1.2.1-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning
ob’ektiv (ijtimoiy muhit) omillari
Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, g’oyaviy va shaxslararo munosabatlarning
uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy
bo’g’inidir. U o’zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va
boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy
dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy sifatlarni
shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko’rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Shu jihatdan, oiladagi ijtimoiy muhit inson tafakkurining shakllanishi va
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Sanogen tafakkurni rivojlantirishning ob’yektiv (ijtimoiy muhit) omillari
Oila muhiti
Tengdoshlar jamoasi
Ta’lim muassasasi
- oiladagi sog’lom
tarbiya;
- oila a’zolari orasidagi
munosabatlar;
- oiladagi pedagogik
muhit;
- oilaning ijtimoiy
yo’nalganligi.
- o’quv jarayonining tashkil
etilishi;
- o’z-o’zini rivojlantirish
uchun imkoniyatning
mavjudligi;
- bo’lajak mutaxassislarga
qo’yiladigan talablar va
qoidalar
- talabalar va
kursdoshlar orasidagi
munosabat;
- shaxslararo muloqot
uslubi;
- birgalikdagi faoliyat;
- ijtimoiy-pedagogik
qo’llab-quvvatlash.
33
Inson hayotini fikrsiz, fikrlashsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tadqiqotchilar inson
tafakkurining shakllanishida ijtimoiy muhit ta’sirining mohiyatini ochib beradilar:
“fikrlashni jamiyatga bog’liq hodisadir deyish mumkin”.
Quyida mazkur yondashuvlarni ochib beruvchi tadqiqotchi olimlarning ilmiy
xulosalarini va fikrlarini keltirib o’tamiz. Venger sotsiologi M.Komloshi fikricha bola
shaxsining rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhiti (vaziyat, sharoit)ni
quyidagi guruhlarga bo’ladi:
- ota-onalarning jamoatchilik faoliyati;
- oila a’zolari davrasidagi munosabatlar;
- ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati;
- oilada bolalarning faoliyati.
Bola shaxsi va tafakkurining rivojlanishida oilaning o’rni yuqori ekanligini
alohida ta’kidlagan pedagog-psixolog olim V.I.Selivanov: «Baxtli bolalik bu –
oiladagi quvonchu hamjihatlikning hamda ota-onalarning bolalariga g’amxo’rligining
samarasidir», - deb ko’rsatib, oilani quyidagi toifalarga bo’ladi:
1. Ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishidagi oila.
2. O’zaro ziddiyatlik yo’nalishiga ega bo’lgan oila.
3. Past darajadagi ijtimoiy yo’nalishdagi oila.
Birinchi toifadagi oila a’zolari ijtimoiy munosbatlarda faol, jamoatchi,
madaniyatli va bolalarida ham shuni tarbiyalaydilar. Oiladagi munosabatlar ta’sirida
ilk bolalikdan tortib yuksak g’oyalarga, umumbashariy ishlarga sodiqlik,
vatanparvarlik, insonparvarlik, shaxsiy qiziqishlarni boshqarish, qat’iylik, qadr-
qimmat, samimiylik kabi yuksak insoniy tuyg’ular va sifatlar shakllana boshlaydi.
Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy yo’nalish uzil-kesil hal qilinmagan
bo’ladi. Bunday oila a’zolari o’z istak, xohish, motivlaridan kelib chiqib «o’z
aravasini o’zi tortadi» va bolalarga ta’sir o’tkazish uchun kurash ketadi.
Uchinchi toifaga mansub oilalarda ko’pgina meshchanlik udumi va ideallari
hukm suradi. Meshchanlik ideali va ijtimoiy qoidalardan tashqari chiqish hollari
(kitob o’qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt
sarflash deb baholanadi. Shu boisdan past darajadagi ijtimoiy yo’nalishga mansub
34
oilalardan xudbin, qo’rqoq, jamiyat uchun kam nafi tegadigan o’g’il-qizlar yetishib
chiqishi mumkin.
Insonlarning fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy
munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Insonning fikrlash usuli avvalo ijtimoiy hodisadir.
Alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir. Har bir
alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar va tasavvurlar yordamida fikrlaydi. U yoki bu
individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g’oyalarning «tasodifiy» ifodalovchisi bo’lib
qoladi».
Amerikalik pedagog-psixolog Dj.Dyui tafakkurning ijtimoiy psixologik
mohiyatini fikr tarbiyasi muammosiga bog’lab o’rgangan olimlardan biri. Uning
fikricha: “tajriba va bilimlar fikr manbai hisoblanadi. Agar shaxs muammo bilan
qisman tanish bo’lsa, u muammoni hal qilish uchun fikrlashi mumkin. Agar shaxs
oldida muammo tursa-yu, bunday sharoitni o’z ichiga olgan tajriba bo’lmasa shaxs
fikrlamaydi”.
Djon Dyui tafakkurning rivojlanishini inson taraqqiyotining genezisi bilan
bog’lab, barcha omillar orasida bolaning tashqi ijtimoiy muhitga intilish odatini
muhimdir deb hisoblagan. Bola dastlab hayotiy va ijtimoiy bilimlarni oilada
o’zlashtiradi. Mazkur muhitdagi shaxslararo munosabatlar va tarbiyaning to’g’ri
tashkil etilganligi bolada tabiatan doimo o’zi atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlar
o’rnatishga bo’lgan moyilligi oshishini ta’kidlaydi.
Xususan, uning tafakkur va fikrlashga oid qarashlari o’ziga xos bo’lib,
“tafakkur” kategoriyasidan ko’ra, “fikrlash”, “mulohaza yuritish” degan tushunchani
ishlatishni afzal ko’radi. U bu bilan “mavjud tajribani anglash va yangi qarorlar,
fikrlarning mujassamlashuvi” jarayonini tushunadi. Fikrlovchi ong ishlashi uchun,
olimning fikricha, uni doimo mashq qildirishi, yangi odatlar bilan boyitib borishi
kerak, deydi.
Ijtimoiy-psixologik muammolarni tadqiq etgan olima V.Karimova o’zining
qator maqola va risolalarida, shaxsning jamiyatdagi mavqei va undagi yuksak insoniy
fazilatlarning fikrlash jarayonidagi mustaqil mavqeiga bog’liqligiga, shuningdek
mazkur jarayonda oila, ta’lim-tarbiya jarayoni masalalariga jamoatchilik diqqatini
35
qaratib, uzluksiz ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlarda eng avvalo
o’quvchilar va talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish va
bunda eng avvalo o’quv faoliyati kechadigan ijtimoiy psixologik muhitning yetakchi
rolini ta’kidlaydi. Boshqa tomondan “o’zini anglagan, bilgan, hayotda o’z o’rnini his
qila olgan odamnigina miyasiga fikr keladi, tafakkur qiladi va qolaversa, u bu
fikrlarini o’zgalarga izhor qilib yetkazishi ham mumkin bo’ladi”. “Qanday fikrlash
lozim?” muammosiga e’tibor qaratgan muallif, aslida fikrni ilk yoshlikdan
tarbiyalash lozimligini ta’kidlaydi va uning mezonlariga e’tibor beradi: “Agar bolada
yoshligidanoq har bir narsa hodisaning o’ziga xos tomonlarini ko’ra olish, ijodiy
yondashuv bo’lsa, demak, uning tafakkuri ijodiy, egiluvchan, moslashuvchan bo’lib,
aynan shularda mustaqil tarzda mulohaza yuritish kuzatiladi”.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari tafakkurining rivojlanishida auditoriya va
auditoriyadan tashqari mustaqil mashg’ulotlar, mutolaa qilish muhim ahamiyat kasb
etadi, jumladan har xil to’garaklarda qatnashish talabalar bilimini chuqurlashtirib, bilim
doirasini kengaytiradi. Shuningdek, o’qish va o’qitish jarayonida fikr yuritish
operatsiyasini jadallashtiruvchi omilkor usullardan oqilona foydalanish yuqori samaraga
erishtiradi.
Uzluksiz ta’lim jarayonida o’quvchi-yoshlar tafakkurining mustaqillik darajasini
vujudga kelishida o’qituvchi shaxsining roli juda katta.
Birinchidan, o’qituvchi o’quvchilarda o’rganilayotgan qonuniyat va xossalar
to’g’riligi haqida ishonch tuyg’usini hosil qiladi, o’tilayotgan mavzular mazmuni
bo’yicha qanoatlanish hissini vujudga keltiradi, voqelikni isbot qilishga, bildirilgan
mulohazalarni dalillashga o’rgatib boradi. Shuning bilan birga qo’yilgan muammoni hal
etish uchun qulay usul va metodlardan foydalanish yo’l – yo’riqlari bilan qurollantirib
boradi.
Ikkinchidan, o’qituvchi talabalarni tanishayotgan narsa va hodisalar bo’yicha
original, yangicha fikr yuritishga, har bir holatga ijodiy yondashishga o’rgatadi. Ushbu
maqsadni amalga oshirish uchun u talabalarni mantiqiy fikr yuritish usullari bilan
tanishtiradi va foydalanish yo’llarini tushuntiradi.
36
Uchinchidan, o’qituvchi talabalar tomonidan qo’llanaverib, arxaik-eskirgan
terminga aylangan so’z va iboralardan kamroq foydalanishga, shablondan - bir
xillikdan hamisha qochishga o’rgatadi, ularni ijodiy izlanishlari sari yetaklaydi.
To’rtinchidan, o’qituvchi talabalar oldiga bilimlarni amaliyotda tadbiq qilish
vazifasini muammo tariqasida qo’yadi. Beshinchidan, o’qituvchi talaba yigit va
qizlarning individual (shaxsiy) xususiyatlarini hisobga olgan holda mavjud aqliy
imkoniyatlarini o’qishga, ijodga safarbar qilishga intiladi.
Oltinchidan, o’qituvchi talabalar diqqatiga muammoli vaziyatni, jumboqni va
topshiriqni havola qiladi va qo’yilgan masalalarni echish va hal qilish bosqichlari bilan
atroflicha tanishtiradi, shuningdek har qanday qiyinchiliklarni engib o’tishga ularni
da’vat etadi.
Yettinchidan, o’qituvchi talabalarning his – tuyg’usi va irodaviy xususiyatlarini
yanada mustahkamlash uchun yaqqol yo’l – yo’riq ko’rsatadi, maxsus pedagogik
ko’rsatmalar (ustanovka) beradi, qiyinchiliklarni yengish va ularning oldini olish
vositalari bilan o’rtoqlashadi.
E.Z.Usmonova tafakkurning eng muhim tavsifi – bu tafakkur va nutqning o’zaro
bog’liqligidir, deb ko’rsatib o’tadi. Muallifning fikricha: “u yoki bu fikr qanchalik
o’ylangan bo’lsa, u so’zlarda, og’zaki va yozma nutqda shunchalik aniq va yaxshi
ifodalanadi. Aksincha, qandaydir bir fikrning so’zlar yordamida shakllanishi
tushunarli bo’lib boradi. Agar biz o’quvchi-yoshlar tafakkurini rivojlantirishni
xohlasak, unda ularning nutqini rivojlantirishimiz, ularni o’z nuqtai-nazarini
himoyalashga o’rgatishimiz, ularni asoslab bera olishlikka, boshqacha nuqtai-
nazarlarni eshita bilishga, tortishuvlarga o’rgatishimiz kerak”.
S.Ataxanova talaba-yoshlarda sog’lom tafakkurni shakllantirish masalasiga
to’xtalib, quyidagi xulosaga kelgan: birinchidan, ularni ma’naviy-estetik jihatdan
tarbiyalash, ikkinchidan, ularning jamiyat hayotidagi muammolarga nisbatan faol
nuqtai-nazarini shakllantirish, uchinchidan, bo’lajak mutaxassis sifatida ularda o’z
bilimini oshirib borishi va o’z-o’zini rivojlantirish ko’nikmalarini shakllantirish
lozim. Bu esa, ularning istiqbolda butun jamiyat salomatligini muhofaza qiluvchi
ijtimoiy guruh sifatida talqin qilinishi uchun asos bo’ladi. Demak, sog’lom
37
tafakkurga talaba-yoshlarning shaxsiy barkamolligini ta’minlovchi vosita sifatida
qaralsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish ko’plab sub’ektiv
omillar ta’sirini hisobga olishni talab etadi. Jumladan, o’z-o’zini anglay bilishi, ya’ni
o’z-o’ziga baho berish mayli va istagi kabi ustanovkalar; o’zini boshqa shaxslar bilan
taqqoslashi; fikrlarini erkin, ochiq, mazmunli ifodalashi; o’zgalarning fikrini eshita
olishi va murosa qila olish kabi emotsional xususiyatlar, shaxs motivatsion sohasi
rivoji, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, yosh omili mazkur jarayonda
muhim ahamiyat kasb etadi (1.2.2-rasmga qarang).
Motivatsion soha sanogen tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi sub’ektiv
omillar sirasiga kiradi. Barchamizga ma’lumki, har qanday faoliyat muayyan
motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga
oshadi.
“Motiv” (lotin. moteve - harakatga keltiruvchi qiziqish, ehtiyoj) – ma’lum
ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
“Motivatsiya” – bu insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi
bo’lib, u o’zida ehtiyojlar, qiziqishlarni, motivlarni, ideallarni, intilishlarni,
ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Bunda, motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy
faoliyatga undovchi motivlar yig’indisi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aytishimiz
mumkinki, sub’ektda kechadigan barcha jarayonlar (fiziologik, ruhiy, intellektual,
emotsional va boshq.)da uning motivatsiya tizimi o’z ta’sirini ko’rsatmasdan
qolmaydi. Shuningdek, sub’ektning motivatsiya tizimi unda shaxsiy pozitsiyalar,
ya’ni “Men” obrazining shakllanishida ham dastlabki mezon hisoblanadi.
Sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayoni talabalarda kognitiv faoliyat
ko’nikmalarining rivojlanganlik darajasi bilan bog’liq. Kognitiv rivojlantirish
jarayonida insonning olam haqida olgan ma’lumotlari, uning xotirada saqlanishi va
bilimga aylantirilishini hamda bu bilimlar bizning diqqatimiz va xatti-
harakatlarimizga qanday ta’sir qilishi jihatlariga e’tibor qaratiladi. Kognitiv soha
bilish jarayonlarining barcha spektrini qamrab oladi – sezgi, idrok etish, diqqat,
38
tushunish, xotira, tasavvur, tushunchalarni shakllantirish (anglash), fikrlash, xotirada
saqlash, til, hissiyotlar va intellektning rivojlanish jarayonlariga qadar.
Kognitiv soha bilish faoliyatining barcha darajalarini (bilish, tushunish, anglash,
baholash) umumlashgan holda insonning fikrlash tarzi (dunyoqarashi)da namoyon
bo’ladi. Ilmiy tahlillarga ko’ra, agarda mazkur darajalarning birortasida salbiy holat
ko’zga tashlansa bu o’z navbatida insonning fikrlash jarayoniga ta’sir ko’rsatmasdan
qolmaydi.
|