|
Restoran biznesi uchun buyurtmalarni hisobga olish tizimini ishlab
|
bet | 18/21 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #271638 |
Bog'liq Abdurashid 1309chiqish.
chiqish uchun dasturiy vosita.
MS Access ning ish oynasi haqida ma’lumot. Bu dastur MS Office lardan biri bo’lib, uning yuklanishi ilgari tanishilgan usullar kabi bajariladi. Access dasturida tez- tez uchraydigan tushunchalarning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz. Oynaning birinchi sarlavha satrida amaliy dasturning nomi Microsoft Access deb yozilgan, 2- satrida esa quyidagi: Файл, Правка, Вид, Вставка, Сервис, Окно, Справка menyu satrlari joylashgan.
Uchunchi (to’rtinchi,...) satrlarda asboblar paneli (ko’p hollarda «Вид» menyusining Standartpaneli) piktogrammalari joylashgan. Asboblar panelining tagidagi qism ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda 1-rasmdagi muloqat oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida biz yangi MB ni (Новая база данных ...) tashkil qilishimiz yoki mavjud MB (На моем компьютере ...) ni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
MS Access oynasi asosan 7 ta ob’ektdan iborat
«Таблицы» (Jadval)—MB ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar saqlanadi. 2.«Запросы» (So’rov)—bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan,
ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga
muljallangan.
«Формы» (ko’rinish)—bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl to’zilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin. Demak, ko’rinish (forma)–ekran ob’ekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
«Отчет» (Hisobot)—bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi.
«Макросы» (Makros)—makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez- tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
«Модули» (Modul)—Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi va nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari,
«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt HTML kodida bajarilgan, Web — sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga
uzatiladigan alohida ob’ektdir.. MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish. Biror ma’lumotlar bazasini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun Windows oynasining masalalar panelidagi «Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasi bosiladi va «Все программы» bo’limiga o’tib, Microsoft
Office→Microsoft Access bandi tanlanadi.
Dastur ishga tushgandan keyin ekranda dasturning quyidagi umumiy ko’rinishi paydo bo’ladi.
Microsoft Access ning dastlabki oynasida 7 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: «Открыть» (Ochish);
«Конструктор» (Tuzuvchi); «Создать» (Yaratish) tugmachalaridir
«Открыть» (Ochish) tugmachasi joriy ob’ektni ochadi. Agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi
«Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning strukturasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki to’zilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Bordi-yu, ko’rinish bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar emas, balki MB ni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadval, so’rov, shakl va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi. Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi
mexanik usul bilan;
avtomatlashtirilgan holatda;
jadval ustasi (Мастер таблиц) bilan.
Endi har bir ob’ekt ustida qisqacha tushuncha berishga harakat qilamiz. Ma’lumotlar bazasining ob’ektlarini yaratish. «Мастер таблиц» (Jadval ustasi) yordamida MB ni yaratish.
Biror MB ni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MB ning strukturasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MB ning yaxshi strukturasi talablarga mos keladigan, samarali MB ni yaratish uchun asos bo’ladi. MS Accessda MB ni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’ektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MB ning har bir elementini alohida aniqlashga to’gri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер таблица» (jadval ustasi) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB ni birdaniga yaratib, so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MB ni yaratishning eng sodda usulidir.
1. MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan «Мастер таблица» (Ustani ishga tushirish) parametri tanlanib, “ok” tugmachasi bosiladi. Agar MB oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki muloqot oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» (MB ni yaratish) tugmachasi bosiladi. 2.Sichqoncha ko’rsatkichini kerakli MB ning «Шаблон» (andozasi) ustiga
joylashtirib, chap tugmachasi ikki marta bosiladi.
Ochilgan «Файл новая баз» (Yangi baza fayli) muloqot oynasidagi «Папка» (Jild) ruyxatidan, yaratilayotgan MB ni saqlab qo’ymoqchi bo’lgan papka tanlanadi. So’ngra «Имя файла» (Fayl nomi) maydonida MB ning nomi kiritiladi va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi.
Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MB qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma’lumot chiqaradi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan: «Отмена» (Bekor qilish) - Ustaning ishini to’xtatadi; «Назад» (Orqaga)—Usta ishida bitta oldingi qadamga qaytadi; «Dalee» (Keyinga)—Usta ishida keyingi qadamga utadi; «Готово» (Tayyor)—Tanlangan parametrli MB ni yaratish ustasini ishga tushiradi. Ushbu tugmachani bosishdan oldin MB da saqlanadigan axborot ekranga chiqariladi;
Ishni davom ettirish uchun «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Ochiladigan muloqot oynasi quyidagi ruyxatdan iborat bo’ladi:
Ushbu ruyxatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo’ladi. Odatda deyarli barcha maydonlar belgilanadi. Maydonchalar uchun bayroqcha belgisini o’rnatish yoki olib tashlash bilan jadvalga maydonlarni kiritish yoki kiritmaslik mumkin. Shundan so’ng «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jixozlash tanlab olinadi va «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Usta ishining keyingi bosqichida MB uchun yaratilayotgan hisobotlar ko’rinishi aniqlanadi.
Ochilgan navbatdagi muloqot oynasi hisobotga sarlavha qo’yish va rasm belgilash imkonini beradi. Ular keyingi barcha hisobotlarda tegishli joyda paydo bo’ladi. Agar rasm kerak bo’lsa «Да» (Ha) yozuvining oldiga bayroqcha o’rnatiladi va unda «Рисунок» (Rasm) tugmachasi ishlatiladi.
Bu tugmacha bosilganda rasmni tanlash «Выбор рисунка» oynasi ochiladi. 11.Oxirgi oynada «Готово» (Tayyor) tugmachasini bosish ustani MB ni to’zish uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan
parametrli MB ni yaratadi.
|
| |