3. Buxgalteriya hisoboti ma’lum vaqt birligida amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarini umumlashtirishga qaratilgandir. Buxgalteriya hisobida
korxonaga
taalluqli bo‘lgan xo‘jalik mablag‘larining joylanishi va tashkil toppish manbalari
o‘rganiladi va tegishli mablag‘larga bo‘lgan
ehtiyojini aniqlash imkoni yaratiladi. Hisobot ma’lumotlarining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, korxona faoliyatining o‘tgan va hozirgi holatini tashkil
qilish imkoniyatlari
bor. Hisobotni to‘g‘ri iqtisodiy ma’lumotlarga asoslangan holda tuzish tarmoqlar
o‘rtasidagi munosabatning bir me’yorda olib borilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“gi
Qonunning 16-moddasida,
korxona
va tashkilotlar choraklik, yillik hisobot beradilar, deb ko‘rsatilgan. Hisobotni
tuzish tartibi, qo‘llaniladigan shakllar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlanadi