• А. Maqsad omili
  • E. Sharoit omili Auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning tashkil etilishi S. Faoliyat omili
  • Yangicha sog’lom dunyoqarashga ega mutaxassis SHAXSI B. Mazmunli omil
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    1.4.2-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning 
    integrativ-tarkibiy tuzilmasi 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning integrativ 
    tuzilmasi – maqsad omili, mazmunli omil, faoliyat yo’nalishlari, shaxs va sharoit 
    omillari kabi tarkibiy qismlarni o’zida birlashtiradi. Mazkur tarkibiy qismlar o’zaro 
    uyg’un holatda bo’lajak mutaxassis shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, 
    yangicha sog’lom dunyoqarashga ega bo’lajak o’qituvchini tayyorlash yakuniy 
    kutiladigan natija sifatida belgilangan. 
    А. Maqsad omili 
    Pedagogik va 
    psixologik fanlarning 
    o’qitilishi 
    YANGI bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish 
    Variativ to’garak 
    mashg’ulotlarining 
    tashkil etilishi 
    Bo’lajak mutaxassis 
    shaxsini shakllantirish 
    E. Sharoit omili 
    Auditoriya va 
    auditoriyadan tashqari 
    mashg’ulotlarning 
    tashkil etilishi 
    S. Faoliyat omili 
    - o’quv-tarbiyaviy,
    - ilmiy-tadqiqotchilik,
    - amaliy faoliyat. 
    D. Shaxs omili 
    O’qituvchi rahbarligidagi 
    faoliyat, mustaqil ta’lim 
    faoliyati, shaxslararo 
    munosabatlar 
    Talaba shaxsi 
    Yangicha sog’lom dunyoqarashga ega mutaxassis SHAXSI 
    B. Mazmunli omil 


    56 
    Ma’lumki, har bir talabaning oliy ta’lim muassasalarida o’qishdan asosiy 
    maqsadi yangi mazmun kasb etuvchi bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishdan 
    iborat. Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish bilan bog’liqlikda mazmunli 
    omil pedagogik va psixologik fanlarning o’qitilishi hamda variativ to’garak 
    mashg’ulotlarining tashkil etilishiga qo’yiladigan talab va qoidalarni belgilaydi. 
    Ya’ni, talaba tahsil olish davomida pedagogik-psixologik bilimlarga ega bo’lish bilan 
    birgalikda “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” nomli to’garak mashg’ulotlarida ishtirok 
    etish orqali sog’lom fikrlash bilan bog’liq sanogen xulq-atvor ko’nikmalarini 
    o’zlashtiradi. 
    Mazkur jarayonda har bir talaba o’quv-tarbiyaviy, ilmiy tadqiqotchilik va amaliy 
    faoliyat olib boradi. Ushbu faoliyat turlari bevosita o’qituvchi rahbarligida yoki 
    mustaqil ta’lim shaklida namoyon bo’ladi. Faoliyat turlarining samaradorligi 
    talabaning shaxslararo munosabatlarga kirisha olishi, uning ijtimoiy 
    moslashuvchanligi hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning 
    uyg’un holda olib borilishiga bevosita bog’liq hisoblanadi. 
    Tadqiqotlardan ma’lum bo’ladiki, bo’lajak o’qituvchilarning sanogen 
    tafakkurini rivojlantirish jarayoni shaxsning individualligi va mustaqilligini ko’zda 
    tutuvchi o’ziga xos sub’ektiv o’quv hamkorlik shakllarini taqozo etadi. Ma’lumki, 
    individuallik va mustaqillik shaxsning shakllanishi, rivojlanishining muhim 
    o’lchovidir. Mustaqillikning rivojlanishi uchun esa shaxsiy tajriba, ijodiy faoliyat 
    turi, differentsial munosabat, o’z-o’zini tarbiyalash zarur. Bunda muloqot, dialog, 
    fikriy o’yin, refleksiya, mazmunni anglay olish fikriy ko’nikmalarning rivojlanish 
    darajasini belgilab beruvchi mezonlardan sanaladi. 
    Shunga muvofiq ta’lim jarayonining barcha aspektlarida o’quv faoliyatining 
    borishi va natijalarida shaxs omilining yetakchilik qilishi, o’qitish jarayonida 
    shaxsning kutilmagan ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi pedagogik 
    vositalarning innovatsion turlarini, o’qitishning zamonaviy usullarini tadbiq etilishi 
    talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi. 
    Xullas, sanogen tafakkur shakllanishi uchun har bir inson u yoki bu darajada 
    uning tarkibiy komponentlarini o’zida namoyon etishi lozim. Shundagina, inson 


    57 
    tafakkurida to’liq va mukammal holda barcha talab etilgan sanogen tafakkur 
    doirasidagi bilim va malakalar shakllanadi. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish