Bank hisobraqamini endi onlayn tarzda ochish mumkin
Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgach, bankni tanlash, so‘ngra 5 daqiqa ichida
bank hisobraqamni ochish mumkin.
Buning 2 usuli bor:
Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish;
fo.birdarcha.uz
orqali elektron xizmatdan foydalanish.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar onlayn tarzda bankda
hisob raqam ochishi
mumkin Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank hisob raqamini onlayn
ochish imkoniyati paydo bo‘ldi, Ma’lum qilinishicha, avval ushbu qulaylik
faqatgina yuridik shaxslar uchun mavjud bo‘lgan.
Firma ochgandan so‘ng yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan
o‘tgach, ixtiyorga ko‘ra bankni tanlash, so‘ngra 5 daqiqa
ichida bank hisob
raqamini ochish mumkin. Shuningdek, hisob raqamini Davlat xizmatlari
markazlariga tashrif buyurgan holda yoki elektron tarzda fo.birdarcha.uz sayti
orqali ochish mumkin.
Qo‘shimcha qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 27 ta
bank orqali DXM yoki onlayn formatda hisob raqami ochish imkoni mavjud.
3.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar,
yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy
valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka
quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b)
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank
hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan
shaklga muvofiq imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
v)
mijoz
nomidan
pul-hisob-kitob
hujjatlarini
imzolash
vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni
o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli
qaytarib beriladi.
Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi.
Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa, pul cheklarini rasmiylashtiruvchi
nazoratchida turadi. Banklarda mijozlarning bir nechta
hisobvaraqlariga xizmat
ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ulardan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar
qo‘shimcha ravishda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan
varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari ko‘rsatiladi
Izox.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga yoki bankning
talabiga ko‘ra bekor qilinadi.
Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda
bekor qilinishi mumkin:
1)
mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari