• Mehnatga ruhiy tayyorlash
  • Bob. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarga politexnik ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodologik asoslari




    Download 1.4 Mb.
    bet5/10
    Sana02.04.2023
    Hajmi1.4 Mb.
    #48287
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    kurs ishi - 1 reja
    Chet tillarining inson hayotidagi o, MAGISTRLIKDISERTATSIYA , ILMIY TADQIQOTDA SINERGETIKA MUAMOSI Umidbek Inobat, react-native
    Mehnatga axloqiy tayyorlash – o’quvchilarga jamoada ishlashni, o’zaro do’stona yordamni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, mehnat kishilari va mehnat natijalarini xurmat qilishga o’rgatishdan iboratdir.
    Mehnatga ruxiy tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
    Mehnatga ruhiy tayyorlash – o’quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singidirishdir. Bolalarni mehnatga qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini anglashlari juda muhimdir.
    Mehnat ruxiy tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib-anglash, psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, taffakkur mehnatning psixologik komponentlaridir.


    Mehnatga o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o’stirish ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat fani bo’yicha o’quv materiallarni eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni, opreatsiyalarning nomini boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z nomini, predmetini ko’rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar.
    O’qituvchi mehnat darslarida faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni metarialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shunung uchun mehnat ta’limida eshitish, ko’rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rolg’ o’ynaydi. O’quvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab qolish kerak.
    Mehnat ta’limini to’g’ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qathiyat bilan kirishishga, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir.
    Mehnatda shaxsning qiziqish, qobiliyat, intiluvchanlik kabi shaxsiy psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mehnatga psixologik va axloqiy tayyorlash jarayoni murakkab va o’zoq davom etuvchi jarayondir.

    Download 1.4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bob. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarga politexnik ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodologik asoslari

    Download 1.4 Mb.