d) boshqa depozit hisobvaraqlari
Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng
birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit
hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (bundan
keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) hisoblanadi. Xo‘jalik
yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el
valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning
ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va
kassa xizmatlarini
ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir
necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlari, shuningdek, jamg‘arma, muddatli va
boshqa depozit
hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
d) boshqa depozit hisobvaraqlariMarkazlashgan mablag‘lar hisobidan kapital
qurilishni moliyalashtirish uchun yagona buyurtmachiga har bir qurilish obyekti
bo‘yicha alohida ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i
shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank omonati shartnomasi)
tuziladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank
omonati shartnomasi) bank va uning mijozlari o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga
asosan yozma shaklda yoki masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali oferta
shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank
omonati shartnomasi) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan
tartibga solinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida bank mijozning hisobvarag‘iga kelib
tushayotgan mablag‘larni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo‘yish,
mijozning hisobvaraqdagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini
ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va
majburiyatlari,
bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa
shartlar belgilab olinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida mijozlarning bank hisobvarag‘iga kelib tushgan
mablag‘larni kiritib qo‘yganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik haqi
undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashda banklar
xizmatlari uchun to‘lovlar undirilmaydi.
Banklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish
yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab etish taqiqlanadi.
Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka mazkur Yo‘riqnomada
ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar keyingi ish
kunidan kechiktirmay, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha hollar
nazarda
tutilmagan bo‘lsa, ularga hisobvaraqlar ochishlari shart.
Hisobvaraqlar ochish uchun hujjatlar mijozning imzolar namunalari va muhr izi
qo‘yilgan varaqchasida ko‘rsatilgan yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil
qilingan shaxslar tomonidan shaxsan taqdim
qilinadi, ta’sischilari O‘zbekiston
Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida masofadan turib hisobvaraq ochish
holatlari bundan mustasno
2015 yil 20 avgustdagi O’RQ–391-son «O’zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya
qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni
bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’ғrisida»gi
Qonunga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi
tomonidan 2015 yil 15 sentyabrda 1948-10-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan
O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’ғrisidagi
Yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Aniqlashtirilishicha, hisobvaraqlar ochish uchun banklar
tomonidan
Yo’riqnomada ko’zda tutilgan hujjatlardan boshqa qo’shimcha hujjatlarni
talab
qilish
taqiqlanadi.
Ilgari qonun hujjatlarida belgilangan hollarda
qo’shimcha hujjatlarni talab qilish imkoniyati nazarda tutilgandi.
Shunday
me’yor chiqarib tashlandiki, unga ko’ra yuridik
shaxslar o’z
asosiy hisobvaraғini ochgandan keyin
boshqa banklarda milliy va chet el valyutasidagi
ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ular hisobga qo’yilgan