Quyida tadbirkor majburiyatining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
shartnoma majburiyatlarini bajarish
Tadbirkor o‘z faoliyatini turli subyektlar – davlat idoralari, korxonalar
va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar yoki fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar
asosida olib boradi. Shunday ekan, u eng avvalo mazkur
shartnomalardan kelib
chiqadigan majburiyatlarini bajarishi lozim.
Tadbirkorlarda o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarish mas’ulligi mavjud
bo‘lmagan holatni tasavvur qilib ko‘raylik. Oziq-ovqatlarning o‘z vaqtida yoki
yetarli hajmda yetkazib berilmasligi – mamlakatda narx-navoning keskin o‘sishi
hamda ocharchilikning kelib chiqishiga; korxonalarga
xomashyo va materiallarning yetkazib berilmasligi – ishlab chiqarishning
qisqarishi, to‘xtab qolishi, ishsizlikning paydo bo‘lishi va oqibatda iqtisodiyotning
inqirozga yuz tutishiga olib keladi.
To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash
Tadbirkor o‘z faoliyati natijasida kelib chiqadigan soliqlar
va boshqa
majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi zarur. Aks holda, davlat budjeti
daromad qismining bajarilmasligi va budjet taqchilligining paydo bo‘lishiga
olib keladi. Oqibatda, davlat budjetidan moliyalashtiriluvchi korxona va
tashkilotlar moliyaviy ta’minotiga putur yetadi, ularning ishchi va xodimlari o‘z
vaqtida maosh olmaydi, pensiya va ijtimoiy to‘lovlar kechikadi.
Tadbirkor agar o‘z faoliyatida
yollanma mehnatdan foydalansa, ishchi
va xodimlarning ish haqi va boshqa ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga
oshirishi lozim. O‘z vaqtida va mehnatiga munosib miqdorda ish haqi
olmagan ishchining mehnat unumdorligi pasayadi. Oqibatda boshqa ishga
o‘tish yoki qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlashga tushadi. Bularning
barchasi tadbirkorning faoliyat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qonun hujjatlari talablariga
rioya etish
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mehnatni muhofaza qilish hamda
xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun
hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etish kerak. Chunki yetarli
darajada yoritilmagan, issiqlik bilan ta’minlanmagan, o‘z hayotini xavf
ostiga
qo‘yish mumkin bo‘lgan sharoitda ishchilar yuqori unum bilan ishlay
olmaydi. Qolaversa, buning oqibatida ro‘y bergan noxush holatlar, baxtsiz
hodisalarga ish beruvchi – tadbirkor to‘liq javobgar bo‘ladi.
Ekologiya, ya’ni atrof-muhit muhofazasiga e’tibor qilmaslik, ishlab chiqarish
chiqindilarini aholi yashash punktlariga, suv havzalariga tashlash,
zaharli modda yoki gazlar
chiqishining oldini olmaslik, avvalo, shu korxonadagi
ishchi va tadbirkorning, qolaversa, barcha jamiyat a’zolarining
sog‘lig‘iga putur yetkazadi
3.
Tadbirkorlik riski – resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘lgan holatdan
chetga
chiqish
va
buning
oqibatida
resurslarni
yo‘qotish xavfi
tadbirkorlik
riski
rejalashtirilgan
tadbir
amalga
oshmay
qolgan
holda zarar yoki ziyon ko‘rish ehtimoli. U boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato yoki ko‘zda
tutilmagan holatlar
oqibatida
ham
kelib
chiqishi
mumkin.
Risk tushunchasi xalqaro ahamiyat kasb etadigan tushuncha bo‘lib,
o‘zbek tilida xavf, xatar, tahlika va tavakkalchilik degan mazmunni anglatadi.
Tadbirkorlik riskini asosiy turilai – ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion
risklardir
Tadbirkorlik faoliyatida riskning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida u baholab
boriladi. Tadbirkorlik riskini baholashning bir qator usullari mavjud. Jumladan:
statistik, analitik, analogiya va
ekspert baholash usuli
Mustahkamlash