• Bozorova Muslima Qodirovna
  • KIRISH
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

     
    Mas’ul muharrir: 
    Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich – pedagogika fanlari doktori, professor. 
    Taqrizchilar
    Qodirov Qutlug’-bek Bekmurodovich - Termiz davlat pedagogika instituti 
    dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DcS).
    Bozorova Muslima Qodirovna – Termiz davlat universiteti “Pedagogika va 
    ijtimoiy ish” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. 
    Sharofiddinova Xadicha Gulyamiddinovna - Termiz davlat universiteti 
    “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi. 
    Mazkur monografiyada sanogen (sog’lom) tafakkurni rivojlantirish 
    muammosining nazariy-metodologik asoslari, bo’lajak o’qituvchilarda sanogen 
    tafakkurni rivojlantirish zaruriyati, uning tarkibiy komponentlari, tamoyillari va 
    o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi ilmiy-nazariy yondashuvlar o’z aksini topgan. 
    Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning amaliy-
    texnologik tizimi va pedagogik shart-sharoitlari hamda olib borilgan tadqiqot ishi 
    natijalarining mazmuni yoritilgan. 
    Ushbu monografiyadan umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari, talabalar, 
    professor-o’qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda keng jamoatchilik ham 
    foydalanishlari mumkin. 
    Monografiya Termiz davlat universiteti Kengashining 2022 yil 3 noyabrdagi 
    №3.4.3-sonli yig’ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 



    KIRISH 
     
    Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati hamda 
    ma’naviyati jamiyatni rivojlantiruvchi muhim omil va vosita ekanligi tobora ayon 
    bo’lib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun 
    zarur ijtimoiy faol fuqarolar, yuksak saviyaga ega mutaxassislar, mehnat bozorida 
    raqobatbardosh va innovatsion ta’lim muxitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir 
    shaxsni tayyorlash zarurati bilan bog’liq pedagogik kadrlarni tayyorlash muammosini 
    yanada dolzarblashtirmoqda. Ayniqsa, pedagog kadrlarni tayyorlash xalqaro 
    dasturida talabalar faoliyatini rivojlantirishning “fikriy aks ettirish amaliyoti”ga 
    (reflective practitioner)
    1
    yo’naltirilgan taktikasini takomillashtirish, ijodiy va 
    ratsional yondashuv uyg’unligini ta’minlashning pedagogik mexanizmlarini 
    takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jismoniy, shaxsiy, 
    intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlarga ega, ma’naviy boy, sog’lom, barkamol 
    avlodni tarbiyalash O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
    2
    da 
    ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Zero, mamlakatning jahon 
    hamjamiyatida egallagan o’rni uning intellektual salohiyatli yoshlari bilan 
    belgilanadi. Shu bois, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash va ularni yetuk 
    malakali kadrlar qilib tayyorlash masalasi davlat siyosatining bosh maqsadiga 
    aylandi. 
    Dunyoda oliy ta’lim muassasalari talabalarida sog’lom fikrlashni 
    rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, innovatsion 
    yondashuvlar asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy rivojlantirishning kredit-modulli 
    texnologiyalarini ishlab chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.
    Ayniqsa, bo’lajak o’qituvchilarda sanogen refleksiyani tarkib toptirishning pedagogik 
    mexanizmlarini takomillashtirish, sanogen fikrlashini faollashtirish orqali kasbiy-
    pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, SMSC (Spritual – ma’naviy, 
    1
    Valerie Lesniak. An Integrative Model of Spiritual Formation: A Work Always in Process. // Reflective Practice: 
    Formation and Supervision in Ministry ISSN 2325-2855 © Copyright 2013 Reflective Practice: Formation and 
    Supervision in Ministry All rights reserved. 
    2
    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.(23.09.2020) // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
    bazasi, 24.09.2020., 03/20/637/1313-son. 



    Moral – axloqiy, Social – ijtimoiy, Cultural – madaniy) strategiyasi
    3
    asosida 
    akmeshaxsni shakllantirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqishga katta 
    e’tibor qaratilmoqda. 
    Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari rivojlanish yo’lini tanlagan Yangi 
    O’zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror 
    rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson 
    kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta’lim jarayoniga raqamli 
    texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida yuqori 
    malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar 
    tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol 
    shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik 
    vazifalar sifatida belgilangan
    4
    . Bunda oliy ta’lim muassasalarida malakali 
    mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarni 
    takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi. 
    Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yangilash, o’quv-tarbiya jarayonini 
    innovatsion yondashuvlar asosida olib borish, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash va 
    ularni ma’naviy tarbiyalash masalalarining dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning 
    taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son Farmoni, 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini 
    yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son Qarori, 2019 yil 8 
    oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
    rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmoni, 2019 
    yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontsepsiyasini tashkil etishga doir 
    chora-tadbirlar to’g’risida”gi VM-1059-son Qarori, 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-
    son “Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
    to’g’risida”gi Qarori kabi mazkur sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda 
    3
    John Viner. Providing for Pupils’ SMSC Development: Identify opportunities and implement a whole school 
    strategy. – UK, Optimus education. – 2013. 
    4
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
    rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
    bazasi, 08.10.2019 y. 



    ko’rsatilgan vazifalar bilan belgilanadi. 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish ularning aqliy, ruhiy, 
    jismoniy va ma’naviy salomatligi muammolari bilan bog’liq bo’lib, shaxs ongi va 
    ma’naviyati uchun kuchli kurash ketayotgan tahlikali davrda uning yanada 
    dolzarbligi dunyo hamjamiyati rivojlanishining hozirgi sur’ati, tabiiy va ijtimoiy 
    genezisning tobora ortib borayotganligi, inson hayoti dinamikasining intensivligi, 
    mamlakatimiz hayotida sodir bo’layotgan o’zgarish va innovatsion rivojlanish 
    jarayonlari hamda pedagogik faoliyatning murakkabligi bilan ham izohlanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk 
    kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”[9], “Milliy taraqqiyot 
    yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz”[8], O‘zbekiston 
    Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak 
    yo‘q”[10], “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”[11] kabi asarlari tadqiqot uchun 
    metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. 
    Ta’lim jarayonida shaxs dunyoqarashi va tafakkurini barqaror rivojlantirishning 
    nazariy-tarixiy asoslari eng qadimgi yozma manbaalar [22] hamda Abu Nasr 
    Forobiy[20], Abu Rayhon Beruniy[21], Abu Ali Ibn Sino[19], Alisher Navoiy [27; 
    28], Abdulla Avloniy[14, 15] kabi Sharq mutafakkirlarining qomusiy asarlarida 
    yoritib berilgan. 
    Respublikamiz olimlaridan B.Adizov[24], G.Aripova[29], O.Jamoldinova[87], 
    R.Safarova[118], D.Ro‘ziyeva, B.Umarov[133], B.Xodjayev [139; 140], 
    Ch.Shakirova[145], Sh.Shodmonova[146], F.Yuzlikayev[149], 
    N.M.Egamberdiyeva[147], G.Baxodirova[32]larning tadqiqot ishlarida o‘quvchilarda 
    yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, talabalarni shaxsiy va kasbiy 
    ijtimoiylashtirish, mustaqil, milliy, ma’naviy-axloqiy, ijodiy, badiiy, innovatsion, 
    tarixiy, tolerantlik tafakkuri, ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasining o‘ziga xos 
    jihatlari yoritib berilgan. Sh.Kubayeva[69], J.Tulenov, G.Tulenova, A.Choriyev, 
    L.A.Qurbonova[72], V. Xayrullayeva[137]lar tomonidan inson tafakkurini 
    rivojlantirishning falsafiy-metodologik jihatlari, psixolog olimlardan 
    M.Davletshin[50; 51], A.Jabborov[44], Z.Nishonova[89; 90], N.Safayev[117], 



    R.Sunnatova[127], E.G‘oziyev[45; 46], V.Karimova[61; 62], Z.Abdurahmonova [17; 
    18] kabilar tomonidan inson tafakkuri muammosining psixologik xususiyatlari tadqiq 
    etilgan. 
    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan 
    O.Grebenyuk, T.Grebenyuk[48], T.Vasilyeva[36; 37], S.Morozyuk[83; 84], 
    Ye.Miroshnik[85], Yu.Orlov[97; 98; 99; 100]lar tomonidan sanogen tafakkur 
    kontsepsiyasining nazariy-falsafiy asoslari, sanogen tafakkurning psixologik 
    xususiyatlari, o‘quvchilarda va o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni shakllantirish 
    masalalari o‘rganilgan. O‘zgargan ong holatida shaxsiy sanogen aks ettirish, bo‘lajak 
    o‘qituvchilarning emotsional kompetentligini rivojlantirishda sanogen refleksiyaning 
    roli, sanogen fikrlash shaxs ijtimoiy moslashuvining muhim omili sifatida, 
    kinofilmlar vositasida sanogen tafakkurni rivojlantirish, shaxsning o‘z-o‘zini 
    boshqarishiga sanogen refleksiyaning ta’siri, sanogen refleksiyaning xarakter 
    aksentuatsiyasini optimallshtirish va o‘quv faoliyati samaradorligini oshirishdagi 
    ahamiyati, sanogen refleksiyani rivojlantirish orqali ijtimoiy-psixologik moslashuvni 
    ta’minlash, hayotiy qiyin vaziyatlardan chiqish hamda stresslarga chidamlilikni 
    oshirishda sanogen refleksiyaning o‘rni, mustaqil ta’lim jarayonida sanogen 
    refleksiyani rivojlantirish, shaxsning psixologik barqarorligini ta’minlashda sanogen 
    refleksiyaning o‘rni muammolari L.Adamyan[23], L.Kananchuk[60], 
    Yu.Kraynova[68], V.Lisenko[74,75], S.Marchukova[77], M.Mixaylova[79], 
    V.Oparina[94], N.Pavlyuchenkova[103], A.Rossoxin[113], A.Rudakov[115; 116] 
    kabi tadqiqotchi-olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan.
    Xorijlik olimlardan I.Arshava[30], X.Geyvin[42],
    Dj.Dyui[55], K.Izard[58], 
    V.Klochko[65], S.Maddi[76], O.Osadko[101], N.Pil[108], R.Sternberg, 
    K.Sternberg[129], A.Xilman[130], K.Xorni[142]lar shaxsning hissiy kechinmalari, 
    tafakkurning psixologik-pedagogik xususiyatlari, o‘z-o‘zini tushunish qobiliyati, 
    kognitiv psixologiya, pozitiv fikrlashni va talabalarda sanogen tafakkurni 
    shakllantirishning psixologik muammolarini tadqiq etishgan. 
    Biroq sanogen tafakkur muammosi va uni bo‘lajak o‘qituvchilarda 
    rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari, sog‘lom tafakkurning psixologik-



    pedagogik xususiyatlari hamda unga ta’sir etuvchi omillar, refleksiv yondashuv 
    asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish modeli maxsus 
    tadqiq etilmagan. Shuningdek, sanogen tafakkurni rivojlantirish orqali bo‘lajak 
    o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar 
    orqali sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, talabalarda 
    sanogen tafakkurni rivojlantirishga doir refleksiv texnikalar tizimini ishlab chiqish 
    kabi muhim yo‘nalishlar maxsus yoritib berilmagan. Mazkur jihatlar bo‘lajak 
    o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish yuzasidan ilmiy izlanish olib 
    borishni taqozo etadi. 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda izchillik va 
    uzluksizlik tamoyillarini hamda fanlararo integratsiyani ta’minlash, mazkur 
    jarayonda refleksiv va texnologik yondashuvlarni joriy etish lozim. 
    Sanogen (sog’lom) tafakkur shaxsning sog’lom fikrlashga nisbatan barqaror 
    munosabatlarini belgilovchi muhim mezon hisoblanib, zamonaviy voqelik nuqtai-
    nazaridan uning pedagogik hodisa sifatida mohiyatini ochib berish, tarkibiy qism-
    komponentlari, tamoyillari hamda uni bo’lajak o’qituvchilarda rivojlantirishning 
    pedagogik shart-sharoitlarini aniq belgilash kabi muammolar pedagogika nazariyasi 
    va amaliyotining dolzarb masalalaridan biri sifatida ilmiy tadqiqot ishlari olib 
    borishni taqozo etadi. 

    Download 2,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish