44
ko’rsatish va o’zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari
tushuniladi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar
ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot – o’qituvchining, umuman
olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida tinglovchilarni bilish va
o’rganish kaliti va o’quv faoliyatining ijodiy xarakteri, tinglovchi shaxsining
shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo’lgan
emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to’siqlarning paydo
bo’lishini oldini oladigan, ta’lim oluvchilar jamoasida ijtimoiy-psixologik
jarayonlarni to’g’ri boshqarishni ta’minlaydigan va o’quv-tarbiyaviy jarayonda
o’qituvchining o’z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar
yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik jarayonda muloqotning eng keng tarqalgan uch turidan foydalaniladi:
avtoritar, demokratik va liberal.