Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan




Download 1,03 Mb.
bet17/79
Sana23.12.2023
Hajmi1,03 Mb.
#127344
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография (2)

Guruh kommunikatsiyasi

Guruh azolari bir-biri bilan va loyihaga ta‘alluqli boshqa shaxslar bilan samarali muloqat qilishi juda muhum ahamiyatga ega. Guruh azolari o‘zlarining ishi holati, bajarilgan loyiha va avvalgi loyiha qarorlaridagi o‘zgarishlar haqidagi axborot bilan almashish kerak. ular paydo bo‘lgan muammolarni boshqa tegishli shaxslar bilan yechimini topishlari kerak va bu shaxslarga tizimda, guruh va yetkazib berish rejasidagi o‘zgarishlar haqida xabar berishlari kerak. Yaxshi kommunikatsiya guruhning hamkorlikda ishlash qobilyatini kuchaytirishga yordam beradi. Guruh azolari guruhdagi boshqa odamlarning maqsadlari, kuchli va zaif tomonlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.


Kommunikatsiyaga samarali va samarasiz ta‘sir etuvchi omillar:

  1. Guruh o‘lchami. Guruh kattalashgan sari uning qatnashchilari uchun samarali muloqatta bo‘lish qiyinlashad. Guruh o‘lchami n bo‘lganda bir tomonlama aloqa liniyalar miqdori n*(n-1) ga teng bo‘ladi, demak guruhda 8 ta qatnashchi bo‘lsa kommunikatsiya yo‘llari 56 teng bo‘ladi. Bu degani bazi odamlar bir-biri bilam kam muloqatta bo‘ladi. Guruhdagi qatnashchilarning maqomidagi farqlar natijasida aloqalar ko‘’pincha bir taraflama bo‘ladi. Boshqaruvchi va tajribali muhandislar tajribasi kamroq muloqatta o‘zini bilimli deb xisoblab, suxbatdan bosh tortishi yoki tanqidiy fikirlar bildirishi mumkin.

  2. Guruh tuzilmasi. Norasmiy tuzilmali guruhlardagi odamlar rasmiy ierarxik tuzilmaga ega bo‘lgan guruhlardagi odamlarga nisbatan samarali muloqat qilishadi. Iierarxik guruhlarda aloqa ierarxiya bo‘yicha tepaga yoki pastga qarab amalga oshiriladi. Bitta qatlamdagi odamlar bir-birlari bilan gaplashmastligi ham munkun. Bir necha guruhda yaratilayotgan katta loyihada bu muammo tug‘dirishi mumkin. Har-xil osti tizimlarda ishlayotgan odamlar boshqaruvchilar orqali muloqatta bo‘lishsa bu yerda ushlanish ba tushunmovchiliklar paydo bo‘lishi havfi katta.

  3. Guruh tarkibi. Birxil shaxs turidagi odamlar (1.2 bo‘limda muhokama qilingan) to‘qanash kelishi mumkin va natijada aloqa uzilishi mumkin. Shuningdek birxil jinslik guruhlarga nisbatan har-xil jinslik guruhlarda muloqat yaxshi bo‘ladi (Marshall va Heslin 1975). Ayollar ko‘pincha erkaklarga nisbatan kirishiliroq bo‘lishadi va o‘’zaro muloqat dispechirlari hamda guruh yordamchilari vazifasini bajarishlari mumkin.

  4. Jismoniy ish muhiti. Ish joyini tashkillanishi muloqatni yengillashtirish yoki man etishi asosiy omildur. Ko‘proq axborot olish uchun elektron kitobni ko‘ring (http://www.SoftwareEngineering.com /Web/Management/workspace.html)

  5. Ruxsat etilgan aloqa kanallari. Aloqaning ko‘plab har-xil shakillari mavjud – yuzma – yuz, elektron hatlar, rasmiy hujjatlar, telefon va WEB 2 texnologiyalar (ishtimoiy tarmoq va wikis). Loyiha guruhlari brogan sari tarqalgan bo‘lib jamoa azolari masofadan ishlayotgani uchun siz aloqani yengllashtirish uchun texnalogiyalar diapazonidan foydalanishingiz kerak.

Loyiha boshqaruvchilari odatda tig‘iz vaqtda ishlashadi, shuning uchun ko‘p vaqt talab qilmaydigan aloqa kanallarini ishlatishlari mumkin. Shuning uchun ular axborotni uzatish, xodimlarni to‘plash va mijozlarni toppish uchun uchrashuv va rasmiy hujjatlardan foydalanish mumkin. Bu usul loyiha boshqaruchisi nuqtaiy nazaridan aloqa o‘rnatishga samaralik yondashuv xisoblansa ham, amalda doim ham samara keltirmaydi. Ko‘p hallarda odamlar jiddiy sabablarga ko‘ra uchrashuvlarga kelmasligi mumkin va taqdimotni ko‘rmaydilar. Katta hajmdagi hujjatlar ko‘pincha o‘qilmaydi chunki o‘quvchilar hujjatlar ahamiyatga ega ekanligini bilishmaydi. Bitta hujjatning bir nechta turlari bo‘lgandan keyin o‘quvchilar undagi o‘zgarishlarini anglashlari qiyin bo‘ladi.
Samaralik kommunikatsiyaga erishildi deb aloqa ikki tomonlama bo‘lganda va undagi odamlar muammo va axborotni muhokama qilishi ham taklif va muammolar o‘zaro mos kelishi o‘rnatilganda aytish mumkin. Bularga uchrashuvlar orqali erishish ham mumkin. Lekin ular ko‘pincha amaldor shaxslar qo‘l ostida bo‘ladi. Oldindan ogoohlantirmasdan uchrashuvlar o‘tkazish naf bermaydi. Borgansari loyiha guruhlari masofadagi qatnashchilarni o‘z ichiga olmoqda, bu ham uchrashuvlarni uyushtirishda muammo tug‘diradi.
Bu muammolarni oldini olish uchun siz axborot almashuvini ta‘minlash uchun wikis va bloglar kabi web texnologiyalardan foydalanishingiz mumkin. Wikis hamkorlikda hujjatlarni yaratish hamda muharirlash uchun imkoniyat yaratadi, bloglarda guruh azolari savol va izohlardan iborat bo‘lgan muhakamalarni olib borishlari mumkin. Wikis va bloglar joylashgan joyidan qatiy nazar loyiha qatnashchilari va unga ta‘luqli shaxslarga axborot almashuvini ta‘minlaydi. Ular axborotni boshqarishga va elektron pochta orqali amalga oshiriladigan muhokama mavzularini ajratishga yordam beradi. Shuningdek siz birorta muammoni hal etishni muhokama qilishga extiyoj sezilganda xabarlar almashuvi yoki telekonferensiyadan foydalanishingiz mumkin.
Asosiy fikirlar:

  • Dasturlash loyihalari rejaga asosan va budjetdan chiqmagan holda bajarilishi uchun dasturiy ta‘minot loyihasini yaxshi boshqarish katta ahamiyatga ega.

  • Dasturiy ta‘minotni boshqaruvi boshqa texnik boshqaruvdan farq qiladi. Dasturiy ta‘minot mavhum. Loyihalar yabgi yoki innovatsion bo‘lishi mumkin shuning uchun ularni boshqarishda tajribasi bo‘lmasligi mumkin. Dasturiy ta‘minot jarayonlari ishlab chiqarishning odatiy jarayonlari kabi rivojlangan bolmasligi mumkin.

  • Havf-hatar boshqaruvi hozirda loyiha boshqaruvining muhim vazifalaridan biri deb tan olingan.

  • Havf-hatar boshqaruvi bosh loyihani havf-hatarlarini identifikatsiya qilish va baxolashni, havf-hatarlar paydo bo‘lish extimoli va paydo bo‘lsa loyihaga ta‘sirini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Siz extimoli bor havf-hatarlarni oldini olishni, bartaraf etishni rejalashtirish kerak.

  • Odamlarni shaxsiy rivojlanishga boshqaruvchilar va kasbdoshlar undaydi.

  • Dasturiy ta‘minot yaratuvchi guruh azolari soni kam bo‘lishi va o‘zaro aloqalari kuchli bo‘lishi lozim. Guruh samaradorligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar – guruhdagi odamlar, guruh tashkillanishi shakli va guruh azolari o‘rtasidagi aloqa.

  • Guruh ichidagi aloqalar guruh qatnashchilarining maqomi, guruh o‘lchami, guruhning gender tarkibi, shaxs turlari va ruxsat etilgan aloqa kanallari kabi omillar ta‘sirida o‘rnatiladi.




Download 1,03 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan

Download 1,03 Mb.