3-ilova Amaliy mashg‘ulot ishlanmasi namunasi 1-mashg‘ulot. Tafakkur turlari va sifatlari. «Sanogen tafakkur» tushunchasi va
uning mohiyati (amaliy mashg‘ulot).
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: talabalarda «tafakkur», «sanogen tafakkur»,
“patogen tafakkur”, uning tarkibiy qismlari va tafakkur sifatlari haqida umumiy
tasavvurlarni shakllantirish.
Mashg‘ulotdan kutilayotgan natijalar: a) talabalar «tafakkur», «sanogen va
patogen tafakkur», «sog‘lom fikrlash», «sog‘lom tarbiya» kabi tushunchalarning
ta’rifi va mohiyatini bilib oladilar; b) tafakkur turlarini farqlashga oid bilimlarning
mustahkamlanishi; s) tafakkur sifatlari haqida bilimga ega bo‘lishi; d) hamkorlikda
ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Mashg‘ulotdagi asosiy tushunchalar: tafakkur, sanogen va patogen tafakkur,
erkin va mustaqil fikrlash, tanqidiy tafakkur, ijodiy tafakkur, tafakkur aniqligi va
mazmundorligi, tafakkur tashabbuskorligi.
I. Kirish qismi. Mashg‘ulotni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
tushuntiriladi. O‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini, bajariladigan ishlar mazmunini
e’lon qiladi. Shuningdek, pedagogik vazifalar aniqlashtiriladi, talabalarga
hamkorlikda ishlashga oid ko‘rsatmalar beriladi hamda baholash tizimi bilan
tanishtiriladi.
II. Asosiy qism. «Shaxs sifatlari» mavzuida erkin matn yozish topshirig‘i
beriladi. Talabalar topshiriqni bajarishda bildirilayotgan fikrlarning aniqligiga, uzviy
aloqadorligiga, mantiqiyligiga va boyligiga e’tibor berishi lozimligi talab etiladi.
So‘ngra talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, ijodiy ish topshiriqlarini bajaradi.
Ijodiy ish topshiriqlari: 1) tugallanmagan fikrlarni davom ettiring; 2) insonlar uchun
eng asosiy qadriyatlarni ko‘rsating: a) oilaviy-…, b) kasbiy-…, s) insoniy-…, d)
o‘quv-bilishga oid-… , 3) keltirilgan matnni tahlil qiling.
158
O‘qituvchining vazifasi talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri va
samarali tashkil etish hamda nazorat qilib borish.