45
Bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish bilan bog’liqliklda
o’qituvchi yuqorida keltirilgan muloqot uslublaridan uyg’un (yaxlit) holatda
foydalanishi tavsiya etiladi. Chunki, o’quv topshiriqlarini o’zlashtirishda
qattiqqo’llikka asoslansa, o’zaro shaxslararo munosabatda muloqot
shaxsiy-
insonparvar yondashuv asosida tashkil etilsa hamda liberal uslubdan foydalangan
holda talabalarning mustaqilligi va erkin fikrlashi uchun sharoit yaratib berilishi
ijobiy yutuqlarning ko’payishiga olib keladi.
Demak, o’qituvchining pedagogik muloqot uslublaridan o’rinli va maqsadli
foydalanishi o’z o’rnida talabalarning erkinligini oshirish va ijodiy ishlashlari
(fikrlashlari) uchun zaruriy shart-sharoitni yaratadi.
Sanogen tafakkurni rivojlantirishda muloqot jarayonining muhim tarkibiy qismi
bo’lgan pedagogik ta’sir etish metodlari mazkur jarayon samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi
tomonidan
pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol,
rag’batlantirish va jazolash, ishontirish.
“Tafakkur” tushunchasini tahlil etish asosida uning quyidagi asosiy
xususiyatlarga ega ekanligi haqidagi xulosaga kelingan: 1) unda voqelik
abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq
tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan chetlashgan,
mavhumlashgan holda e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi
xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi; 2)
tafakkur borliqni
bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar murojaat etmasdan,
mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar
o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi; 3) tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat.
Unda bilish jarayoni borliqda real anologiga ega bo’lmagan narsalar – yuqori
darajada ideallashgan ob’ektlarni yaratish, ularning eng
muhim xususiyatlarini
o’rganish, hodisalarni oldindan ko’rish, bashorat qilish imkoniyati vujudga keladi; 4)
tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr – ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy
hodisada reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan
46
shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha
aytganda, til fikrning bevosita voqe bo’lish shaklidir.
Tafakkur o’ziga xos shakllarda namoyon bo’lib, ma’lum qonuniyatlarga
asoslanadi. Tafakkur shakllari – fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning
bog’lanish usuli bo’lib, u tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida
mavjud bo’ladi.
Tafakkur va uning o’ziga xosliklariga asoslangan holda, «sanogen tafakkur» va
“patogen tafakkur” atamalari va uning tarkibiy qismlarining pedagogik talqinini
aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Kognitiv va ijodiy fikrlash ko’proq tashqi ob’ektga qaratilgan bo’lib, bunda
inson diqqatini o’ziga emas balki tashqi olamga yo’naltiradi. [Dj.Dyui, R.J.Sternberg,
K.Sternberg, Z.T.Nishonova, L.A.Qurbonova, Sh.T.Kubayeva]. Lekin, inson ko’p
holatda o’z hatti-harakatlarini, his-tuyg’ularini, kayfiyatini nazorat qilishi kerak.
Buning uchun u o’zini chuqurroq anglashi lozim. Har bir inson nafaqat o’zining his-
tuyg’ularini va xatti-harakatlarini
nazorat qilishi, balki muayyan qoidalarga muvofiq
fikrlash tarzini ham nazorat qila olishi kerak. Mazkur holat bilan bog’liqlikda
pedagog-psixolog olimlar fikrlashning ikkita turini ajratib ko’rsatishadi: sanogen va
patogen [Yu.M.Orlov, S.N.Morozyuk, T.N.Vasilyeva, L.I.Adamyan, A.L.Rudakov,
V.N.Oparina].
Sanogen fikrlash ichki nizo, zo’riqish va xavotirni kamaytirib, his-tuyg’ularni,
ehtiyojlar va istaklarni boshqarishga imkon beradi va shunga ko’ra ijtimoiy maqbul
xulq-atvorni shakllantiradi. Yu.M. Orlov bunday fikrlashni sanogen fikrlash deb
ataydi. Aksincha, madaniyat talablari asosida dasturlashtirilgan, avtomatizm va
ijtimoiy stereotip asosidagi oddiy fikrlashga patogen fikrlash, ya’ni
kasallik keltirib
chiqaradigan fikrlash deyiladi.
Sanogen va patogen fikrlash shakllarining mohiyatini yaxshiroq tushunish
uchun, ularning muhim xususiyatlarini ajratib, bir-biri bilan taqqoslash lozim (1.2.1-
jadvalga qarang).