Kiberxavfsizlik markazi va uning tuzuilmasi




Download 2,62 Mb.
bet3/14
Sana20.05.2024
Hajmi2,62 Mb.
#244779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
xisobot anig\'i

1. Kiberxavfsizlik markazi va uning tuzuilmasi.

1.1 Kiberxavfsizlik markazi tarixi haqida qisqacha tasnif


Markaz dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi” davlat muassasasi nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1989-son Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 250-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat muassasasi shaklidagi notijorat tashkiloti sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi etib qayta tashkil etildi. So'ngra, Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat

1.1-rasm. Kiberxavfsizlik markazi DUK
inspeksiyasining “Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasi nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat unitar korxonasi shaklidagi tashkilot sifatida faoliyat yuritdi. Hozirda, "Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasi nomi bilan 14.09.2019 yildagi PQ-4452-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq faoliyat yuritib kelmoqda.

Download 2,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiberxavfsizlik markazi va uning tuzuilmasi

Download 2,62 Mb.