47
1.2.1-jadval
Sanogen va patogen fikrlashning muhim jihatlari
Sanogen fikrlash
Patogen fikrlash
Tafakkurning dinamikligi, moslashuvchanligi,
refleksivligi: inson fikrlash tarzi bilan bog’liq
barcha holatlarni kuzatadi.
To’liq tasavvur erkinligi: ong bilan
boshqarilmaydigan
voqelikdan ajralish -
fikrlarni boshqarish va cheklash odatining
yo’qligi.
Introspektsiya: tahlilga asoslangan, insonning
o’z-o’zini ichki kuzatuvi fonida amalga
oshiriladigan fikrlar.
Doimiy xavotirli vaziyat, salbiy tajribani
to’plashga hissa qo’shadi, doimiy bezovtalik
ko’proq kuch talab qiladi. Fikrlashdagi
stereotiplik.
Kishi ruhiy holatlarning tuzilishini biladi: u
ishonchsizlik, aybdorlik, muvaffaqiyatsizlik
va boshqa voqelik qanday ishlashini
tushunadi.
Refleksivlik qobiliyatining to’liq yo’qligi,
o’zini va o’z holatini tashqi tomondan ko’rib
chiqish, vaziyatga to’g’ri baho berish
ko’nikmasining mavjud emasligi.
Ijtimoiy stereotiplar, madaniy xulq-atvor
dasturlari haqida individual bilimning
mavjudligi
Salbiy emotsiyalarga yo’nalganlik
hamda
muvaffaqiyatsizlik, o’z-o’ziga nisbatan
ishonchning pastligi, irodasizlik kabi sifatlar
xarakterlidir.
Fikrlashdagi rangbaranglik, diqqatning
barqarorligi va irodaviylik: bu o’z-o’zini
tahlil qilish imkonini beradi.
Fikriy jarayonlarning ongsizligi: bu o’z-
o’zimizni, holatimizni nazorat qila
olmasligimiz bilan izohlanadi.
Fikrlash va tasavvurni boshqarish qobiliyatini
hosil qiladi.
Fikrlashdagi nazoratsizlik, ehtiyoj va
motivlarning beqarorligi.
Lokus (o’z-o’zini kuzatish) nazoratning
yuqoriligi - bu ijobiy faoliyat natijasini
ta’minlaydi.
Insonga vaziyatni hissiy jihatdan ijobiy aks
ettirish imkonini bermaydi, bu esa surunkali
stressni, o’zi va boshqalar bilan ziddiyatlarni
keltirib chiqaradi.
Shaxsga hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan
muammolarga
konstruktiv tus berishga,
destruktiv yo’nalishdagilaridan esa saqlanish
imkonini beradi.
Hissiy emotsional qobiliyat darajasining
pastligi va aksincha, himoya refleksiyasining
yuqoriligi.
Muammoli vaziyatlardan psixologik
jihatdan
oqilona (o’ziga va salomatliligiga salbiy ta’sir
etmagan holda) chiqish imkonini beradi.
Shaxsiy aks ettirishning quyi darajada ekanligi
muammoli vaziyatlarni to’g’ri tahlil qilish
imkonini bermaydi.
Sanogen tafakkur bo’yicha keltirilgan mulohazalar va berilgan ta’riflardan kelib
chiqqan holda uning quyidagi o’ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarini ajratib
ko’rsatish mumkin:
•
O’z fikrlarini tashqi ifodalay olish, ya’ni eksteriorizatsiyaning namoyon
bo’lishi;
•
Fikrlash jarayonida interiorizatsiya (ichki qabul qilish)ning namoyon bo’lishi;
•
Fikrlashda noodatiylik (improvizatsiya) va ijodkorlik;
•
Fikrlashning refleksivligi
va pozitiv fikrlash;
•
Fikrlashda shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo’lishi;
48
•
Fikriy harakatlarning uyg’un amalga oshirilishi (eshitish, nutq va harakat);
•
Fikrlashdagi moslashuvchanlik;
•
Fikrlash jarayonida o’z-o’zini ishontirish va nazoratning yuqoriligi;
•
Fikrlash jarayonida emotsionallik va aqliy yondashuvning uyg’unligi.
Bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda pedagogik-
psixologik tadbirlar va jarayonlar majmui haqida so’z ketganda, avvalo sanogen
tafakkurning ham falsafiy, ham psixologik, ham pedagogik kategoriya ekanligini
nazarda tutish zarur. Chunki, sanogen tafakkur ularning barchasini o’z mazmunida
mujassam etadi.
Demak, sanogen (sog’lom) tafakkur insonga o’rganayotgan
bilimlarini analiz,
sintez qilish imkonini beradi. To’plagan bilimlar asosida esa mushohada yuritish,
yangiliklarni, g’oyalarni, yangi bilimlarni anglash va muammolarni hal etishda eng
to’g’ri, qisqa va samarali yo’lni topishga yordam beradi. U kishilarning o’z
salomatligini asrashga yo’naltirilgan o’ylari, ongi, shuuri, hissiyotlari, axloqi, estetik
qarashlari, g’oyalari, sa’y-harakatlari va ularning natijasi hisoblanadi.