Biznesni tashkil etish va yuritish




Download 9,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/123
Sana21.02.2024
Hajmi9,99 Mb.
#160065
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
Bog'liq
2.Biznesni tashkil etish va yuritish Mosayeva Intizorxon Nishonovna Восстановлен

sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo’ya xatti-harakatlardan o’zini tiya 
oladigan;
• 
oriyatli, ya’ni o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan hijolat 
tortadigan;  
• 
andishali, ya’ni oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, 
farosatli;  
• 
vijdonli, ya’ni nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladigan, bularga 
qarshilik bildiradigan, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, 
xursand bo’ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladigan
ya’ni vijdon azobiga tushadigan.
• 
Sodda qilib aytganda: Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi 
va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to’g’rilik. Barobarlik, 
sofdillik va haqiqatgo’ylikdir. O’zgani o’z o’rniga va shuningdek, o’zini 
o’zgani o’rniga xayolan qo’yib ko’rish ham insofga kiradi. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, to’q ochni, boy kambag’alni, baxtli baxtsizni, tolei 
baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog’lom va bemorni o’z o’rniga 
qo’yib ko’rolsa va aksincha ham xuddi shunday bo’lsa olam guliston – 
insoflilar safi ko’payaveradi.
• 
Insof – har qanday kishining, xususan, rahbar yoki tadbirkorning jamiyat 
oldida, tevarak-atrofidagi kishilar nazarida o’z xatti-harakati bilan ma’naviy 
mas’uliyatni his etishining ifodasidir.
2. Tadbirkorlik mas’uliyati, eng avvalo, qonun hujjatlarida belgilab berilgan huquq 
va 
majburiyatlarning 
bajarilishi 
orqali 
namoyon bo‘ladi 
Masalan, tadbirkorning asosiy huquqlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin: 
– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga 
oshirish; 
– mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, 
undan 
foydalanish 
va 
uni 
tasarruf 
etish; 
– o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va o‘z 
tovarlarining 
iste’molchilarini 
mustaqil 
ravishda 
tanlash; 
– barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qolgan daromadni (foydani) 
erkin 
tasarruf 
etish; 
– kreditlar olish, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini hamda molmulkini 
shartnoma 
shartlari 
asosida 
jalb 
etish; 
– tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. 

Download 9,99 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




Download 9,99 Mb.
Pdf ko'rish