-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish komponentlari




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

 
1.4-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish komponentlari 
va uning integrativ-tarkibiy tuzilmasi 
 
Sanogen (sog’lom) tafakkur inson salomatligini muhofaza qilishning 
noan’anaviy usullaridan biri bo’lib, yangicha fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishni 


51 
ta’minlaydi. Shuningdek, sanogen fikrlash ko’nikmasi fikr yuritishning xilma-xil 
usullarini o’zlashtirish, unga erkinlik berish, emotsiyalarning keragidan ortiqcha 
namoyon bo’lishini kamaytirishga imkon beradi. Sanogen fikrlash ko’nikmalarini 
o’zlashtirish uchun avvalo shaxs o’zi bilan sodir bo’ladigan voqea-hodisalar 
mazmuni va aniq hissiy-emotsional holatlar (masalan, nafrat, uyat, 
muvaffaqiyatsizlik, ishonchsizlik, noadekvat baholash va salbiy fikrlar) haqida 
yangicha tafakkur yuritishni tarbiyalashi lozim. Ana shunda, inson o’zida mavjud 
bo’lgan muayyan stereotip fikrlar va xulq-atvor ko’nikmalaridan xalos bo’ladi. 
Bizning fikrimizcha, insonning atrof-muhitni idrok etish jarayonini kuzatish 
asosida uning sanogen yoki patogen (nosog’lom) fikr yuritish ko’nikmalarini tadqiq 
etish mumkin. Fikrlashning patogenligi shundaki, insonning salomatligiga zarar 
yetkazuvchi salbiy qarashlar yig’indisi bo’lib, u shaxsning o’z-o’zi va shaxslararo 
munosabatlar jarayonida vujudga keladigan emotsional beqarorlik va nizolar bilan 
izohlanadi. 
Aytish mumkinki, o’zida sog’lom fikrlashni rivojlantirish va patogen odatlardan 
xalos bo’lish uchun shaxs sanogen fikrlashga oid bilimlarga ega bo’lishi lozim. 
Bunda ta’limiy faoliyat shaxsga sog’lom fikrlash usullarini o’zlashtirishga yordam 
berishi va unga psixikani o’zini o’zi takomillashtirish va davolash ko’nikmalarini 
o’rgatishi kerak. Buni amalga oshirish uchun esa, albatta, o’quv jarayonini o’z-o’zini 
tarbiyalash bilan birga olib borish talab etiladi. 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayoni murakkab, 
ko’p qirrali ko’rinishga ega bo’lib, bunda avvalombor, sanogen tafakkurning tarkibiy 
komponentlari, ustuvor jihatlari va uni rivojlantirishning integrativ-tuzilmasini ko’rib 
chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Sanogen tafakkurning tarkibiy tuzilishini tadqiq etgan G.G.Bashanayeva uning 
quyidagi komponentlarini ajratib ko’rsatadi: motivatsion, refleksiv, emotsional, 
operatsion. Tadqiqotchi mazkur komponentlarni ajratishda sanogen tafakkurga oid 
bilim va ko’nikmalarning shaxs tomonidan o’zlashtirilishi va uning fikrlash tarzida 
namoyon bo’lishiga e’tibor qaratadi. Bu, faqatgina sog’lom fikrlashga oid 
ko’nikmalarni shaxsda shakllantirish bilangina bog’liq bo’lib, sanogen tafakkur 


52 
komponentlarini aniqlashtirish bo’yicha birtomonlama yondashuvni keltirib 
chiqaradi. 
Ta’lim jarayoniga ontologik yondashuvdan kelib chiqib sanogen tafakkur 
muammosini tadqiq etgan I.M.Spivak aynan sog’lom fikr yuritishni yangicha xulq-
atvor shakli sifatida baholaydi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchi sanogen xulq-
atvorning quyidagi komponentlarini ajratib ko’rsatadi: refleksivlik, yo’naltiruvchi, 
boshqaruvchi hamda mazmunli. Ontologik yondashuv yosh omili va yoshga doir 
xususiyatlarni inobatga olishni talab etadi. Talabalarda sanogen tafakkurni 
rivojlantirishning tarkibiy komponentlarini aniqlashtirishda ontologik yondashuv 
xususiyatlariga asoslanib faoliyat bosqichlarini belgilab olish lozim. 
Shu vaqtgacha sanogen tafakkur mazmunini o’rganishga doir olib borilgan 
tadqiqot ishlari natijalarini e’tirof etgan holda, uning takibiy komponentlarini 
quyidagicha belgilash lozim degan xulosaga kelindi (1.4.1-rasmga qarang). 

Download 2,92 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish komponentlari

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish