Mehnat ta’limi jarayonning o’sishiga ta’siri




Download 1.4 Mb.
bet7/10
Sana02.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#48287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi - 1 reja
Chet tillarining inson hayotidagi o, MAGISTRLIKDISERTATSIYA , ILMIY TADQIQOTDA SINERGETIKA MUAMOSI Umidbek Inobat, react-native
Mehnat ta’limi jarayonning o’sishiga ta’siri. Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda, o’quvchilarda mehnatsevarlik, mashuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. SHu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va mahnaviy tahminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat ta’limining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’atuvchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi. Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mahsuliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin. Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish jarayonidagi mashqlar. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga mo’ljallangan mashqlar faqat vaqtga ko’ra taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida o’tkazilgandagina ijobiy natija beradi.

Download 1.4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta’limi jarayonning o’sishiga ta’siri

Download 1.4 Mb.