KICHIK GURUHLARDA ISHLASH QOIDASI
Ma’ruza
1.KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI SOLIQQA TORTISH
TARTIBI
Kichik biznes subyektlari uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
qo'llaniladi va yagona soliq to'lovini, yagona yer solig'ini hamda tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish
hamda to'lashning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar
bo'yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
Kichik biznes subyektlari o'z xohishlariga binoan soddalashtirilgan yoki
umumbelgilangan soliqlarni to'lashlari mumkin. Agar korxonalar
umum
belgilangan
soliq tizimida faoliyat yuritsa Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan belgilangan
barcha turdagi soliqlar bo'yicha hisobot topshirishlari hamda soliq to'lovlarini
to'lashlari shart. Shu sababli kichik biznes subyektlariga umumbelgilangan soliqlar
ni hisoblash va to'lashning alohida tartibi nazarda tutilmagan.
Kichik biznes subyektlari soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning
har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha
esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
2.Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to'lovchilar