-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

1.5-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish 
zaruriyati 
 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish muammosi doirasida 
2018-2019, 2019-2020, 2020-2021 o’quv yillari davomida uch bosqichda 
(asoslovchi, shakllantiruvchi, yakunlovchi) Termiz davlat universiteti, Buxoro davlat 
universiteti va Farg’ona davlat universitetlarida faoliyat olib borayotgan professor-
o’qituvchilar hamda pedagogika va psixologiya, boshlang’ich ta’lim, maktabgacha 
ta’lim va jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan 
talabalar ishtirokida tajriba-sinov ishlari olib borilgan. Tadqiqotning birinchi 
bosqichida asosiy e’tibor o’quv jarayonidagi mavjud holatlarni, ta’lim muassasalarida 
yaratilgan o’quv-uslubiy ta’minotni, bunda Pedagogika ta’lim sohasining davlat 
ta’lim standarti va malaka talablari, o’quv reja, namunaviy dastur, ishchi o’quv 
dasturlari, o’quv adabiyotlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy 
majmualar mazmuni tahlil qilinib, auditoriya va auditoriyadan tashqari o’quv 
mashg’ulotlarining pedagogik imkoniyatlari o’rganilgan. Tajriba-sinov ishlariga jalb 
etilgan professor-o’qituvchi va talabalar o’rtasida suhbat, anketa-so’rovnoma va test 
sinovlari o’tkazilgan. Natijada, bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurning 
rivojlanganlik darajasi va uni rivojlantirishning ahamiyati, ushbu jarayonda yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan masala va muammolar aniqlashtirilib, tadqiqot yo’nalishlari 
aniq belgilab olingan. Olib borilgan tajriba-sinov ishi natijalariga asoslangan holda, 
talaba-yoshlarda sog’lom tafakkurni rivojlantirish zaruriyatini belgilaydigan quyidagi 
bir qancha jihatlar aniqlandi: 
Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi 
PF-5847-son farmonida tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 
2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”da xalqaro tajribalardan kelib chiqqan 
holda oliy ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish, jumladan o’quv dasturlarida 


58 
nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta’limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga 
yo’naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o’tish, oliy ta’lim mazmunini sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil 
izlash va tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish asosiy vazifa etib belgilangan. 
Xususan, gumanitar va pedagogik yo’nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni 
kuchaytirish, pedagogik ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv reja 
va dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish, 
oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy 
qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g’oyalar asosida 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g’oya va mafkuralarga qarshi 
immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati muhim 
vazifalar sirasiga kiritilgan. 
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 
dekabrdagi 1059-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiyani 
amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Kontseptsiyasi”da yoshlarni mustaqil 
hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash, ma’naviy tarbiyani 
baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish, yoshlarda irodalilik, 
mafkuraviy immunitet, mas’uliyatlilik, bag’rikenglik, innovatsion fikrlash, sog’lom 
dunyoqarash kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish 
Kontseptsiyaning asosiy vazifalari etib belgilangan. 
Uchinchidan, ma’lumki, sog’lom dunyoqarashni rivojlantirish murakkab jarayon 
bo’lib, bunda insonning shaxsiy tajribasi, qiziqishlari, ijtimoiy muhit ta’siri, 
pedagogik jarayonning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqadorlikni nazarda tutgan holda uzviy olib borish muhim hisoblanadi. Chunki, 
sanogen fikrlash bir tomondan shaxsning o’zida kechayotgan barcha o’zgarishlar, 
jarayonlar mazmunini tushunishga, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotida sodir 
bo’layotgan voqea-hodisalarning sababini aniqlashi, mohiyatini anglashida va unga 
javoban o’z fikrlarini sog’lom ifodalay olishida namoyon bo’ladi. Shu jihatdan, 
talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda uning pedagogik-psixologik 
xususiyatlarini inobatga olish talab etiladi. 


59 
Biroq, pedagogik ta’lim yo’nalishlari uchun sotsiologik, pedagogik va 
psixologik xususiyatlarning integratsiyalashuvini o’zida mujassam etgan, pedagogik 
faoliyat ko’nikmalarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan, talabalarning mantiqiy va 
tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini bosqichma-bosqich uzviy ravishda 
takomillashtirishga qaratilgan mashq va vazifalar tizimi yetarlicha ishlab 
chiqilmagan. Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarda muvaffaqiyatli kasbiy pedagogik 
faoliyatni ta’minlovchi omil sifatida baholanayotgan sanogen tafakkur yuritish 
ko’nikmalarini rivojlantirib borish masalasi e’tibordan chetda qolmoqda. 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning mavjud 
imkoniyatlarini aniqlash maqsadida quyidagi o’quv-me’yoriy hujjatlar mazmuni 
o’rganildi: 
1. Pedagogika ta’lim sohasining DTS va malaka talablari. 
2. Bakalavriat ta’lim bosqichida o’qitiladigan pedagogik va psixologik 
fanlarning namunaviy va ishchi o’quv dasturlari. 
3. Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan 
me’yoriy hujjatlar (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ish rejasi, mavjud to’garak 
mashg’ulotlari dasturi va boshqalar). 
Pedagogika ta’lim sohasining DTS va malaka talablari tahliliga ko’ra, bo’lajak 
o’qituvchilarda kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida pedagogik 
fikrlashning reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish, muhim kasbiy sifatlarni 
rivojlantirish, kasbiy va shaxsiy o’z-o’zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga keltirish, 
aniq pedagogik vaziyatda ma’lum masalalarni ajratib olish va ularni hal qilish usuli 
sifatida pedagogik tafakkurni rivojlantirish asosiy vazifa sifatida belgilanib, quyidagi 
umumiy talablar keltirilgan
8

- dunyoqarash bilan bog’liq tizimli bilimlarga ega bo’lishi, ijtimoiy muammolar 
va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; 
- ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini 
bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lish; 
8
110000-Pedagogika ta’lim sohasining DTS. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. 
Toshkent. 2020.08.14. - 13 b. 


60 
- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga 
ega bo’lishi hamda hayotda va o’z kasbiy faoliyatida foydalana bilish; 
- insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini 
belgilovchi ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilish; 
- axborot yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini 
egallagan bo’lishi, o’z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish; 
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va mehnat 
faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishga oid bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishi talab 
etiladi.
Yuqoridagi mezonlar bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga 
quyidagi malaka talablari belgilangan: 
- pedagogik faoliyatni tashkil etish bilan bog’liq qobiliyatlar; 
- ilmiy tadqiqot faoliyati bilan bog’liq qobiliyatlar; 
- ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan qobiliyatlar; 
- tashkiliy-boshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qobiliyatlar
9
ga ega bo’lishi 
lozim. 
Oliy ta’lim muassasasi talabalarining o’quv mashg’uloti o’z xususiyati va 
mazmuni bilan boshqa ta’lim muassasalarining o’quv jarayonidan tubdan farq qiladi. 
O’quv rejasi va dasturining murakkablashuvi, yangi fanlar va qo’shimcha kurslarning 
kiritilishi o’zlashtirishni nazariy va amaliy tafakkur yordamida amalga oshirishni 
taqozo etadi. Shu sababli ularning o’qishga munosabati ham o’zgaradi. Bu davrda 
talaba-yoshlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga ega bo’lib 
boradi. 
Mazkur jarayonda bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini 
rivojlantirishda pedagogik va psixologik fanlarni o’qitish imkoniyatlaridan 
foydalanish talab etiladi. Shundan kelib chiqib, bakalavriat ta’lim bosqichida 
o’qitiladigan “Umumiy psixologiya va pedagogika” hamda “Pedagogika nazariyasi 
va tarixi”, “Psixologiya nazariyasi va tarixi”, “Oila pedagogikasi”, “Oila 
psixologiyasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Pedagogik mahorat” 
9
5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari. O’zbekiston 
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Toshkent. 2018.08.25. - 4 b. 


61 
kabi fanlarning namunaviy va ishchi o’quv dasturlarida keltirilgan mavzular qiyosiy 
tahlil qilindi. Natijada, quyidagi mavzularda sanogen tafakkurga oid nazariy 
ma’lumotlar mazkur fanlarning qator mavzularini o’qitish mazmuniga kiritilishi 
tavsiya etiladi (1.5.1-jadvalga qarang). 

Download 2,92 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish