«Tasdiqlayman»
“_______________” MChJ
________________________ «____» ___________20__ y.
Biznes-reja
---------- shahri – 2020y.
MUNDARIJA
Kredit oluvchining asosiy tavsiflari
Loyihaning asosiy maqsadi va yo‘nalishi
Bozor iqtisodiyotining tahlili
Raqobat
Reklama
Tashkiliy reja va ish haqi xarajatlari
Ishlab chiqarish rejasi va daromadlari manbai
Moliyaviy natija
1. KREDIT OLUVChINING ASOSIY TAFSILOTLARI
“___________” MChJ Namangan shaxar Davlat xizmatlari markazining 20__ yil ______dagi ___ - sonli reestr rakami bilan ruyxatga olinib xozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelmokda.
“___________” MChJ ning asosiy faoliyati: _____________________
“___________” MChJ yuridik shaxs hisoblanib o‘z muhr, tamg‘a, mustaqil balans, bankdagi hisob raqami va yuridik manziliga ega.
Shuningdek bank, byudjet va boshqa tashkilotlardan qarzi yo‘q.
Yuridik manzil: _______________shahri _____________ uy
Rahbari: «___________», Pasport seriyasi: SM __________ 20__ yil ________da Namangan tuman IIB tomonidan berilgan.
Bank rekviziti: x/r ____________, ______________bankning ___________ filiali MFO ______, INN ____________
2. LOYIHANING ASOSIY MAQSADI VA YUNALIShI
Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayapdi. Chunki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik va xususiy biznesning bozor o‘zgarishlariga tez moslashishi, xaridorlar uchun kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish natijasida iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotganligini ko‘rsatmokda. Kichik va xususiy biznes aholini ish bilan band kilish borasidagi xissasi xam tez sur’atlar bilan usib bormokda.
Shundan kelib chikib, “___________” MChJ bozor hamda davr talablaridan kelib chikib, shu bilan birga xozirgi vaktda eng xaridorgir bulib turgan va aholi hamda xalk xujaligining turli tarmoklarida talab eng yuqori bo‘lgan zamonaviy qurilish mahsulotlarini, jumladan, PVX va alyuminiy profillaridan tayyorlanadigan uy-joy qurilishi uchun muxim bo‘lgan eshik va deraza ramkalarini yasash hamda gravirovka reklamasi mahsulotlari ishlab chiqarishni maqsad kilib kuydi.
Buning uchun “___________” MChJ da zarur bo‘lgan ish kuchi hamda tegishli ishlab chiqarish binolari mavjud. Bundan tashkari, aholining uy joy qurilish materiallariga bo‘lgan talabini qondirish, zamon talablariga javob beradigan uskuna va texnologiyadan foydalangan holda alyumin profildan sifatli eshik va derazalar ishlab chiqarish hamda ularni urnatish ishlarini olib borish va gravirovka reklamasi mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat. Loyihaning asosiy yunalishi shaxar bozorlarini, sifatli bozor narxiga nisbatan arzon qurilish materiallari bilan tuldirish, natijada yangi ishlab chiqarish sexlarini ochish va yangi ishchi urinlar yaratish.
Buning uchun ta’kidlab utilgan mahsulotlarni yasash va ishlab chiqarish uchun “___________” MChJ ga tegishli asbob-uskunalar va jixozlar zarur buladi. Ushbu asbob va uskunalarni sotib olish uchun tadbirkorga kushimcha mablag‘ va xom-ashyo resurlari hamda texnika zarur buladi.
Loyiha amalga oshirish uchun 140 000,0 ming so‘m mablag‘ zarur bulib, shundan
40 000,0 ming so‘mi korxonaning o‘z hisobidan, qolgan 100 000,0 ming so‘mi 2 yil muddatga yillik 14% ustama bilan _______________ bankning____________filiali resurslaridan moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.
|