Ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari




Download 1.4 Mb.
bet3/10
Sana02.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#48287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi - 1 reja
Chet tillarining inson hayotidagi o, MAGISTRLIKDISERTATSIYA , ILMIY TADQIQOTDA SINERGETIKA MUAMOSI Umidbek Inobat, react-native
1.2. Ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari.
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo‘yadi. Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o‘zgarishlar qilishi lozim. Har bir o‘quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang‘ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o‘z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va mehnatni har tomonlama uyg‘unlashtira olishga o‘rgatishdan iboratdir.
Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat.
Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin. Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin. Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi.
Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi. Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriqlarni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini yahni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, “Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.
Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o’rganadi. Topshirilgan ishga mahsuliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.




  1. Download 1.4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari

Download 1.4 Mb.