• Sanogen xulq-atvor komponentlari
  • -rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

     
    1.4.1-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning 
    takibiy komponentlari 
    Quyida sanogen tafakkurning tarkibiy komponentlari mazmuniga to’xtalamiz. 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanish jarayoni uch bosqichda, 
    ya’ni kognitiv, tayyorlov va yakuniy fazalarda kechadi. Mazkur bosqichlar asosida 
    Sanogen xulq-atvor 
    komponentlari 
    Mazmunli
    Emotsional barqarorlik 
    Refleksivlik
    Yo’naltiruvchi
    Operatsion
    Motivatsion
    Sanogen tafakkur yuritish bilan bog’liq bilim va muayyan xulq-atvor ko’nikmalarini 
    o’zlashtirgan bo’lajak o’qituvchi 
    1-faza:
    kognitiv bosqich
     
    2-faza: 
    tayyorlov 
    bosqichi 
    3-faza: yakuniy 
    bosqich 
    BOSQICHLAR
    Sanogen fikr yuritish 
    komponentlari 


    53 
    talaba-yoshlarda sog’lom tafakkur yuritish bilan bog’liq bilim va muayyan xulq-atvor 
    ko’nikmalarini shakllantirish yakuniy kutiladigan natija sifatida belgilanadi.
    Kognitiv faza motivatsion va yo’naltiruvchi komponentlarni o’z ichiga olib, 
    ushbu faza talabalarning oliy ta’limda o’qishdan maqsadi, o’zining qiziqishlarini, 
    imkoniyatlarini to’g’ri baholay olishi bilan izohlanadi va ular yo’naltiruvchi 
    xususiyat kasb etadi. 
    Sanogen fikrlashning motivatsion komponenti – qiziqishlar, qadriyatlar va 
    motivlarni yangilash, hayotiy yo’nalish va kognitiv faoliyatning ustuvor 
    yo’nalishlarini belgilovchi individual baholash tizimini uyg’unlashtirish, shuningdek 
    shaxs resurslarini yangilash va hissiy holatni barqarorlashtirish orqali belgilangan 
    maqsadlarga erishish strategiyasini tanlash hamda shaxs yo’nalganligini belgilash 
    vazifalarini bajaradi. 
    Sanogen fikrlashning refleksiv komponenti - sodir bo’layotgan voqealar haqida 
    xabardorlik, uni tahlil qilish, o’z kelajagi haqidagi qarashlarni aniqlashtirish, “Men” 
    obrazi tasvirini yaratish, o’z faoliyati va fikrlarini qayta aks ettirish orqali real hayotiy 
    talablarga muvofiqligini aniqlash kabi xususiyatlar bilan izohlanadi. Ushbu 
    komponent talabalarga o’z fikrlarini, ruhiy holatini, hatti-harakatlarini to’g’ri 
    ifodalash va kuzatib borish imkonini beradi. Chunki, refleksiv ko’nikmalar bo’lajak 
    o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda asosiy omillardan biri bo’lib 
    hisoblanadi. 
    Sanogen fikr yuritishning operatsion komponenti o’zida motivatsion va refleksiv 
    komponent xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur komponent o’z navbatida talabaning 
    sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni to’g’ri aks ettirishi va mazmunini anglashi, unda 
    o’zi va olam haqidagi ijobiy fikr va tasavvurlarning namoyon bo’lishi, pedagogik 
    faoliyat bilan bog’liq samarali ish usullarini o’zlashtirishga nisbatan shaxsiy 
    ehtiyojning mavjudligi hamda maqsadlarning anglanganligi bilan izohlanadi. 
    Sanogen xulq-atvorning yo’naltiruvchi komponenti talabalarning shaxsiy 
    dunyoqarashini o’zida aks ettirib, shu jumladan uning fikriy yo’nalganligi, o’zi va 
    dunyo haqidagi tasavvurlari, shuningdek o’zlashtirgan tajribasi, ya’ni bilim, 
    ko’nikma va malakalari bilan izohlanadi. Sanogen xulq-atvorning mazkur 


    54 
    komponentiga muvofiq talaba o’z-o’zini, fikrlarini nazorat qilish va boshqarish, 
    faoliyat yo’nalishlarini loyihalash va amalga oshirish, yangi tajribalarni 
    o’zlashtirishga doir ko’nikmalarga ega bo’ladi. 
    Sanogen xulq-atvorning emotsional barqarorlik komponenti mazmunini 
    quyidagicha izohlash mumkin: salbiy hissiy-kechinmalardan xabardorlik, ularning 
    ta’sirini kamaytirish yoki yo’qotish, hissiyotlar tabiatidagi tabiiylik, hissiy 
    nazoratning olib borilishi. Sog’lom fikrlash jarayonining asosiy sharti hissiy-
    emotsional barqarorlik bo’lib, u sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan 
    ob’ektiv yondashish hamda ijobiy shaxslararo munosabatlarni yo’lga qo’yishni 
    ta’minlaydi. 
    Sanogen xulq-atvorning mazmunli komponenti yuqorida izohi keltirilgan barcha 
    komponentlarning o’ziga xos xususiyatlarini umumlashtirgan holatda o’zida 
    ifodalaydi. Mazmunli komponentni shaxsda quyidagi jihatlarning namoyon bo’lishi 
    bilan bog’liqlikda tushuntirish mumkin: sog’lom fikr yuritishga oid bilimlar va 
    faoliyat ko’nikmalarining o’zlashtirilganligi; refleksiv ko’nikmalarning namoyon 
    bo’lishi va emotsional barqarorlikning rivojlanganligi; o’z-o’zini nazorat qilish orqali 
    emotsional va aqliy hatti-harakatlarning uyg’unligiga erishish, fikrlarning tashqi 
    (eksteriorizatsiya) va ichki (interiorizatsiya) ifodalanishining yorqinligi hamda 
    shaxsning o’z-o’zidan qoniqishi. Mazmunli komponent yakuniy natijalarni o’zida aks 
    ettirib, bunga talabaning individual rivojlanishi, ijtimoiylashuvi, ta’limiy va 
    tarbiyaviy faoliyat olib borish shartlari, shaxslararo munosabatlardagi ishtiroki va 
    sog’lom fikr yuritish jarayoni bilan bog’liq barcha ko’nikmalar kiradi.
    Bo’lajak o’qituvchilarda sog’lom fikrlash va sanogen xulq-atvorni belgilovchi 
    omillar sifatida bu kabi tarkibiy komponentlarni ajratish bo’lajak o’qituvchi o’z 
    shaxsining rivojlanishini ta’minlaydigan zarur ijtimoiy muhitni, ta’lim jarayoni bilan 
    o’zaro bog’liqlikda o’quv-tarbiyaviy, ilmiy tadqiqotchilik va amaliy faoliyatni 
    samarali olib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishi (tashkil qilishi) hamda 
    o’z-o’zini rivojlantirishga nisbatan ongli munosabatning qaror topishi bilan bog’liq 
    hisoblanadi. 


    55 
    Ta’limiy amaliyot hamda dastlabki olingan natijalarga asoslanib talabalarda 
    sanogen tafakkurni rivojlantirishning integrativ-tarkibiy tuzilmasi quyidagicha 
    ifodalandi (1.4.2-rasmga qarang). 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish