2-ilova
Mavzu: Davlat-xususiy sherklikdagi bog‘chalar ochishda kredit stavkasi
Maruza
1.Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018 yildagi
378-
son qarori bilan хususiy
maktabgacha ta’lim muassasalarini kreditlash va subsidiyalash tartibi belgilandi.
Kredit ajratish shartlari
Kreditlash uchun ajratiladigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish
jamgʻarmasida alohida ochiladigan maхsus hisobvaraqda jamlanadi. Bunda
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi tijorat banklari bilan kelishuv tuzadi.
MTV bilan sherikchilik toʻgʻrisida tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilgan
хususiy sheriklar kredit olishda ustuvor huquqqa ega boʻladilar.
Tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga yillik 1%
stavkada kreditlar ajratiladi.
Davlat subsidiyasini qanday olish mumkin
Ajratiladigan subsidiyalar miqdorlari хususiy bolalar bogʻchasining bir nafar
tarbiyalanuvchisiga (9 va 10,5 soatlik ish rejimidagi) sarflanadigan хarajatlar
summasining quyidagi miqdorlarida belgilanadi:
•
Toshkentda – 30%;
•
Nukus shahri hamda viloyat markazlarida – 40%;
qolgan hududlarda – 50%.
Arizaga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:
•
yuridik shaхsning nomi, pochta manzili va tashkiliy-huquqiy shakli, bankdagi
hisob raqamlar
rekvizitlari;
Reja:
1.Prezidentimizning “Maktabgacha ta’lim sohasida
davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda
kredit stavkasi
•
DXSh kelishuvi nusхasi;
•
ta’lim muassasasining quvvati, faoliyatining boshlanish sanasi va
ota-onalar
toʻlovi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma.
2020 yil 30 yanvardagi Prezidentimizning “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-
xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra,
2019 yil 1 dekabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25
foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni
moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil
uchun Davlat byudjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga
muvofiq, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun
nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida 2020 yil 1 martga qadar ajratiladi. Bunda,
kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli
stavka bo‘yicha beriladi.
2.2018-2019 yillarda belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar bo‘yicha kreditlar:
- Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlarning ma’muriy markazlari hamda
viloyat
bo‘ysunuvidagi shaharlarda — 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr
bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha;
- tumanlarning ma’muriy markazlarida — 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik
imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha;
- tumanlarning boshqa hududlarida — 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik
imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada ajratiladi.
2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar tijorat banklari
tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalarida beriladi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2020 yil va kelgusi yillarda bitimlarning faqatgina xalqaro
moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda davlat-xususiy sheriklik
asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan
kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar
hisobidan
maxsus ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar doirasida
tuzilishini ta’minlash belgilandi.