Tayanch iboralar
Bank hisobvarag‘i ,talab qilib olinguncha
depozit hisobvaraqlari;
jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; muddatli depozit hisobvaraqlari; boshqa depozit
hisobvaraqlari
Ma’ruza
Bankka hisob raqami ochish uchun siz va bank o’rtasida shartnoma tuziladi.
Bank hisobraqam shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak, Shartnomaning
bir nusxasi mijozga beriladi
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob-varaqlari to‘g‘risidagi
Yo‘riqnomaga asosan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bo‘lgan rezident yuridik
shaxslar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisob-varaqlari ochish uchun
bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga
muvofiq hisob-varaq
ochish to‘g‘risida ariza;
b) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga
muvofiq imzolar
namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
v) mijoz nomidan pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga
ega shaxsning
shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini
tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa
olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-
martdagi 7G’2-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida
ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida yo‘riqnomaga ko’ra,
bank