1.Bank so‘zi italyanchadagi
banco - ya’ni
kursi so‘zidan kelib chiqqan
Mamlakatimizda banklar:
— pul va qimmatbaho qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi (emissiya
qiladi);
— aholi va firmalar mablag‘larini saqlab beradi;
— aholi va firmalarga ma’lum
foiz evaziga qarz beradi;
— turli qimmatbaho buyumlarni saqlab beradi;
Agar xo‘jaliklararo kredit muayyan tovarlarning to‘lovini kechiktirish shaklida
amalga oshirilsa, tijorat krediti deb ataladi
Ko‘chmas mulk (masalan, yer, bino)larni garovga qo‘yish hisobiga uzoq
muddatli qarz shaklida beriluvchi kredit ipoteka krediti deb ataladi.
Iste’mol krediti - xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat
foydalanadigan iste’mol tovarlari (masalan, mebel, avtomobil, televizor va
boshqalar)ni sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit
— boshqa davlatlar pullarini sotib
oladi va sotadi;
— qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi;
— to‘lov va hisob-kitob ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi
2.Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi:
— mamlakat milliy valutasini va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga
chiqaradi;
— mamlakatda pul muomalasini tartibga solib, muomaladagi pul
miqdorini nazorat qiladi;
— tijorat banklariga ma’lum
foizda qarz beradi;
— chet el valutalarining milliy valutaga nisbatan kursini belgilaydi;
— tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi;
— mamlakatning pul va oltin zaxiralarini saqlaydi.
Shu bois, markaziy bank — “banklarning banki” hisoblanadi va u faqat tijorat
banklariga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda Markaziy bank davlatga tegishlidir.
Tijorat banklari aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi.
Tijorat banklari:
----markaziy bankdan qarzga pul oladi;
— pul mablag‘larini saqlaydi va jamg‘arishda ko‘maklashadi;
— pulga muhtoj bo‘lgan mijozlarga qarz (kredit) beradi;
— chet el valutalarini sotib oladi va sotadi;
— qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi;
3.Kredit — bank tomonidan mijozlariga berilgan qarz.
Kredit foizi – berilgan qarzdan foydalanganlik uchun kredit oluvchi tomonidan
bankka to‘lanadigan haq.
Kreditning yillik foiz stavkasi
– yil davomida qarzdan
foydalanganlik uchun
to‘lanadigan qo‘shimcha haqning asosiy qarz miqdoriga nisbatan foiz miqdori
Imtiyozli kreditlar — tarkibiga milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi
ajratilgan vaqtdagi Markaziy bank asosiy stavkasiga teng yoki past bo‘lgan kreditlar
va xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha manbasi davlat kafolati ostida jalb etilgan
tashqi kredit liniyalari bo‘lgan kreditlar kiritilgan.
Prezidentning 2019 yil 18 noyabrdagi farmoni bilan barcha imtiyozli kreditlar 2020
yil 1 yanvardan boshlab MBning asosiy stavkasidan kam bo‘lmagan foiz stavkalarida
va 2021 yil 1 yanvardan boshlab bozor stavkalarida ajratilishi belgilangandi.