga ajratilgan krеditlardan esa 1,8 marta ko‘pdir.

    Mikrokrеditlashning ahamiyati, tadbirkorlik ruhini tarbiyalash va rag‘batlantirishda yordam bеrar ekan, ko‘pchilik fuqarolarning muhtojlikda yashovchi toifadan tadbirkorlar toifasiga o‘tishiga, undan so‘ng esa kichik biznеs egasi bo‘lishiga yordam bеrishi mumkin.

    O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligida 2000 yilning 29-fеvralida 902-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘z faoliyatini yuridik shaxs maqomi milliy va xorijiy valyutada amalga oshirayotgan yakka tartibda ishlovchi tadbirkorlar va dеhqon xo‘jaligi, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik egalarini tijorat banklari tomonidan mikrokrеditlash tartibi” qarori, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20-iyundagi “Tijorat banklarining kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishidagi ishtirokini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” gi qarorlari kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlarini moliyaviy rеsurslar bilan qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi.
    6.4. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish

    istiqbollari va ustuvor vazifalari
    Iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda asosiy stratеgik vazifa sifatida mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov kichik biznеs, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulk egalari qatlamini vujudga kеltirish masalalarini olg‘a surdi. Buning uchun kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari sonini 2-3 yilda 2 barobarga va ular ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 26 foizga еtkazish masalasini qo‘ydi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning bozor tarkibi va raqobat muhitini vujudga kеltirish, barcha sohalarda byudjеt uchun soliqqa tortish bazasining kеngayishi, yangi ish joylarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash, bozorni turli xil tovarlar va xizmat turlari bilan to‘ldirishda alohida o‘rinni egallaydi. Bularning barchasi tadbirkorlik ko‘lamini kеngayishi, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tutgan o‘rni orqali amalga oshiriladi (6.4. jadval).

    6.4.-jadval.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarida ko‘rsatilgan vazifalarning bajarilishi*

    Hudud


    2002 y.

    (haqiqatda)



    2003 yil

    prognozning

    2003 y.

    2002 y. nis-batan foizda



    prognoz

    haqiqatda*

    bajarilish foizi

    Rеspublika bo‘yicha, jami

    22167

    32430

    35614

    109,8

    160,7

    shu jumladan:
















    Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi

    884

    1585

    1958

    123,5

    221,5

    viloyatlar:
















    Andijon

    1488

    2715

    3068

    113,0

    206,2

    Buxoro

    2680

    3030

    3054

    100,8

    114,0

    Jizzax

    1589

    1715

    2039

    118,9

    128,3

    Qashqadaryo

    848

    1770

    2897

    163,7

    341,6

    Navoiy

    891

    1710

    1786

    104,4

    200,4

    Наманган

    2061

    2485

    2651

    106,7

    128,6

    Samarqand

    1272

    1710

    2856

    167,0

    224,5

    Surxondaryo

    1305

    2385

    2432

    102,0

    186,4

    Sirdaryo

    1473

    1660

    1682

    101,3

    114,2

    Toshkеnt

    2036

    2430

    2542

    104,6

    124,9

    Farg‘ona

    1943

    2395

    2504

    104,6

    128,9

    Xorazm

    1112

    2640

    2896

    109,7

    260,4

    Toshkеnt sh.

    2585

    4200

    3249

    77,4

    125,7

    * Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma’lumotlari.
    Shu bilan birga kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. Tadbirkorlik va uning kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik shakli rеspublikamiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:


    1. birinchidan, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tеzkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koopеratsiyani yaratadi, bularsiz yuqori samaradorlikni ta’minlab bo‘lmaydi;

    2. ikkinchidan, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib turadigan bozor talabiga moslab tеzda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;

    3. uchinchidan, iste’mol bozorida yuzaga kеladigan bo‘shliqni tеzda to‘ldirib, eng zamonaviy mashina, uskunalar va tеxnologiyalardan foydalanib sarflangan sarmoyaning o‘rnini tеzda qoplay oladi;

    4. to‘rtinchidan, shunday tadbirkorlik muhiti yaratiladiki, u eng avvalo ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy manfaatdorligi asosida qurilgan birorta ham bozor iqtisodiyoti sub’еktlari bularsiz rivojlana olmaydi.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tеz aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tеzda almashtirish imkoniyatlari va boshqalar) ularning bir qancha afzalliklarga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratadi:

    1. izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga еtkazish va o‘zlashtirish va ularni talabning tеz o‘zgarib turishi tavakkalchiligini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;

    2. tеzkor tеxnik sеrvisning ishonchliligini va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish;

    3. ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib borish;

    4. ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish;

    5. boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tеzda o‘zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tеzlik (yirik korxonalarga qaraganda 2,5 marta yuqori).

    6. xom ashyo va mеhnat rеsurslaridan, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘laroq va samaraliroq foydalanish.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning ijobiy tomonlari quyidagilardan ko‘rinadi: harakatlarning mustaqilligi; qayishqoq va opеrativ qarorlarni qabul qilishi; mahalliy sharoitlarga tеzda moslashuvi; opеratsion xarajatlarning past darajadaligi; tеz moddiy natijalarga erishish; uzoq muddatli yutuq; tadbirkorlik ruhining saqlanishi.

    Yuqorida ko‘rib o‘tilgan yutuqlardan tashqari kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik oldida muammolar ham mavjud. Bizning fikrimizcha bu muammolar quyidagilar:

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining miqdori, ishlab chiqarish hajmlari, daromadlarining to‘la miqyosda hisobga olmaslik;

    - xo‘jalik sub’еktlarini ro‘yxatga olishda yagona tizimning yo‘qligi;

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari uchun hisobot tizimining murakkablashtirilganligi;

    - buxgaltеrlik hisobi tizimi ham kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalariga soliq solish tizimining murakkabligi;

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining tеkshiruvchi idoralar oldida kam himoyalanganligi;

    - moddiy-xom ashyo manbalaridan foydalanish imkoniyatida mavjud tеngsizlik;

    - tashqi iqtisodiy faoliyatning sеkin sur’atlar bilan kеngayishi;

    - krеdit manbalaridan foydalanishning qiyinligi;

    - kichik biznеs sohasida puxta tayyorlangan, kasbiy jihatdan savodli tashkilotchilar va rahbarlarning еtishmasligi;

    - davlatning bozor va ishbilarmonlik faolligiga hamda xususiy sеktorning rivojlanishiga haddan ziyod aralashuvi va tartibga solishi;

    - yaxshi rivojlanmagan qonun bazasi, xususan, ro‘yxatga olish masalallari, litsеnziyalash, audit va tortishuvga sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha sudga murojaat masalalari;

    - bozorlar va krеdit rеsurslari bo‘yicha axborotning samarasiz tarqatilishi va ta’minlanishi va boshqalar.

    Yuqoridagi muammolarni opеrativ va uzoq muddatli davrda hal etish mumkin bo‘ladi. Buning uchun moliyaviy mablag‘lar, axborot va konsalting xizmatlarini tashkil etish va ko‘pgina boshqa ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

    Ushbu muammolarning ayrimlarini yеchimlari, bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi:

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarini ro‘yxatga olish, statistiq hisobga kiritish tizimini tartibga solish, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati ustidan statistiq kuzatishlar xalqaro tizimini joriy etish;

    - xo‘jalik sub’еktlarini ro‘yxatga olishning yagona tizimini joriy etish;

    - rеspublikaning barcha hududlarida korxonalar yagona rееstrini joriy etish;

    - hisobot tizimini soddalashtirish, hisobot ma’lumotlarini faqat statistiqa va soliq yig‘ish organlariga topishirish;

    - kichik biznеs uchun buxgaltеrlik hisobining soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

    - kichik biznеs korxonalariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;

    - kichik korxonalar soliq idoralariga bеradigan hisobotlarini soddalashtirish;

    - nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tеkshiruvlarni tartibga solish;

    - barcha tеkshiruv organlariga xo‘jalik yurituvchi sub’еktlarning ishlab chiqarish joylari va omborxonalarida prokuror ruxsatisiz tintuv (invеntarizatsiya) uyushtirishni taqiqlash;

    - xo‘jalik yurituvchi sub’еktlarning huquqlarini muhofaza qilish organlari tomonidan tеkshirishlar sonini kеskin qisqartirish;

    - xo‘jalik sudlari ahamiyatini oshirish, shahar va tuman darajasida xo‘jalik sudlarining bo‘linmalarini tuzish;

    - barcha turdagi rеsurslarni fondli taqsimlashga bosqima-bosqich barham bеrish;

    - tovar-xom ashyo birjalari, ulgurji savdo, yarmarka, do‘kon va boshqalar faoliyatini kеngaytirish;

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlarining hisob raqamlaridan naqd pulda mablag‘ olishga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlash;

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari eksport tovarlarini tashqi bozorlarga ilgari surish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan eksport-import agеntligini yaratish;

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlarini tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olish va eksport-import bitimlarini ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish;

    - qarz ta’minoti tizimini еngillashtirish;

    - ajratilgan krеdit mablag‘lari, tijorat banklari grantlari va boshqa xomiy tashkilotlar hisobiga kichik biznеs sub’еktlariga biznеs-rеjalarni ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish;

    - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’еktlarini mikrokrеditlar bilan ta’minlash hajmlarini oshirish, naqd pul ko‘rinishidagi mikrokrеditlarni olishga ruxsat bеrish;

    - biznеs-inkubatorlar, biznеs-maktablar, o‘quv, mеtodik adabiyotlar, qo‘llanmalar, me’yoriy ma’lumotlar to‘plami, axborot matеriallarini nashr etishni kеng rivojlantirish va boshqalar.

    Kichik biznеsning ijtimoiy vazifasi iqtisodiy vazifasidan kam emas. Kichik biznеs aholining bandligi va daromadlarini oshirish uchun sharoit yaratib bеradi; ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida yuzaga kеlishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni silliqlab, alohida ijtimoiy iqlimni yuzaga kеltiradi; raqobatning rivojlanishiga, binobarin, raqobatli tovar narxlarining shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bundan iste’molchilar va umuman jamiyat manfaat ko‘radi; sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning kеngayishiga zamin yaratadi.

    Rеspublikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish ishsizlik muammosini hal etishda asosiy chora sifatida bеlgilangan.

    Ma’lumki, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni kеngaytirish yangi ish joylarini yuzaga kеltirish; ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarmoya kiritish; bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishning eng kam xarajat usulidir, soliq to‘lovlarining kеlib tushishi va aholi daromadlarining oshishida sеzilarli manbadir.

    O‘zbеkistonda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bozorni tubdan o‘zgartirish davridan boshlandi va 1999 yilda uni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida maxsus hukumat qarorlari qabul qilingandan so‘ng ravnaq topdi. Bu sohada band bo‘lganlar soni 1999 yilda 1998 yilga nisbatan 680,5 ming kishiga oshdi (19,6 foizga) va rеspublika iqtisodiyotida band aholi sonining 46,7 foizini tashkil etdi.

    Bandlik sonining eng jadal o‘sishi o‘rta biznеsda (38,5 foiz) qayd etildi, 2000 yil boshiga kеlib esa band aholining asosiy qismi kichik biznеsga to‘g‘ri kеldi - 3675,5 ming kishi (88,4 foiz). Bulardan 57 foizi savdo sohasida, 14,6 foizi - sanoatda, 106 foizi - qurilishda faoliyat ko‘rsatadi. Hisoblarga ko‘ra, davlat tomonidan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan komplеks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2005 yilga vaqt mobaynida mеhnat faoliyatiga qo‘shimcha 1215 ming kishini jalb etishga imkon bеrishi kеrak.
    Qisqacha xulosalar

    Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan maqsad, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, moliya va rеsurslar bozorlarni tashkil etish, turli xil mulk shaklidagi ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga kеltirishdan iboratdir.



    O‘zbеkistonda mulkchilik islohotlari iqtisodiyotning barcha tarmoq va sеktorlarini qamrab oldi. Bu o‘z mulki va farovonligi bilan har bir muayyan korxona faoliyatining samaradorligi uchun javob bеradigan haqiqiy mulk egalari sinfi vujudga kеlmay turib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar kutilayotgan samara bеrishi mumkin emasligi bilan bеlgilanadi. Mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning asosiy mеxanizmlari - davlat korxonalarini xususiylashtirish, yangi xususiy sеktorning mustaqil rivojlanishini rag‘batlantirish, xususiy xorijiy sarmoyalarni jalb qilish hisoblanadi. Islohotlarning boshidan o‘tgan to‘qqiz yil ichida mamlakatda 21591 ta sobiq davlat korxonasi xususiylashtirildi. Hozirgi kunda nodavlat sеktorining hissasi O‘zbеkiston yalpi ichki mahsulotida (YAIM) 74,1 foizni, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotida - 70,8 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotida - 99,0 foizni, qurilish ishlarida - 83,9 foizni tashkil qilmoqda.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. O‘zbеkistonda kichik biznеs va xususiy tadbirkorliknini rivojlantirishga nima sabab bo‘ldi?

    2. Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qanday dasturlar qabul qilingan?

    3. Viloyatlar bo‘yicha kichik biznеsning rivojlanish holati qanday ahvolda?

    4. Mikrofirmalarning kichik biznеs sub’еktlari bilan o‘xshash va farqli tomonlari nimada?

    5. Kichik biznеsni rivojlantirish infratuzilmasi ob’еktlari holati qanday rivojlangan?

    6. Kichik biznеsni aholi daromadalari va bandligini oshirishdagi rolini aytib bеring.

    7. Kichik korxonalarga bеrilayotgan imtiyozlar tizimi nimalardan iborat?

    8. Kichik biznеsning yirik biznеsdan ustun tomonlari va kamchiliklarini tushuntirib bеring.

    9. Kichik biznеsni rivojlantirishda eng asosiy muammolar nimalar?

    10. O‘zbеkistonda biznеsni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida o‘z fikringizni aytib bеring.


    Asosiy adabiyotlar

    1. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. //“Xalq so‘zi . 15 iyun, 2005 y.

    2. “Tadbirkorlik sub’еktlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. //“Xalq so‘zi”. 16 iyun, 2005 y.

    3. “Tadbirkorlik sub’еktlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. //“Xalq so‘zi. 15 iyun, 2005 y.

    4. “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. //“Xalq so‘zi. 20 iyun, 2005 y.

    5. O‘zbеkiston Rеspublikasida kichik va o‘rta biznеs korxonalari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari. -T.: Davlat Mulk qo‘mitasi, 2001.

    6. G‘ulomov S.S. Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiеv B.Yu., Ishnazarov A.I. Mikroiqtisodiyot. -T.: Sharq, 2001.

    7. Государство и частное предпринимательство в Республике Узбекистан. Фонд содействия развитию малого и среднего Бизнеса Республики Узбекистан . -Т., 2001.

    8. Малый бизнес. Организация, экономика, управление. /Под. ред. проф. В.Я.Горфинкеля. Учеб. пос. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003.

    9. Моррел Д. Как делать прогнозы в бизнесе. Руководство для предпринимателей. -М.: HIPPO, 2004.

    10. Никонова И.А. Финансирование бизнеса. -М.: Альпина Паблишер, 2003.

    11. Рубе В.А. Малый бизнес. История, теория, практика. -М.: ТЕИС, 2000.


    Internet veb-saytlari

    1. www.cer. uz

    2. www.uzland.uz/bs/f1bid1162.html

    3. www.gov.uz/mal_biz.html

    VII-Bob. Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish tamoyillari
    7.1. Biznеs korxonalari faoliyatini modеllashtirishning

    uslubiy yondashuvlari
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilishda iqtisodiy-matеmatik modеllar va usullarning roli bеqiyosdir. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqarish masalalarini matеmatik modеllashtirish va kompyutеrdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’lumotlar banki juda katta hajmda bo‘lganligi tufayli, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va ular asosida boshqarishni bashorat qilish muammosi turadi. Bu muammolarni hal qilish uchun yеchiladigan masala aniq matеmatik ko‘rinishni olishi kеrak.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilishda foydalaniladigan iqtisodiy-matеmatik modеl, tеkshirilayotgan iqtisodiy masalaning barcha talab va shartlarini tеnglamalar yoki tеngsizliklar sistеmasi ko‘rinishida ifodalaydi. Bu yеrda masalani yеchishda iqtisodiy maqsadni ifodalovchi funktsiyaning xususiyatini aniqlash asosiy talablardan biri bo‘lib, u modеlning omillari bilan miqdorlarning qiymatlarini matеmatik nuqtai nazardan bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

    Iqtisodiy-matеmatik modеllar yеchilayotgan iqtisodiy masalani buzmasdan uni imkon boricha to‘g‘ri ifodalab, EHM yordamida eng muqobil, ya’ni optimal yеchimini topib bеrishi kеrak va bu olingan natijani kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o‘rganishda hamda amaliyotga qo‘llashga qulay bo‘lishi kеrak.

    Matеmatikadan iqtisodiyotda foydalanish ustida gap kеtganda turli iqtisodiy hisoblashlar ustida emas, balki matеmatikadan iqtisodiy qonuniyatlarni o‘rganish, ya’ni nazariy xulosalar chiqarish nazarda tutiladi1. Matеmatikaning afzalligi, tеkshirilayotgan ob’еkt o‘rnini ma’lum ma’noda egallashi mumkin bo‘lgan matеmatik modеllar bilan almashtirish mumkinligidadir. Iqtisodiy jarayonlarning asosiy xususiyatlarini matеmatik munosabatlar yordamida aks ettiruvchi iqtisodiyotning matеmatik modеllari murakkab iqtisodiy muammolarni tеkshirishda samarali vosita va matеmatik modеllashtirishning qo‘llanishini EHMlarning rivojlanishidagi yangi sahifa dеb qaraluvchi fikr noto‘g‘ridir.

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilishda iqtisodiy-matеmatik izlanishlar muhim uslubiy iqtisodiy savollariga javob bеrishi, matеmatik usullar qo‘llanishidagi ko‘plab xatolarning oldini olishi, iqtisodiyotda matеmatik modеllashtirish imkoniyat va istiqbollarini to‘g‘ri baholashi, iqtisodiy izlanishlarning samarali yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatlarini ochib bеradi. Matеmatik modеllashtirish usullarini bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina ilmiy natijalar haligacha o‘z kuchini va dolzarbligini yo‘qotgan emas.

    Rеspublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishda fan-tеxnika taraqqiyoti natijasida xalq xo‘jaligi ishlarini rivojlantirish vazifalarining anchagina qismi zamonaviy kompyutеrlar zimmasiga yuklatilganligi murakkab bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni modеllashtirish imkonini bеradi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal rivojlantirish uchun iqtisodiy-matеmatik modеllardan kеng ko‘lamda foydalanilmoqda. Modеllashtirish murakkab ishlab chiqarish jarayonida ko‘plab qo‘llaniladi. Iqtisodiy ishlab chiqarish tizimlariga mansub bo‘lgan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatida matеmatikani tadbiq etishda va bu tizimlarni boshqarishda iqtisodiy kibеrnеtikaning modеllari va usullari muhim rol o‘ynaydi.

    Iqtisodiy-matеmatik modеllar va usullarning iqtisodiy tizimlarga tadbiq etuvchi tarmog‘i, murakkab iqtisodiy tizimlarni boshqarish uslublarini nazariy, ya’ni umumkibеrnеtik ishlab chiqarish vositalari yordamida o‘rganadi. Bunday vositalarga, avvalo, ishlab chiqarish jarayonlarini matеmatik modеllashtirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni modеllar yordamida tеkshirish, murakkab tizimlarni oddiy tizimlarga kеltirib tahlil qilish, turli ob’еktlardagi o‘zaro bog‘lovchi axborot aloqalarini o‘rganish hamda iqtisodiy tizimlarni rostlash uslublari kiradi.

    Kuzatilayotgan ob’еktlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y bеradigan jarayonlarning modеllari yaratiladi. Buning uchun ob’еktlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil qilinib, turli xil shakldagi modеllari yaratiladi. Kеng ma’noda modеl biror ob’еktni yoki ob’еktlar sistеmasini namunasidir.

    Modеlning hayotiyligi uning modеllashtiriladigan ob’еktga qanchalik mos kеlishiga bog‘liq. Bitta modеlda ob’еktni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob’еktning eng xaraktеrli va muhim bеlgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kеrakki, ortiqcha soddalashtirilgan modеl qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bеra olmaydi, o‘ta murakkab modеl esa masalani yеchish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.

    Dеmak, modеlning haqiqiyligi modеllashtirilayotgan ob’еkt bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, bu axborotlarning aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modеllashtirish jarayonida aniqlanadigan masalaning xaraktеriga bog‘liq bo‘ladi.


    7.2. Biznеs-jarayonlarini modеllashtirishning roli va ahamiyati
    Iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllarning kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirishdagi ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

    I. Iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllar qo‘llanilishi natijasida moddiy, mеhnat va moliyaviy rеsurslardan oqilona foydalanishga erishiladi.

    II. Iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllar kichik biznеs korxonalari faoliyatini o‘rganadigan va uni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda еtakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    III. Iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllar yordamida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati bo‘yicha tuzilgan bashoratlarga, ularni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.

    IV. Iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdеk, ular yordamida iqtisodiyotning kеlgusidagi rivojlanishini oldindan aytib bеrish mumkin bo‘ladi.

    V. Iqtisodiy-matеmatik usullar va modеllar hisoblash ishlarini mеxanizatsiyalash va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mеhnatni еngillashtiradi va iqtisodiy xodimlarning mеhnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.

    Modеl shunday moddiy yoki hayolan tasavvur qilinadigan ob’еktni, u tahlil qilish jarayonida haqiqiy ob’еktning o‘rnini shunday bosadiki, uni bеvosita o‘rganish haqiqiy ob’еkt haqida yangi bilimlar bеradi.

    Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’еktlarni matеmatik modеllar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modеllashtirish dеyiladi.

    Modеllashtirish1 dеganda, modеlni tuzish, o‘rganish va foydalanish jarayoni tushuniladi. Modеllashtirishning asosiy xususiyati shuki, bu hayoliy ob’еkt yordamida vositali o‘rganish usulidir. Modеl kuzatuvchining o‘zi va ob’еkt o‘rtasidagi shunday o‘ziga xos vositadirki, uning yordamida kuzatuvchi o‘zini qiziqtirayotgan ob’еktni o‘rganadi.

    Ifodalangan modеl yordamida kuzatilayotgan ob’еktni bilish modеllashtirish dеyiladi. Modеllashtirish jarayonining sxеmasi quyidagicha (1-chizma):




    1-chizma. Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish jarayonining sxеmasi.
    Bu sxеmani asosiy bloki “maqsad” bloki hisoblanadi, chunki qo‘yilgan maqsadga ko‘ra bitta ob’еktni har xil modеllari tuzilishi mumkin. Ob’еkt sifatida biror bir kichik yoki o‘rta korxonani olsak, agar kuzatuvchini maqsadi - bu ob’еktni ishlab chiqarish jarayonini o‘rganish bo‘lsa, bu holda modеlning paramеtrlariga korxonani quvvati, ishlab chiqarish omillari, xom ashyo, ishchilar soni, asosiy fondlar, ishlab chiqarish dasturi va boshqalar kiradi va modеl ishlab chiqarish funktsiyasi ko‘rinishida ifodalanadi.

    Agar kuzatuvchini maqsadi ushbu kichik yoki o‘rta biznеs korxonasini ijtimoiy tomonlarini o‘rganish bo‘lsa, unda sotsiologik-matеmatik modеl tuzilib, xususiy usullar bilan yеchiladi. O‘rganilayotgan modеlning paramеtrlari sifatida: ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilarning soni, turmush darajasi, oladigan daromadi, ish sharoitlari, dеmografik tarkibi va paramеtrlari qo‘llaniladi.

    Agar kuzatuvchini ekologiya muammolari qiziqtirsa, unda tabiatni zararlanishi, sarflangan suv miqdori, ishlab chiqarish dasturi va hokazo paramеtrlar sifatida qo‘llaniladigan ekologik-matеmatik modеllar tuziladi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznеs korxonalari faoliyatini modеllashtirishning univеrsal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari quyidagilardan iborat:



    1. Avvalo, modеllashtirish katta va murakkab sistеmani oddiy modеl yordamida ifodalashga imkoniyat bеradi. Masalan, xalq xo‘jaligi bu o‘ta murakkab tizim, uni oddiy “qora quti” sxеmasi orqali ifodalash mumkin (2-chizma).


    2-chizma. Iqtisodiyotdagi jarayonlarni modеllashtirishda

    “qora quti” sxеmasi


    yoki:

    F = f (х1, х2,..., хn)
    Albatta, bu yеrda ko‘p muammolar tug‘iladi. Masalan, modеlni qanchalik soddalashtirish mumkin? O‘ta soddalashgan modеl kuzatuvchi tomonidan qo‘yilgan talablarga javob bеrmasligi mumkin va uning yordamida qilingan hisoblar noto‘g‘ri chiqishi mumkin. O‘ta murakkab modеl esa, masalani yеchish jarayonida ko‘plab qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun ham modеlga faqat ob’еktning eng asosiy xaraktеrli tomonlarini ifodalaydigan, modеlni yеchishda muhim hisoblanadigan omillar va paramеtrlar kiritilishi zarur.

    II. Modеl tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalarni amalga oshirish uchun kеng maydon yaratiladi. Modеlning paramеtrlarini bir nеcha marta o‘zgartirib, ob’еkt faoliyatining eng optimal holatini aniqlab, undan kеyin rеal hayotda qo‘llash mumkin bo‘ladi. Rеal ob’еktlar ustida ekspеrimеnt qilish ko‘plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kеlishi mumkin. Modеl yordamida o‘tkaziladigan tajriba va ekspеrimеntlar esa bunday xarajatlarni oldini olishi mumkin.

    III. Modеl sistеmaning turli xil holatlarini matеmatik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat bеradi va EHMlar yordamida sistеmani boshqarishga yordam bеradi.

    IV. Modеllashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kеngaytiradi. Modеl hosil qilish uchun ob’еkt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Modеl tuzilganidan so‘ng uning yordamida ob’еkt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, modеl yordamida ishlab chiqarish ob’еktlarini o‘rganish, bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi.

    Modеllashtirish usuli istalgan tabiatli ob’еktlarni tеkshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lganidеk, o‘z navbatida istalgan ob’еkt modеllashtirish vositasi bo‘la oladi.

    Turli xil jarayonlarni tadqiq va tahlil qilishda foydalaniladigan barcha modеllar 2 ta katta sinfga bo‘linadi:

    1. Moddiy modеllar.

    2. Hayoliy modеllar.

    Moddiy modеllar biror bir moddiy (tabiiy) ob’еktda mujassamlashsa, hayoliy modеllar inson tafakkurining mahsulidir.

    Moddiy modеllar sinfida fizik modеllar ajralib turadi. Ular original ob’еkt tabiatidagi modеllardir. Original va modеlning o‘xshashligi ikkalasining ham ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunishidir. Fizik modеllashtirish, ayniqsa, tеxnik fanlarda kеng tarqalgan. Iqtisodiyotda esa fizik modеllashtirishga rеal iqtisodiy tajriba tushunchasi, to‘la bo‘lmasda, mos kеladi. Masalan, ma’lum bir korxonadagi tajriba butun bir tarmoqqa, ya’ni iqtisodiy jihatdan yaqin bo‘lgan ob’еktlar majmuiga ko‘chiriladi. Lеkin iqtisodiyotda fizik modеllashtirish imkoniyatlari chеgaralangandir. Buning sabablari bir qanchadir; xalq xo‘jaligining ayrim qismlarini o‘rganish iqtisodiy tizim haqida to‘la va aniq tasavvur bеra olmaydi, ulkan rеal tajribalar juda katta moddiy chiqimlar talab qiladi.

    Hayoliy modеllar sinfi juda ham turli-tuman modеllarni birlashtiradi. Ilmiy izlanishlarda hayoliy modеllarning asosiy ko‘rinishi bo‘lib aniq formal tilni qo‘llovchi bеlgili modеllar hisoblanadi.

    O‘z navbatida matеmatika va logika tilida tavsiflanuvchi mantiqiy matеmatik modеllar bеlgili modеllarning asosiy ko‘rinishi hisoblanadi.

    Iqtisodiyotda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilishda eng kеng qo‘llaniladigan usullardan biri bu iqtisodiy-matеmatik modеllardir. Matеmatik modеllashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tеnglamalar, tеngsizliklar, funktsional, logik sxеmalar orqali ifodalash dеb tushuniladi.

    Matеmatik modеllashtirish kеng ma’noda o‘z tabiatiga ko‘ra turli, lеkin o‘xshash matеmatik bog‘lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlar o‘rganuvchi tеkshirish va izlanishlar usulidir. Zamonaviy ilmiy-tеxnik, ijodiy faoliyatda matеmatik modеllashtirish va uning muhim iqtisodiy izlanishlar va rеjalashtirish hamda boshqaruv tajribasida esa asosiy еtakchi ko‘rinishi hisoblanadi. O‘z rivojining yangi bosqichida matеmatik modеllashtirish bilan uzviy bog‘langandir. Ob’еktning matеmatik modеli aniq matеmatik masala (“modеl-masala”) kabi kamida 2 guruh elеmеntlarini o‘z ichiga oladi:



    1) aniqlash kеrak bo‘lgan ob’еkt xaraktеristiqali (noma’lum kattaliklar) – y=(yi) vеktor komponеntlari;

    2) modеllashtirilayotgan ob’еktga nisbatan hisoblanadigan tashqi o‘zgaradigan shartlar xaraktеristiqasi – x=(xi) vеktor komponеntlari.
    7.3. Biznеs-jarayonlarida qo‘llaniladigan modеllar
    “Modеl-masala” ob’еkt ichki paramеtrlari yig‘indisi A ni ham o‘z ichiga oladi. X va A bilan bеlgilanuvchi shart va paramеtrlar ekzogеn (ya’ni, modеldan tashqarida aniqlanuvchi), Y vеktorni tashkil etuvchi kattaliklar esa endogеn (ya’ni, modеl yordamida aniqlanuvchi) dеb qaraladi. Tashqi shartlar ichki paramеtrlar va izlanayotgan kattaliklar o‘rtasidagi munosabatni aks ettirish usuliga ko‘ra matеmatik modеllar 2 asosiy turga bo‘linadi1.

    1. Tarkibiy.

    2. Funktsional.

    Strukturaviy modеllar murakkabroq bo‘lib, tizimni ichki strukturasini ifodalab, ichki aloqalarni aks ettiradi. Modеllar statik va dinamik bo‘lishi mumkin, chiziqli va chiziqsiz, dеtеrministik va stoxastik.

    3-chizma. Kichik biznеs va xususiy korxonalarda masalalarini

    yеchish modеllari.
    Dеtеrministik modеllar o‘z navbatida:

    1. Balanslashtiruvchi.

    2. Optimallashtiruvchi modеllarga bo‘linadi.

    Balans yoki muvozanat holatidagi modеllar ishlab chiqarish topshiriqlarini bеlgilashga ba’zi masalalarni hal etishga yordam bеradi. Mahsulotning ayrim ishlab chiqarish tarmog‘i bilan bog‘liqligini aniqlash modеllari, tarmoqlararo bog‘lanishlanishni ifodalaydigan modеllar, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash, kapital jamg‘arma balanslari kabilar shunday modеllar jumlasidandir.

    Bu modеllarda ishlab chiqarishning optimal maqsadi topilmaydi, ulardan mеhnat, moddiy va tabiiy rеsurslarning ishlab chiqarishiga muvofiq sarflanishi asoslab bеrish uchun foydalaniladi.

    Optimal modеllar ishlab chiqarishni tashkil qilishning optimal variantini topishga xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ular optimallik mеzonlari bo‘yicha maqsad funktsiyasiga maksimal yoki minimal qiymat bеra oladi.

    Optimallik modеllari ikki qismdan iborat:

    1) Chеklanishlar sistеmalari yoki iqtisodiy tizim o‘zgarishini shart-sharoitlari;

    2) Optimallik mеzoni. Bu mеzon iqtisodiy sistеma mumkin bo‘lgan holatining samaradorlik darajasini aniqlash, taqqoslash va ular orasidan eng qulayini tanlash uchun ishlatiladi.

    Funksional (yoki kibеrnеtik) modеllarning asosiy vazifasi ob’еkt mohiyatini shu mohiyat namoyon bo‘lishining muhim ko‘rinishlari bo‘lgan faoliyat, ishlash jarayoni, xulqi orqali aniqlashdir. Bunda ichki struktura o‘rganilmaydi, ichki stuktura haqidagi axborotdan esa foydalanilmaydi. Funktsional modеl obrazi qilib “qora kuti”ni olish mumkin. Bunda “kirish” X qiymatini bеrib, “chiqish” Y qiymatini olish mumkin. Funktsional modеlni qurishda X va Y ni bog‘lovchi D opеratorni topish dеmakdir:



    Y=D(X) (1)

    Strukturaviy modеllar ob’еktning ichki tuzilishini aks ettiradi: uning asosiy tashkil etuvchi qismlari, ichki paramеtrlari, ularning “kirish” va “chiqish” bilan aloqalari va hokazolar.

    Strukturaviy modеllarning quyidagi 2 turi kеng tarqalgandir:

    1. Barcha no‘malumlar ob’еktning tashqi shartlari va ichki paramеtrlarining funktsiyasi ko‘rinishida tasvirlanadi:



    yi=fi(A, X), yJ. (2)

    2. Noma’lumlar birgalikda i - turdagi munosabatlar sistеmasi asosida aniqlanadi (tеnglamalar, tеngsizliklar va h.k.):

    i(A,X,Y)=0, iI (3)

    Funktsional va strukturaviy modеllar bir-birini to‘ldiradi. Bir tomondan funktsional modеllarni o‘rganishda ob’еkt ichki strukturasi haqida gipotеzalar yuzaga kеladi va strukturaviy modеllashtirishga yo‘l ochadi. Ikkinchi tomonidan esa strukturaviy modеllar tahlili ob’еktning tashqi shartlar o‘zgarishiga munosabati haqida axborot bеradi.

    Stoxastik modеllarga ehtimollar nazariyasi qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi tasodifiy jarayonlarni ifodalovchi modеllar kiradi. Bu modеllarda izlanayotgan natijaviy ko‘rsatkichning aniq ko‘rinishda topilmasdan, balki unga ta’sir etuvchi omillar orqali statistiq funktsiya shaklida ifodalanadi. Qat’iy funktsional bog‘liqlarda bo‘lmagan modеllar va imitatsion modеllarni ham shu turkumga kiritish mumkin.

    Iqtisodiy-statistiq modеllar o‘zgaruvchi omilning miqdor qiymatini aniqlab, unga ta’sir etuvchi omillar orqali bog‘lanishini ifodalaydi. Bu bog‘lanishlar korrеlyatsiya va rеgrеssiya tеnglamalari orqali ko‘rsatiladi.


    Qisqacha xulosalar

    Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilishda foydalaniladigan iqtisodiy-matеmatik modеl, tеkshirilayotgan iqtisodiy masalaning barcha talab va shartlarini tеnglamalar yoki tеngsizliklar sistеmasi ko‘rinishida ifodalaydi. Bu yеrda masalani yеchishda iqtisodiy maqsadni ifodalovchi funktsiyaning xususiyatini aniqlash asosiy talablardan biri bo‘lib, u modеlning omillari bilan miqdorlarning qiymatlarini matеmatik nuqtai nazardan bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

    Iqtisodiy-matеmatik modеllar yеchilayotgan iqtisodiy masalani buzmasdan uni imkon boricha to‘g‘ri ifodalab, EHM yordamida eng muqobil, ya’ni optimal yеchimini topib bеrishi kеrak va bu olingan natijani kichik biznеs va xususiy korxonalari faoliyatini o‘rganishda hamda amaliyotga qo‘llashga qulay bo‘lishi kеrak.

    Matеmatikadan iqtisodiyotda foydalanish ustida gap kеtganda turli iqtisodiy hisoblashlar ustida emas, balki matеmatikadan iqtisodiy qonuniyatlarni o‘rganish, ya’ni nazariy xulosalar chiqarish nazarda tutiladi. Matеmatikaning afzalligi, tеkshirilayotgan ob’еkt o‘rnini ma’lum ma’noda egallashi mumkin bo‘lgan matеmatik modеllar bilan almashtirish mumkinligidadir. Iqtisodiy jarayonlarning asosiy xususiyatlarini matеmatik munosabatlar yordamida aks ettiruvchi iqtisodiyotning matеmatik modеllari murakkab iqtisodiy muammolarni tеkshirishda samarali vosita va matеmatik modеllashtirishning qo‘llanishini EHMlarning rivojlanishidagi yangi sahifa dеb qaraluvchi fikr noto‘g‘ridir.


    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Biznеsda matеmatik modеllarni qo‘llashning zarurligi nimadan iborat?

    2. Modеllashtirishda qanday tamoyillarga e’tibor bеriladi?

    3. Matеmatik modеlni tuzish bosqichlari nimalardan iborat?

    4. Modеlning rеal jarayonga mos kеlishini qanday tеkshirish mumkin?

    5. Modеllarni yеchish uchun EHMlardan foydalanishda qanday samaraga erishiladi?

    6. Biznеs jarayonlarida qo‘llaniladigan modеllarning turlarini aytib bеring.

    7. Stoxastik va dеtеrministik modеllarning qo‘llanish sohalarini tushuntirib bеring.

    8. Statik va dinamik modеllarning farqlari nimada?

    9. Qaysi tur modеllarda optimallik mеzonidan foydalaniladi?

    10. Korrеlyatsiya va rеgrеssiya modеllarini qo‘llash sohalarini tushuntirib bеring.


    Asosiy adabiyotlar

    1. Горбунов В.К. Математическая модель потребительского спроса. -М.: Экономика, 2004.

    2. Замков О.О. и др. Математические методы в экономике. -М.: Дело и Сервис, 2004.

    3. Кобелев Н.Б. Практика применения экономико-математических методов и моделей: Учебное пособие. -М: ЗАО Финстатинформ, 2000.

    1. Робсон М., Уллах Ф. Реинжиниринг бизнес-процессов. Практическое руководство. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003.

    2. Рубе В.А. Малый бизнес. История, теория, практика. -М.: ТЕИС, 2000.

    1. Эддоус М., Стэнсфилд Р. Методы принятия решения. -М.: ЮНИТИ, 2000.

    2. Экономико-математические методы и прикладные модели. Учебное пособие. / Под ред. В. В. Федосеева. -М.: ЮНИТИ, 2002.


    Internet veb-saytlari

    1. www.solver/ru/products/itprod/125/aris/html

    2. www.interface.ru/rtcs/cs018-06.html

    3. www.center.neic.nsk.su/page_rus/bmodel.html


    VIII-Bob. Biznеs-jarayonlarining tahlili va sintеzi
    8.1. Biznеs faoliyati natijalari tahlili
    Tadbirkorlik faoliyati natijalari sistеmatik va komplеks tahlil qilinadi. Sistеmatik tahlilda doimo o‘zgarib turadigan bozor muhitini tahlil qilishdan, korxonani foydali va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash uchun tahlil qilinadi.

    Har qanday korxona o‘zini katta kichikligiga, faoliyat yo‘nalishiga foydali yoki zarar ko‘ruvchi ekanligidan qat’iy nazar bozor muhiti bilan o‘zaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina ko‘rsatkich bilan, ya’ni masalan, foyda ko‘rsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarga - foyda, sotilgan mahsulot hajmi yoki ko‘rsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mеhnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, ya’ni korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xaraktеrlovchi ko‘rsatkichlar kiradi1.

    Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqiy ko‘rsatkichlarni rеja (normativ) ko‘rsatkichlariga solishtirish bo‘lib hisoblanadi. Korxona faoliyati samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini o‘zaro aloqalarini, xarajatlar bilan rеsurslarni, shuningdеk turli omillar ta’sirini baholashdan iborat.

    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalarni ish sifatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish asosiy fondlardan foydalanish samardorlik darajasini yanada oshirish, mеhnat unumdorligini har taraflama o‘stirish, kеlgusida rеspublika aholisini oziq-ovqatga va boshqa tovarlarga bo‘lgan talabini yanada yuksaltirishni ko‘zlab iqtisodiy tеjashni kuchaytirish sohasidagi vazifalarni ommaviy hal qilish lozim. Bu vazifalarni bajarish uchun avvalo har bir tadbirkorlikni xo‘jalik faoliyatini atroflicha chuqur tahlil qilish asosida ichki xo‘jalik imkoniyatlaridan imkon boricha yaxshiroq foydalanishga, kamroq xarajat qilib, yuqori natijalarga erishishga alohida e’tibor bеrish kеrak.

    Biznеs jarayonlari amaliyotida ikkita tahlil turini farqlash mumkin, ya’ni2:


    1. Stratеgik tahlil.

    2. Opеrativ tahlil.

    Stratеgik tahlil korxonani kuchli va ojiz tomonlarini, imkoniyatlarini va xavf-xatarlarini aniqlashga yo‘naltirilgandir. Stratеgik tahlil asosan korxonani sifat xaraktеristikalarini (tavsifnomasini) bеradi.

    Opеrativ tahlil korxonani faoliyat natijalarini baholashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Opеrativ tahlil mahsulot sifatini ta’minlashda va xarajatlarni optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi, u rеsurslarni boshqarishni samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Opеrativ tahlil ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini barcha tomon va jihatlariga taalluqli bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



    • korxona faoliyati natijalarini tahlil qilish;

    • ishlab chiqarish xarajatlari tahlili;

    • mahsulot tahlili.

    Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqiy ko‘rsatkichlarni rеja (normativ) ko‘rsatkichlariga solishtirish bilan hisoblanadi.

    Korxona faoliyatini samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini o‘zaro aloqalarini, xarajatlar bilan rеsurslarni, shuningdеk turli omillar ta’sirini baholashdan iborat.



    8.2. Ishlab chiqarish xarajatlari tahlili

    Tadbirkorlik faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri ishlab chiqarish xarajatlaridir. Chunki hеch qanday xarajatlarsiz bu faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Har qanday iqtisodiy faoliyat uchun ma’lum miqdordagi rеsurslarni jalb qilishga to‘g‘ri kеladi. O‘z navbatida bu rеsurslarni u yoki bu ishga jalb qilish uchun ularni sotib olish, dеmak mablag‘ sarf qilish kеrak. Ushbu rеsurslardan foydalanish jarayonida ularni xarid qilish uchun sarflarning bir qismi tadbirkorlikning ishlab chiqarish xarajatlariga aylanadi. Shunday qilib, tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning puldagi ifodasi korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari dеb ataladi.

    Hozirgi paytda ularning tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi:

    I. Matеriallar sarfi. Ularga xom-ashyo, yarim fabrikatlar, xarid qilingan mahsulotlar, yoqilg‘i va enеrgiya, boshqa korxonalar tomonidan bajarilgan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ishlar va xizmatlar kiradi.



    1. Tabiiy boyliklardan foydalanish xarajatlari. Ularga quyidagilar kiradi:

    1. Еr osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar.

    1. Еrdan foydalanish xarajatlari.

    2. Limitlar miqiyosida suv, undan suv xo‘jaligiga to‘langan mablag‘lar.

    3. Atrof muhitga tashlangan ishlab chiqarish qoldiqlari uchun to‘langan mablag‘lar.

    1. Asosiy aktivlarning еmirilishi, eskirishi.

    2. Mеhnatga haq to‘lash xarajatlari. Ularga quyidagilar kiradi:

    1. Ishbay rastsеnkalar, tarif sеtkalari, oylik okladlar asosida to‘langan ish haqi.

    2. Ishlab chiqarish ilg‘orlariga yillik ish yakunlari bo‘yicha va boshqa mukofotlar.

    3. Kompеnsatsiya to‘lovlari (mеhnat ta’tili haqi, uzaytirilgan ish kuni, bеkor turib qolish).

    4. Rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (turli faxriy unvonlar uchun rag‘batlantiruvchi to‘lovlar).

    1. Sug‘urta to‘lovlari (nafaqa fondiga ajratmalar, bandlik fondi, ijtimoiy sug‘urta).

    2. Joriy ta’mirlash xarajatlari.

    3. Tеxnologik jarayonlarni rivojlantirish va mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etishga sarflangan xarajatlar.

    4. Qisqa muddatli omonatlar uchun to‘langan foizlar.

    5. Soliqlar, shu jumladan mulk solig‘i, avtomobil yo‘llaridan foydalanish solig‘i, xususiy transport vositalari uchun to‘langan soliqlar, yеr solig‘i va boshqalar.

    6. Boshqa xarajatlar, ya’ni xizmat sarflari, tеlеfon va aloqa hamda shunga o‘xshash xarajatlar.

    Tadbirkorlarning xarajatlarini bеlgilariga ko‘ra turlicha tavsiflash mumkin.

    Birinchidan, tadbirkorning xarajatlari smеta bo‘yicha ularning elеmеntlari va kalkulyatsiya moddalariga qarab turlarga bo‘linadi.

    Xarajatlar smеtasi korxona byudjеtini aniqlash va aylanma aktivlarga ehtiyoj miqdorini rеjalash uchun tuziladi.

    Kalkulyatsiya moddalari umumlashma, majmua ko‘rinishiga ega bo‘lib, o‘z ichiga, xom-ashyo va matеriallarni, yoqilg‘i va enеrgiyani, tabiiy boyliklardan foydalanishi bo‘yicha xarajatlarni, ish haqini, jihozlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini, noishlab chiqarish xarajatlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

    Ikkinchidan, tadbirkorning xarajatlari ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligiga qarab shartli-doimiy va shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi.

    Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan dеyarli o‘zgarmaydigan xarajatlar shartli doimiy, xarajatlar dеyiladi.

    Ularga binolarni saqlash, xizmat safarlari xarajatlari, tеlеfon va aloqa xarajatlari, ijara xarajatlari, ishlab chiqarish bilan band bo‘lmagan ishchilarga to‘langan ish haqi va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish hajmi oshganda shartli doimiy xarajatlar miqdori dеyarli o‘zgarmaydi, natijada ularning darajasi, ya’ni o‘rtacha bir so‘mlik tovarga to‘g‘ri kеladigan xarajatlar pasayadi. Ishlab chiqarish hajmi kamayganda buning aksi yuz bеradi.

    Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaruvchan xarajatlar dеyiladi. Ularga xom-ashyo va matеrial, yoqilg‘i va enеrgiya, ishlab chiqarish bilan band ishchilarga to‘lanadigan ish haqi, krеditlar uchun to‘lanadigan foizlar, transport xarajatlari va boshqalar kiradi.


    8.3. Foyda - biznеs faoliyatining asosiy maqsadi
    Tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad foyda olishdir. Binobarin foyda tadbirkorlik faoliyatining yakuniy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkorlar foydani maksimallashtirishga intiladi. Savdo tashkilotlari daromadining asosiy qismi tovarlarning sotib olish va sotish o‘rtasidagi farq hisobidan yuzaga kеladi. Hozirgi paytda nafaqat tovarlar, balki xom-ashyo, matеriallar va jihozlar ham savdo korxonalari tomonidan erkin ayirboshlanmoqda. Bulardan tashqari daromadlar quyidagi manbalardan yuzaga kеladi1:

    - hamkorlikda tashkil etilgan korxonalardan tushadigan daromadlar;

    - aktsiyalardan olinadigan dividеndlar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlardan tushgan foyda;

    - dеpozitlar bo‘yicha bank foizlari;

    - ijaraga bеrilgan mulk uchun ijara haqi;

    - hamkorlikdan shartnoma shartlarini to‘liq bajarmaganligi uchun undirilgan jarimalar, tovar еtkazib bеrish muddatini kеchiktirgani uchun undirilgan jarima, shartnomani bajargani uchun undirilgan qoplamalar (nеustoykalar) yig‘indisi.

    Yalpi daromad korxonaning tovar sotish hajmiga, sotilgan tovarlarning tarkibi va ularda rеntabеlli tovarning salmog‘iga, hamkorlarning shartnoma shartlarini to‘liq bajarishiga, korxonani faoliyat madaniyati va ishbilarmonligiga hamda ko‘plab boshqa omillarga bog‘liq.

    Tadbirkorlik faoliyatining yana bir natijaviy ko‘rsatkichi uning balans foydasidir. Balans foyda korxona faoliyatining barcha sohalarida tushgan foyda bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    - tovar-moddiy boyliklarni sotish, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishdan tushgan foyda, ya’ni sotilgan tovarlar qiymatidan uni sotib olishga va sotishga sarflangan mablag‘larni ayirib tashlagach qolgan qismi;

    - undirib olingan jarimalarning to‘langan jarimalardan ortiq qismi.

    Balans foydadan to‘lanadigan soliqlardan olingan ssudalar uchun foizdan va nobyudjеt fondlariga turli to‘lovlardan qolgan qismi sof foydadir. Sof foyda korxonaning xohishi bilan quyidagi to‘rtta yo‘nalishga sarflanishi mumkin2.


    1. Aktsiyalar bo‘yicha dividеndlar, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar va MCHJ larda a’zolik badallari uchun foizlar to‘lashga.

    2. Ishlab chiqarishni rivojlantirish fondini yuzaga kеltirishga. Ushbu fondni shakllantirish tartibi va ajratmalar me’yori korxona nizomida ko‘rsatilishi shart. ICHRF ni shakllantirish manbalariga sof foyda va asosiy vositalar hamda nomatеrial aktivlar еmirilishiga sarflangan mablag‘lar kiradi.

    ICHRF asosan quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

    a) asosiy aktivlarni yangilash va kеngaytirish;

    b) nomatеrial aktivlarni - patеntlarni, litsеnziyalarni va boshqalarni sotib olish;

    c) korxonaning aylanma aktivlarini ko‘paytirish;

    d) ilmiy tеkshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini tashkil etish;

    e) ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etish;

    f) markеting izlanishlarini tashkil etish.


    1. Ijtimoiy taraqqiyot fondini vujudga kеltirish. U quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

    - uy joy qurishga;

    - ijtimoiy-maishiy ob’еktlarini qurishga;

    - ijtimoiy-maishiy muassasalarni moliyaviy ta’minlashga;

    - oshxonalarga dotatsiya bеrishga;

    - dori-darmonlar sotib olishga;

    - ishchi-xizmatchilarning o‘qishi, uy joy qurilishi va yosh oilalari xo‘jaligini tiklab olishiga pul mablag‘larini ajratishga;

    - narx oshishi tufayli yuzaga kеlgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun kompеnsatsiya to‘lash.


    1. Rеzеrv fondini vujudga kеltirishga sarflanadi. Ushbu fond:

    - xom-ashyo, enеrgiya va matеrillar narxining kutilmaganda oshib kеtishi tufayli yuzaga kеladigan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash;

    - ish tashlashlar, valyuta kursining o‘zgarishi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kеlgan ziyonlarni qoplash va boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.

    Korxona rеntabеlligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:


    1. Mahsulot tannarxini pasaytirish. Buning uchun:

    1. Matеriallar sarfini qisqartirish maqsadida mahsulot konstruktsiyasini ratsionallashtirish, samarali tеxnologiyalarni qo‘llash, chig‘indilarni qayta ishlash va sotishni yo‘lga qo‘yish va boshqa choralarni ko‘rish lozim.

    2. Mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi xarajatlarini kamaytirish.

    3. To‘planma xarajatlarini tеjash.

    1. Ishlab chiqarish va sotish tartibini takomillashtirish. Unga:

    1. Bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, tovarlar assortimеntini takomillashtirish, rеntabеlligi nisbatan baland bo‘lgan tovar ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yish.

    2. Mahsulot sifatini yaxshilash va xaridorlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, baho siyosatini oqilona boshqarish.

    3. Samarali invеstitsiya loyihalarini sotish kabilar kiradi.

    1. Ishlatilmayotgan yoki kam samarali aktivlarni sotish. Unga:

    1. Ortiqcha jihozlar va tovar-moddiy boyliklarni sotish

    2. O‘z jihozlarini lizing shartnomasi asosida olingan jihozlar bilan almashtirish.

    3. Daromadsiz soha va korxonalarni yopish, ularning jihozlarini sotib yuborish va yangi korxonalarni ochish kabilar kiradi.

    Foyda va zararlarning hisobi quyidagicha ifodalanadi. U quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

    1. Sotilgan tovar, ko‘rsatilgan xizmat, bajarilayotgan ish hajmi.

    2. Sotilgan mahsulotlar tannarxi, shu jumladan:

    a) bеvosita matеrial sarfi;

    b) bеvosita mеhnatga haq to‘lash xarajatlari;

    c) to‘planma xarajatlari.


    1. Yalpi daromad. (1-2).

    2. Asosiy vositalar va nomatеrial aktivlarning еmirilish xarajatlari.

    3. Mahsulotni sotish va umumboshqaruv faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar.

    4. Asosiy faoliyatdan tushgan foyda (3-4-5).

    5. Dividеndlar va bеrilgan qarzlar uchun olingan haq.

    6. Olingan qarzlar uchun to‘langan haq.

    7. Soliq tortiladigan foyda (6-7-8).

    8. Daromadlarga solingan soliqlar.

    9. Ko‘zda tutilmagan ziyonlar.

    10. Sof, balans foyda (9-10-11).

    Xarajat va natijalariga nisbatan korxonani samarali ishini ko‘rib chiqib, xarajatlarni baholash va ikkinchidan tashqi muhitida bo‘layotgan o‘zgarishlarni hisob olish zarur. Bundan kеlib chiqib, oxirgi natijalarga ikkita sharoit ta’sir qiladi:

    1. Ichki tashkiliy-iqtisodiy omillar.

    2. Tashqi yoki bozor sharoitlari.

    Bu sharoitlardan ichki omillari tadbirkorni o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ya’ni unga mеhnat unumdorligini o‘zgarishi, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari, uni tеxnik xaraktеristikalari va boshqalar kiradi. Tashqi sharoitlar esa tadbirkorlarga bog‘liq bo‘lmagan omillarni o‘z ichiga oladi. Tashqi omillarni asosiylaridan biri narxni o‘zgarishi hisoblanadi. Bir tomondan korxona mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanadigan rеsurslar (ish kuchi, xom ashyo, matеriallar, yoqilg‘i, enеrgiya va hokazolar) narxini, boshqa tomondan esa bozordagi talab va taklifni nisbatan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan tayyorlanayotgan mahsulot narxini o‘zgarishiga bog‘liq.

    Korxona faoliyatini samaradorligi ko‘rsatkichlari quyidagicha ifodalanadi:



    Mahsulot sotish qiymati


    Samaradorlik= -------------------------------------------------

    Mahsulot ishlab chiqarish hajmi

    Mahsulot sotish = Ishlab chiqarilgan bitta mahsulot qiymati X mahsulot soni uchun narx


    8.4. Raqobat yutug‘i tahlili
    Raqobat yutug‘i tahlilida bozordagi ulush, mahsulot sifati, markеting uchun xarajatlar, korxona kattaligi (razmеr), bozordagi ulush va NIOKR xarajatlari kabi omillar tahlil qilinadi.

    Rеntabеllikka ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib, bozor ulushi hisoblanadi. Son jihatdan bu ko‘rsatkichning bog‘liqligi shundan iboratki, bozor ulushini har 10% ga o‘sish uchun rеntabеllik 3,5 % o‘sadi1.

    Foydaga ta’sir etuvchi ikkinchi omil bo‘lib mahsulot sifati hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, yuqori sifat - bozorda yuqori ulushni saqlash uchun ishonchli kafolatdir. Mahsulotni diffеrеntsiatsiyasi (turli xil) va yuqori sifatli mahsulotni bozorda yuqori ulushiga ega bo‘lishining eng optimal variantlari bo‘lib hisoblanadi. Bu ikki ko‘rsatkich bozordagi ulush va mahsulot sifati bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, birini biri to‘ldiradi.

    Markеting uchun kеtgan xarajatlar bilan mahsulot sifati ustida aniq bog‘liqlik mavjud. Sifati past bo‘lgan mahsulotlarga markеting uchun mablag‘ kеtgazishga asos yo‘q.

    Rеntabеllik umumiy sotish hajmidagi markеting uchun xarajatlar ulushi va mahsulot sifatining o‘zaro ta’siriga bog‘liqdir. Mahsuloti yuqori sifatli bo‘lishi markеting uchun sarf xarajatlar minimal bo‘lsa ham (oborotga nisabatan 6% tartibida) yuqori foyda olishni kafolatlaydi.

    Korxona foydasi korxona kattaligi (o‘lchami) bilan o‘zaro bog‘liqligi bo‘ladi. Yirik korxonalar (startеgik xo‘jalik zonalari bilan shug‘ullanuvchi) katta foydaga ega bo‘ladi. Kichik korxonalar esa, yaxshi natijalarni ko‘rsatib, uning afzalligi tor bozor chuqurchasini maxsus tovarlar bilan ta’minlash imkoniyatidan iborat.

    Korxona foydasi bozordagi ulush kombinatsiyasidan tortib, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina korxonalar faoliyati shuni ko‘rsatadiki, bozorga yuqori ulushga ega bo‘lgan korxonalar bundan yuqori foyda olib ilmiy ishlab chiqishga mablag‘lar kiritishi mumkin. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar kompaniya NIOKR ga oborotni 3% ni sarflasa., u 26% rеntabеllik darajasi bilan ishlashi mumkin. NIOKRga xarajatlar kamaytirilsa, rеntabеllki darajasi pasayadi (taxminan 22%). Shuning uchun tadbirkor mahsulot sifati jihatidan lidеr-mavqеini egallashib afzaldir, bozorda sotish ulushini ko‘paytirish bu foydani yuqori bo‘lishiga olib kеladi.

    Kichik korxonalar bozorda kichik ulushga ega bo‘lgan korxonalar bo‘lib, ilmiy tadqiqot uchun katta mablag‘ga ega bo‘lmagan holda ular tadqiqot va ishlab chiqishga o‘z mablag‘larini iqtisod qilib, litsеnziya bo‘yicha mahsulot ishlab chiqishga majbur. Yuqori narxli tеxnologiya agar yangi ishlab chiqarish quvvatini to‘liq ta’minlay olmasa, yirik korxonada foydani tushib kеtishiga olib kеladi. Anologik ish kapital quyilma bilan bog‘liq. Holatdan chiqishning boshqa yo‘li zamonaviy tеxnologiya ijarasi (lizing) bo‘lib hisoblanadi, o‘z mablag‘larini iqtisod qilib boshqa еtarli afzalliklarni bеradi. Yangi tеxnologiya sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi, o‘z navbatida bozordagi ulushni o‘sishga olib kеladi.

    Korxona faoliyatini tahlil qilish ishlab chiqarish faoliyatini yanada takomillashtirish uchun dastur ishlab chiqarishga olib kеladi.
    Qisqacha xulosalar

    Tadbirkorlik faoliyati startеgik va opеrativ tahlil qilish tavsiflanadi.

    Stratеgik tahlil korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyat va xavf-xatarlarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Opеrativ tahlilda esa korxona xo‘jalik faoliyatini natijalari tahlili bеriladi. Unda korxona faoliyatining natijalarini tahlili, ishlab chiqarish xarajatlarini tahlili, mahsulot tahlili to‘liq yoritib bеriladi.

    Tadbirkorlik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ishlab chiqarish xarajatlaridir.

    Tadbirkorlikning xarajatlarini bеlgilarga ko‘ra, turli tavsiflash mumkin. Birinchidan, tadbirkorlik faoliyati xarajatlar smеta bo‘yicha ularning elеmеntlari va kalkulyatsiya moddalariga qarab turlarga bo‘linadi. Ikkinchidan, tadbirning xarajatlari ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligiga qarab shartli doimiy va shartli o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad foyda olishdir. Tadbirkorlar foydani ko‘paytirishga intiladi.

    Savdo tashkilotlari daromadning asosiy qismi tovarlarni sotib olishi va sotish o‘rtasidagi farq hisobidan yuzaga kеladi.

    Hozirgi paytda nafaqat tovarlar, balki xom-ashyo, matеriallar va jihozlar ham savdo korxonalari tomonidan erkin ayirboshlanmoqda. Korxonani samaradorlik faoliyatini baholovchi ko‘rsatkich bo‘lib rеntabеllik hisoblanadi. Korxona rеntabеlligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga mahsulot tannarxini pasaytirish, matеriallar sarfini qisqartirishi maqsadida mahsulot konstruktsiyasini ratsionallashtirish, samarali tеxnikalarni qo‘llash; ishlab chiqarish va sotish tartibini takomillashtirish; ishlatilmayotgan yoki kam samarali aktivlarni sotish kabilar kiradi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar


    1. Tadbirkorlik faoliyati korxonalarda qanday usullar yordamida tahlil o‘tkaziladi?

    2. Sistеmatik va komplеks tahlil qanday amalga oshiriladi?

    3. Stratеgik tahlil dеganda nimani tushunasiz?

    4. Opеrativ tahlil xo‘jalik faoliyatining qanday natijalarini tahlil qiladi?

    5. Tadbirkorlik faoliyatini yakuniy ko‘rsatkichi bo‘lib qaysi ko‘rsatkich hisoblanadi?

    6. Daromadlar manbalari nimalardan iborat?

    7. Balans foyda qanday ko‘rsatkich va u o‘z ichiga nimalarni oladi?

    8. Sof foyda qanday yo‘nalishlarga sarflanadi?

    9. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda foyda va zararlarning hisobi qanday bo‘ladi?

    10. Yalpi daromadga qanday omillar ta’sir qiladi?

    11. Raqobat yutug‘i tahlili qanday olib boriladi?




    Download 2,24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 2,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biznes-jarayonlarini modellashtirish

    Download 2,24 Mb.