41
o’rinli foydalanish o’quvchiga ko’proq o’z fikrlarini izhor
qilish uchun imkoniyat
yaratadi;
- beshinchidan, erkin va mustaqil fikrlash uchun guruhda ishlash qonunlari va
ijtimoiy pedagogik mezonlarni to’la inobatga olish zarur.
Pedagogik jarayonda talabaning “faoliyat sub’ekti”
sifatida ishtirok etishi,
o’zaro hamkorlikdagi samarali faoliyat hamda interfaol ta’lim muhitining yo’lga
qo’yilishi talabada erkin fikrlash, mustaqillik, ijodkorlik sifatlarining rivojlanishiga
xizmat qiladi. Natijada talabada ruhiy-emotsional qoniqish hissi paydo bo’ladi. Shu
o’rinda haqli bir savol tug’iladi: “Mazkur jarayonda o’qituvchi qanday vazifani
bajarishi lozim?”.
Pedagog olim B.Xodjayev o’quvchilarda tarixiy
tafakkurni rivojlantirish
muammosini o’rganish jarayonida pedagogik faoliyatga nisbatan innovatsion
yondashuvlarni tahlil qilib, mazkur jarayonda o’qituvchining
quyidagi vazifalarini
ajratib ko’rsatadi: maslahatchi, tyutor, moderator va fasilitator o’qituvchi. Oliy ta’lim
jarayonida o’qituvchining mazkur vazifalarni bajarishi talabalarda sanogen tafakkurni
rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etish lozim.
Interfaol ta’lim sharoitida o’qituvchining maslahatchilik
roliga alohida ehtiyoj
tug’iladi. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida maslahatchilikka doir faoliyatning bir
nechta turlari taklif etilgan: ekspert, loyiha rahbari va tashkilotchi modellari
farqlanadi.